03.11.2026 | 12:33
624
HAR KIMNING ÖZ DA’VOSI BOR
Haqiqiy iste’dod qalamidan çiqqan asarning badiiy qimmati, avvalo, undagi estetik haqiqat, inson va zamon ruhining qay darajada teran ifodalangani bilan belgilanadi. Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin A’zam nasrining öziga xos jozibasi ham hayot haqiqatining betakror badiiy talqinida namoyon böladi. Kamina Erkin A’zam ijodining bir muhibi va tadqiqotçisi ölaroq, adibning har bir yangi asarini intiqlik bilan qarşi olaman, ayriça qiziqiş bilan mutolaa qilaman.
Yozuvçining 2025-yil sönggi oylarida naşr etilgan “Momaqaldiroq ostida sayr” romani adabiy jamoatçilik va kitobxonlar orasida kuçli aks sado bergan, asar yuzasidan köplab maqola, taqrizlar e’lon qilinib, roman – kitobxon – tanqidçi muloqotining sönggi yillarda bir qadar susaygan an’anasi qayta jonlangan edi. “Ma’naviyat” naşriyotida yaqinda çop etilgan “Da’vo” romanini ham Erkin A’zam ijodiy izlanişlarining mantiqiy davomi va navbatdagi badiiy bosqiçi, deb baholaş mumkin.

DAVRLAR TUTAŞGAN TAQDIRLAR
Tarixiy davr almaşinuvi va inson taqdiri örtasidagi munosabat romanning muhim ğoyaviy negizini taşkil etadi. Asar qahramonlari – ellik yoş atrofidagi avlod vakillari bir neça ijtimoiy-madaniy muhitga şohid bölgan. Bolalik va ösmirlik sobiq sovet tuzumida, katta hayotga qadam qöyiş mustaqillikning dastlabki murakkab yillarida, kamolot davri esa yangilanayotgan Özbekiston voqeligida keçadi. Şu tariqa, bir avlod taqdirida turli qadriyat tizimlari tutaşadi. Bu jihatdan roman bir inson tarixigina emas, balki butun boşli avlodning ijtimoiy-ma’naviy biografiyasi, hasbi holi sifatida öqiladi.
Boş qahramon Jamşid Böron tarixçi olim, kitobi naşrga tayyorlanayotgan ziyoli. Uning xarakteri tap-tayyor baho va xulosalar orqali emas, xotira, ikkilaniş, iştiboh va öz-özini taftiş etiş vositasida oçiladi. Natijada taşqi voqelikka muştarak kuçli botiniy psixologik harakat yuzaga keladi. Qişloq, qarindoşlik munosabatlari, Jiydali va Şörkon, ustoz-şogirdlik an’anasi, ilmiy muhit – bularning barçasi Jamşid xotirasida qayta jonlanib, şaxsiy keçmişni butun bir avlod tajribasi bilan vobasta qiladi.
ILM, MAQOM VA HAQDORLIK
Romanda fanniy muhit, olimlar örtasidagi munosabatlar, ilmiy unvon va ijtimoiy maqom masalasi muhim badiiy qatlamni taşkil etadi. Ammo adibni ilmning öziga baho berişdan köra, ilm atrofida şakllanadigan insoniy munosabatlarni tadqiq etiş köproq qiziqtiradi. Binobarin, “Ustoz” bobidagi aççiq kinoya nafaqat jamiyatning ilmga munosabatini, qadr va manfaat mezonlaridagi siljişlarni-da foş etadi. Kinoyaning tiği ilmga emas, uning qadrini faqat darhol közga taşlanadigan amaliy naf bilan ölçaydigan dunyoqaraşga qaratilgan. Sportda medal, san’atda ommaviy şuhrat tez körinadigan natija bölsa, ilmning samarasi tafakkur, bilim, ilmiy maktab, intellektual an’anada uzoq muddat davomida namoyon böladi. Muallifning hazilomuz ohangi zamirida ham jamiyatning ilmga nisbatan yangliş munosabati borasida jiddiy taşviş seziladi.
Erkin A’zam masalani “Jamiyat olimni qadrlayaptimi?” degan savol bilan çeklamaydi, qamrovni yanada kengroq olib, nigohni ilm ahlining xos olamiga qaratadi. Olimlar örtasidagi raqobat, unvon, maqom, e’tirof va ustoz-şogird munosabatlari romanning muhim muammosi – haqdorlik bilan tutaşadi. Ilmiy unvon birov uçun yillar davomida qilingan maşaqqatli mehnatning tabiiy e’tirofi bölsa, boşqa birov uçun ijtimoiy nufuz vositasiga aylanadi.
