06.11.2026 | 15:17
582
IÇKI VA TAŞQI TAŞABBUSLAR
Ötib borayotgan haftada Prezident Şavkat Mirziyoyevning Buxoroga taşrifi viloyatni rivojlantiriş böyiça yangi taşabbuslarni muhokama qilişga qaratilgan bölsa, Samarqandda şu kunlarda ötkazilayotgan ŞHT+ ekspertlar muloqoti terrorizm va ekstremizmga qarşi hamkorlik masalalarini qamrab oldi. Bugun Ostonada böladigan sun’iy intellekt xavfsizligiga bağişlangan Aqaba jarayoni tadbiri esa uşbu kun tartibini kengroq xalqaro muhokama bilan boğlaydi.

Jin köçalardan magistral yöllarga
Ustoz adib Asqad Muxtor “Buxoroning jin köçalari” nomli qissasida bu qadimiy kent bilan boğliq ijtimoiy-madaniy manzarani çizarkan, öquvçi köz oldida çang tumanday yoyilgan yuz yil avvalgi gavjum mahallalar, ma’rifatga intiq, ammo imkoni çöltoq yoşlar juvonmard Fayzulla Xöjayev tegrasida namoyon böladi. Amirlik davr-u davroniga yaraşiq xurofot va bid’at, tang-u torlik, mustamlaka kasofati yurak-bağirni ezadigan bu rostgöy asar bugun tarix sahifalarida “ötmişdan ertaklar” (Abdulla Qahhor) bölib qoldi. Bugungi Buxoro Yangi Özbekiston islohotlaridan körklanib, kunba-kun yuksalib, orolanib boryapti. Zamon tarozusi, voqealar kölami mutlaqo özga…
Yurtboşimizning Buxoro viloyatiga taşrifi va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga bağişlangan yiğilişi voha ahli uçun muhim voqea böldi. Unda viloyatning boy tarixi va tabiiy salohiyatini zamonaviy iqtisodiy ösiş, aholi farovonligi va yangi iş örinlari bilan uyğunlaştirişga qaratilgan vazifalar belgilandi. Içimlik suvi, kanalizatsiya va yöllar holatini yaxşilaş, jamoat transportini rivojlantiriş, yangi korxonalar va xizmat körsatiş şoxobçalarini oçiş aholi turmuşiga bevosita ta’sir qiladi. Buxoro iqtisodiyotiga, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy özgarişlar olib kiradigan 30 milliard dollarlik yangi taşabbuslar e’lon qilindiki, bu kabi katta mablağ heç qaçon viloyatga kiritilmagan. Şu nuqtayi nazardan, taşrif vohaning iqtisodiy salohiyatini aholi farovonligiga xizmat qiladigan aniq loyihalarga aylantirişga qaratildi. Sanoat, energetika va turizmdan tortib, içimlik suvi hamda yöllargaça bölgan vazifalarning birgalikda muhokama qilingani taşrifning muhim jihatidir.
Ma’lumotlarga köra, viloyatda umumiy qiymati 7,8 milliard dollar bölgan 145 ta loyihadan iborat dastur şakllantirilgan. Ularning bir qismi işga tuşirilmoqda, boşqalarining qurilişiga start berilmoqda.
Loyihalar töliq amalga oşsa, yangi iş örinlari, mahalliy işlab çiqariş va eksport imkoniyatlari kengayişi kutilmoqda. Buxoroda neft-gaz, kimyo, töqimaçilik va boşqa tarmoqlardagi loyihalar iqtisodiyotni diversifikatsiya qilişga xizmat qilişi mumkin. Xomaşyoni çuqur qayta işlaş, import örnini bosadigan va xorij bozorlarida talabgir mahsulotlar işlab çiqariş viloyatda qöşilgan qiymatni oşiradi. “Yaşil” energetika loyihalari ham bu jarayonning muhim qismi. Yangi şamol stansiyalari, energiya saqlaş tizimlari va elektr tarmoqlari sanoatning işonçli energiya ta’minotini qöllab-quvvatlaşi mumkin. Bunda yangi quvvatlarni quriş bilan birga, ularni tarmoqqa samarali ulaş va mahalliy mutaxassislarni tayyorlaş ham zarur.
Buxoro turizmi – viloyatning eng katta imkoniyatlaridan biri.
