Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.11.2026 | 14:41

img884

TIRIK SATRLAR

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi homiyligida “Tirik satrlar” ruknida turkum kitoblar naşr etildi. Hayotdan erta ketgan bir guruh ijodkorlar qalamiga mansub bu töplamlarni öqir ekansiz, ularda jam bölgan asarlar adabiyot olamidan mangu joy olgani va tirik yaşayotganiga amin bölasiz.

Bir paytlar atoqli hofiz ijrosidagi “Yor-yor” qöşiği xalqimiz orasida juda maşhur bölib ketganini yoşi katta yurtdoşlarimiz yaxşi eslaydi.

Bu keç qöşni çorboqqa
Kelin tuşdi, yor-yor.
Ilojim yöq bormoqqa,
Könikaman zor-zor.

Qöşiq matni şoir Asqar Qosim qalamiga mansub. Şoirning yangi çop qilingan töplami “Xayr” dema“ nomi ostida kitobxonlarga taqdim etilmoqda.

Yana bir iste’dodli şoir Nazar Şukurning kitobi “Tilmoçsiz hislar” deb nomlanadi.

Topmas edi şe’rlarim sayqal,
Yor, bermasang işqing bilan zeb,
Senga tiklab sözlardan haykal,
Imzo çekdim “Nazar Şukur” deb.

Öz vaqtida şunday esda qolarli şe’rlari bilan tilga tuşgan şoir “Marhamat, / Kiravering taklifsiz, / Pattasiz, / Men yaratgan TUYĞULAR MUZEYIGA!” deya öz muxlislarini kitob orqali qayta diydorlaşuvga çorlamoqda.

Zamonaviy özbek adabiyoti, xususan, şe’riyatida alohida öringa ega bölgan şoir Asqar Mahkam ijodidan saralangan asarlar “Odam” nomi bilan naşr qilingan. “Qismat peşonamga qissalar bitdi, / Men şul qismatimning qissagöyiman”, deb yozgan edi şoir bir şe’rida. Darhaqiqat, pokiza tuyğulariga yolğon aralaşmagani, taqdirning rost va samimiy izhori bölgani uçun ham bu asarlar boqiy yaşaşga haqlidir.

Bu dunyoda hayratlanib yaşab ötgan bir şoir bor – Ne’mat Hayrat.

Bir kun yuragingni kuydiradi öt,
Eşikdan gul tutmas kimsalarni kut,
Bittasi senmiding dunyolari but,
E-e-y-y, meni unut, –

deya unutilmas şe’rlar yozgan ijodkorning kitobi “Osmonlardan qaytib kelaman” degan nekbin nom bilan atalgan.

Iqtidorli şoir Zarif Sultoniyning “közlaring ustina inar moh / yulduzlar boşinga qönadir / falak xayolinga çömadir, Farangis bilmassan oh / dunyoni hayratlar kömadir / ul keça Sen uçun to saboh / Işqdan bir anjuman tuzalar/ saburlar yölingga uzalar / Farangis kelmassan oohh / faryodlar dunyoni buzalar / bir ğarib tong otar ul keça / yo yetam / yo yetmam tonggaça”, “dil bundadir dor bundadir / Dildor qani”, “maysalar uyğondi maysalar / yuzinda şabnamlar zarangiz / şabboda bir yoruğ kuy çalar / (qarangiz nur kabi qarangiz / soçilib keladir Farangis)” singari öziga xos satrlarini şe’r ixlosmandlari yoddan aytib yurganlariga guvohmiz. Şoirning şunday gözal şe’r va tarjimalaridan taşkil topgan töplami “Ayriliq visoli” deb nomlangan.

Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim Jörabek Ramazonning “Muhabbat manzili” töplamiga sözboşi örnida berilgan xotirasida şunday yozadi: “Haqiqiy şoirlarni joni ozmi-köpmi sabil qolgan böladi. Ular – faqat ular! – dunyoni dunyodan köra çiroyli, dunyodan köra dardli, dunyodan fojiali köradilar! Ularning joni hammanikidan ortiqroq kuyadi… Ular ”ölim haq“ ekanligini böyinlariga olgan odamlar. Hazrati Bahovuddin aytganlar-ku: ”Heç narsamiz yöğ-u, heç kamimiz yöq. Heçimiz yöqlikdan heç ğamimiz yöq. Jandamiz – yelkada, yelkada göriston, Gar ölar bölsak heç motamimiz yöq!“ Xuddi şunday! ”Gar ölar bölsak“… Xuddi şunday! Bu Jörabek Ramazon deganlari bobolari monand juda qörqmas, mardona şoir ekan!” Öylaymizki, şoir ijodi ta’rifi uçun bu sözlar kifoyadir.

Mansur Jumayevning “Kiçkina odamning ulkan qalbi” nomli kitobiga muallif qalamiga mansub ta’sirçan maqola va esselar jamlangan. “Aytişlariça, mazkur jumla Aleksandr Dyumaning (1802–1870) ”Parij mogikanlari“ romanida ilk bor qöllanilgan bölib, keyinçalik juda keng tarqalgan va iboraga aylanib ketgan ekan”. Bu qaysi söz? “Deydilarki, Nyuton boboning boşiga olma tuşibdi va u yerning tortişiş qonunini ilm olamiga qoida qilib kiritibdi. Darhaqiqat, dunyoda bunday maşhur voqealar va nomlar köp. Lekin butun boşli bitta xalqning ismlar tarkibini yangi bir nom bilan boyitgan özbek ”kaşfiyotçi“si haqida bilmasangiz kerak. Men ham uning şoirligi, dostonnavisligi, mohir tarjimonligini bilardim-u, bu kaşfiyotidan xabarim yöq edi”. Kim ekan bu kaşfiyotçi şoir va u nimani kaşf etgan? Bunday qiziqarli savollarga javobni mazkur töplam orqali bilib olasiz.

Ötganlarni xotirlaş, ular merosini örganiş va keng tarğib etişdek ezgu va xayrli, savobli maqsadda tayyorlangan uşbu turkum “Adabiyot” naşriyotida har biri ming nusxadan çop etilgan.

Nigina ISKANDAROVA

“Jadid” gazetasining 2026-yil 30-oktyabrdagi 44-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img33

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img119

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img311