“Döstona hujum” bobida professor Şokir Tölaganovning akademiklikka nomzodi ilgari surilişiga qarşi “Borgap.uz” saytida “Sotqinlikka mukofotmi?” degan imzosiz maqola çop etilişi bayon etilgan. Bu ançayin syujet mojarosi emas, muallif anonim matnning özini badiiy vositaga aylantirgan. Imzosiz aybnomada şaxsiy javobgarlik yöqoladi, “bir guruh olimlar” degan niqob ortida esa manfaat, hasad va raqobat yaşirin ekanini seziş qiyin emas. Şu tariqa, zamonaviy axborot vositasi ilmiy muhitdagi eski illat – ğaraz va manfaat kuraşining yangi şaklini namoyon etadi. Ustozning ilmiy xizmatlarini inkor qilişga jur’at etmagan maqola mualliflari uning akademiklikka “da’vo qilmoq”qa haqqi bor-yöqligini söroq ostiga oladi. Bu örinda “da’vo” leksemasi orqali asar sarlavhasi bilan içki semantik aloqa örnatilgan. Masala akademiklik unvonidan kengayib, insonning muayyan maqomga ma’naviy jihatdan haqli yoki haqsizligi muammosiga aylanadi. Ilmiy haqdorlik hamdailmiy maqomga da’vo qiliş dilemmasi örtaga çiqadi.
Şokir Tölaganov obrazining ma’naviy salmoği şu savol qarşisida oydinlaşadi. U akademiklikka tavsiya etilganini eşitganida: “Yetmişlardan ötib ketdik-ku, Jamşidbek, men endi akademik bölib nima qildim? Yoşlar bölsin, mana, sen böl”, deb javob beradi. Uşbu muxtasar jumla olim xarakterini uzun ta’riflarsiz oçişga xizmat qilgan. U öz darajasini nedir unvon vositasida tasdiq etmoqqa jilla muhtoj emas. Şu örinda muhim paradoks örtaga çiqadi: haqdor odam da’vodan yiroq, da’vogarlar esa haqdorni haqidan mahrum qilmoq uçun har işga şay!..
SIYOSIY DA’VO
“Da’vo” tuşunçasi Junayd Jabbor obrazi orqali ilm va unvon doirasidan çiqib, jamoatçilik e’tirofi va siyosiy hokimiyat maydoniga ötadi. Obrazning badiiy qimmati uning rassom, şoir, deputat yoki partiya rahbari ekanida emas, balki özini va atrofidagi dunyoni qanday tasavvur qilişida namoyon böladi. Jamşid Böronning roziligini olmasdan, uni “partiyaning a’zosi va eng yaqin faoli”, hatto “boş mafkuraçilaridan biri” deb e’lon qilişi sirtdan kulgili epizod. Ammo kinoya zamirida jiddiy psixologik belgi yaşirin. Junayd öz tasavvurida qurgan dunyoga boşqalarni ularning xohiş-irodasiga ters ravişda joylaştiradi. Demak, hokimiyat da’vosi hali iqtidor qölga kiritilmasidan avval xarakterda mavjud. Uning mohiyati mansabning özida emas, balki boşqalar irodasini öziga böysundirişga moyillikda.
Partiyaning uç-tört oy içida röyxatdan ötişi, saylovda ğalaba qozoniş, bir-bir yarim yilda hokimiyatni qölga oliş haqidagi qat’iy işonç ham kinoyadan bölak narsa emas. Junayd Jabbor öz da’vosiga şu qadar qat’iy işonadiki, uning ongida xohiş bilan imkoniyat, yolğon bilan haqiqat örtasidagi çegara xiralaşadi. Jamşid Böron va Junayd Jabbor xarakterlari örtasidagi ziddiyat ham şu jihatdan ahamiyatli. Ikkalasi bir muhitdan çiqqan, qolaversa, ularni qarindoşlik riştalari boğlaydi. Ammo Jamşid Böronning harakati köproq botinga – xotira, iştiboh, öz-özini söroq qiliş va vijdon tomon, Junayd Jabborniki esa zohirga – e’tibor, e’tirof, şuhrat va hokimiyat tomon yönalgan. Junaydda ğayrat va taşabbus poydor, Jamşidda esa öz-özini taftiş etmoq. Nazarimizda, uşbu kontrast orqali muallif insonning insonligi faqat faollikda emas, balki özini taftiş qila oliş salohiyatida, demoqçi bölgan.
ÖZLIK DA’VOSI
Agar Şokir Tölaganov atrofidagi mojaroda ilmiy maqomga, Junayd Jabbor timsolida siyosiy hokimiyatga da’vo masalasi kötarilsa, Selim turk obrazida bu tuşunça insonning özligiga qadar yetib boradi. Bu jihatdan Selim romandagi eng kinoyaviy va ayni paytda, paradoksal obrazlardan biridir. Uning turkiylikka munosabati milliy muhabbat çegarasidan çiqib, muayyan psixologik idealga aylanadi. Selim tasavvurida turkiylik madaniy mansublikdan köra, yuksaklik, kuç-qudrat va uluğvorlik belgisi sifatida jonlanadi. Binobarin, uning kutilmaganda: “Man turk emasman! Man – kurdman, kurd, bilib qöyinglar!” degan iqrorini şunçaki yumor yösinidagi syujet burilişi, deb bölmaydi. “Turk bölgim kelardi-da, Jamşidjan, turk bölgim! Turk zör, turk katta”, degan sözlari kinoyani psixologik dramatizmga aylantiradi.
Bu yerda masala özini boşqa millatga mansub etib körsatişdan çuqurroq, ya’ni, öz “men”idan qoniqmaslik muammosiga borib taqaladi. Selim özi ideallaştirgan identiklikka mansub bölmoq orqali, özini ham balandroq maqomda körişni istaydi. Şu nuqtada Selim boşqa da’vogarlarga ham psixologik oyna vazifasini ötaydi. Junayd Jabbor mavqeyini yuksaltirmoqçi, boşqalar maqomini oşirmoqçi, Selim esa öz “men”idan voz keçmoqçi. Sirtdan turliça bölgan bu intilişlar zamirida insonning balandroq maqom-martaba-darajaga intiliş ehtiyoji yotadi.
Erkin A’zam kinoyasining nozikligi şundaki, Selim masxara obyektiga aylanib qolmaydi. Kitobxon uning holatidan beozor kulişi mumkin, ammo bunda nafrat yoki tahqirdan köra, açiniş, hamdardlik ustunroqdir. Zero, insonning özligidan qoniqmay, boşqa bir “men”ni orzu qilişi çinakam fojia emasmi?! Şu tariqa, “da’vo” taşqi ijtimoiy maqomdan şaxsiy identiklik muammosiga qadar kengayadi.
SARLAVHADAGI KALIT
Romandagi turli obrazlar, rang-barang voqealar sarlavhadagi “da’vo”ning mazmun-mohiyatini oydinlaştiradi. “Da’vo” şunçaki nom emas, turli syujet çiziqlarini bir semantik markazga jamlovçi konseptual kalitdir. Xotimada esa ijodiy e’tirof da’vosi ham qöşiladi. Turli sohaga mansub bu intilişlarni “da’vo” leksemasi yagona ma’no maydoniga birlaştiradi. Roman asta-sekin muhimroq savolga olib keladi: inson özi da’vo qilayotgan narsaga qay darajada haqli? Bu örinda “da’vo” bilan baqamti haqdorlik degan tuşunça ham bor. Da’vo istakning taşqi ifodasi, haqdorlik esa şu istakning ma’naviy asosi. Qiziği, romanda haqdorlikka munosib odamlar öz haqini baland ovozda talab qilmaydi. Şokir Tölaganovning akademiklikka munosabati bunga misol. Qobil şogird – Jamşid Böron ham maqom-martabaga haris emas.
Asar oxiriga yaqinlaşgan sari “Nima xohlayman?” degan savol “Xohlagan narsamga haqlimanmi?”, undan esa “Haqdorligimni qay mezonga köra ölçayman?” tarzida yanada murakkab tus oladi. Haqdorlikni belgilovçi mezon xotimada aniqlaşadi. U – vijdon.
“SMS”LAR POETIKASI
“Qaytiş, ”sms“ xabarlar” deb nomlangan yakunlovçi bob roman kompozitsiyasida alohida ahamiyatga ega. Unda asar davomida tarqoqdek köringan syujet va ma’no çiziqlari yana Jamşid Böron tegrasida birlaşadi. Biroq xotimaning qimmati voqealarni şunçaki yakunlaşda emas, butun roman davomida şakllangan “da’vo” konseptini yangi badiiy şaklda jamlay olişidadir. Xotimadagi qisqa xabarlarni muallifning öziga xos adabiy-badiiy topilmasisifatida baholaş mumkin. Adib an’anaviy roman finalida köp uçraydigan muallifning uzun xulosasi yoki qahramonlarning keyingi taqdiri haqidagi batafsil bitiklar örniga, zamonaviy inson hayotiga xos ixçam kommunikatsiya şakli – SMSni tanlaydi. Natijada bir neça xabar orqali turli taqdirlar, intilişlar va da’volar bir nuqtada kesişadi.
Qahramonlar Jamşid Börondan yiroqda, ularning ovozli xabarnomasi elektron tarzda yetib keladi. Bu orqali zamonaviy inson hayotiga xos tazodiylik tasvirlangan: masofalar uzaygan, ammo xabar bir zumda keladi; odamlar olisda, ammo ularning da’volari qahramonga şu qadar yaqin. Roman personajlaridan biri Şohiyaning Lissabondagi kinofestivalda “Eng yaxşi aktrisa”likka “da’vo qilsa bölişi” haqidagi xabari, ayniqsa, ahamiyatli. “Da’vo” jumlasining finalda yana paydo bölişi tasodif emas. Şu tariqa sarlavhadagi kalit söz romanning oxirgi sahifalarigaça in’ikos etib, kompozitsion halqa hosil qiladi.
An’anaviy epistolyar romanlarda maktub qanday kompozitsion vazifa bajargan bölsa, zamonaviy voqelik tasvirlangan “Da’vo” romanida qisqa elektron xabar şunday imkoniyatning yangi şaklini namoyon etadi. Farqi şundaki, maktub mulohaza va tafsilotga boy bölsa, SMS voqelikni fragmentlarga ajratadi. Kitobxon esa parçalardan yaxlit ma’noni tiklaydi.
Xotimaning ma’naviy yeçimi SMSlar bilan tugamaydi. Asar yana boşlanğiç nuqta – Ustozga bağişlangan kitob masalasiga qaytadi. Naşriyot direktorining bağişlovni olib taşlaş talabi Jamşidga yana yetkaziladi. Qahramon esa kitobini unutilmas Ustozi, akademik Şokir Tölaganovning öçmas xotirasiga bağişlaş qaroridan qaytmaydi. Kompozitsion jihatdan bu “qaytiş” muhim: voqea, holat takrorlanadi, ammo Jamşid avvalgi Jamşid emas. Orada ziddiyatli munosabatlar, içki bahslar keçdi. Şu sabab, bağişlovni saqlab qoliş qarori ustozga sadoqatdan kengroq ma’no-mazmun kasb etadi. Jamşid Böron boşqalarning hukmini emas, öz hayotiy tajribasi va vijdonini mezon qilib oladi.
Bir söz bilan aytganda, romanning konseptual mohiyatini uç tuşunça bilan ifodalaş mumkin: da’vo → haqdorlik → vijdon.
“Da’vo” – ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga boy, falsafiy muşohadaga moyil zamonaviy roman. Unda muallif poetikasining muhim xususiyati voqeani izohlaşdan köra, uning içiga ma’no joylaş mahoratida namoyon böladi. Adib qahramonlar ustidan hukm öqimaydi; ularning xatti-harakatlari, nutqi va detallar orqali kitobxonni mustaqil xulosaga olib keladi. Kinoya esa taşqi qiyofa bilan içki mohiyat, da’vo bilan haqdorlik örtasidagi farqni oçişga xizmat qiladi. Zero, har kimning öz da’vosi bor. Ammo har qanday da’voning haqqoniy ölçovi – zamon, makon va maqom özgarganida ham, kişi öz vijdoni qarşisida boşini adl tutib tura olişidir.
Obidjon ŞOFIYEV,
filologiya fanlari doktori, dotsent
“Jadid” gazetasining 2026-yil 30-oktyabrdagi 44-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
61
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
586
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
583