Eski şahar, Yetti pir, Çor Bakr, Poykent, Varaxşa va Vardonze kabi tarixiy maskanlarni yagona yönalişga birlaştiriş sayyohlar taşrifini oşirişi mumkin. Turizm markazi, kongress-xoll va xalqaro mehmonxona brendlari bilan boğliq loyihalar ham sohaning imkoniyatlarini kengaytiradi. Biroq turistlar sonining ortişi öz-özidan iqtisodiy samara bermaydi. Sayyohlarning viloyatda uzoqroq qolişi uçun sifatli mehmonxona, umumiy ovqatlaniş, transport, gidlik xizmati va tumanlardagi qiziqarli marşrutlar zarur. Şuningdek, yangi obyektlar Buxoroning tarixiy qiyofasi va iqlimiga mos bölişi, mahalliy aholi va hunarmandlar ham turizmdan daromad olişi kerak. Prezidentimiz masalaning ana şu nozik jihatlariga ham e’tiborni qaratgani xalqning orzu-umidlariga hamohang.
Viloyat iqtisodiyoti ösib borayotgani quvonarli. Biroq uning tabiiy resurslar sanoati va qişloq xöjaligiga yuqori darajada boğliqligi iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş zarurligini körsatadi. Sanoat, xizmatlar va qişloq xöjaligidagi imkoniyatlarni oşiriş uçun xomaşyoni çuqur qayta işlaş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va har bir tumanning öziga xos ösiş nuqtalarini aniqlaş kerak. Neft-gaz va kimyo sanoati, töqimaçilik, şamol energetikasi va energiya saqlaş tizimlariga oid loyihalar yangi iş örinlari va eksport uçun imkoniyat yaratadi. Eng muhimi, endi yirik korxonalar atrofida mahalliy yetkazib beruvçilar va kiçik biznes ham rivojlanadi. Şunda investitsiyaning manfaati faqat katta loyihalarda emas, mahalliy tadbirkorlar va aholi daromadida ham körinadi.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, islohotlarning barqaror natijasi malakali kadrlarga boğliq. Texnikumlarni tadbirkorlar bilan boğlaş, dual ta’limni kengaytiriş va maktab bitiruvçilarini kasbiy ta’limga jalb qiliş yoşlarni viloyatdagi yangi iş örinlariga tayyorlaydi.Ta’lim mazmuni iş beruvçilar ehtiyojiga mos bölsa, bitiruvçilarning iş topiş imkoniyati ortadi.
Tibbiyot muassasalarini yangilaş bilan birga birlamçi böğindagi xizmatlar sifatini oşiriş muhim. Investitsiya, xususiy taşabbus va xorijda tajriba orttirgan mutaxassislar imkoniyatidan foydalaniş aholiga körsatiladigan tibbiy yordamni yaxşilaşi mumkin. Bunda xizmatlarning sifatli, şaffof va aholi uçun imkoni bor darajada qulay bölişi asosiy mezon bölişi kerak.
Buxoro uçun e’lon qilingan taşabbuslar katta salohiyatga ega. Ammo ularning haqiqiy bahosi ajratilgan mablağlar va loyihalar soni bilan emas, natijalar bilan ölçanadi. Xonadonlarga suv yetib bordimi, yöllar yaxşilandimi, iş örinlari yaratildimi, tadbirkorlar bozor topdimi va sayyohlar viloyatda uzoqroq qoldimi? Yurtboşimizning taklif va taşabbuslari, belgilab bergan vazifalari ana şu savollarga yeçim böladi.
Yangi hamkorlik maydoni
Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT+ birinçi ekspertlar muloqoti “Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanişini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş” mavzusiga bağişlandi. Tadbir Özbekiston Prezidenti taşabbusi bilan yölga qöyilgan. Ğoya ilk bor 2024-yilda ŞHTning Ostona sammitida örtaga taşlangan bölsa, 2025-yilda Tyanszinda bölib ötgan sammitda birinçi muloqotni Samarqandda taşkil etiş taklif qilingan edi.
Anjumanda dunyoning 24 davlatidan 33 ta delegatsiya va beşta xalqaro taşkilot vakillari qatnaşayotgani uning nufuzini yanada oşirdi. Iştirokçilar sun’iy intellekt va boşqa ilğor texnologiyalarning xavfsizlikka ta’siri, şuningdek, terrorizm va ekstremizmga qarşi hamkorlik yönalişlarini muhokama qilişyapti.
Muhokamaning dolzarbligi şundaki, raqamli muhit xavfsizlik idoralari uçun yangi imkoniyatlar bilan birga murakkab vazifalarni ham yuzaga keltirmoqda. Texnologiyalardan zararli maqsadlarda foydalanişning oldini oliş bilan bir qatorda, qonuniylik, inson huquqlari va şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş tamoyillariga amal qiliş bugungi kunning talabiga aylangan.
ŞHT+ formati taşkilotga a’zo davlatlar bilan bir qatorda kuzatuvçilar, muloqot böyiça hamkorlar va xalqaro taşkilotlar vakillarini jalb etiş imkonini beradi. Şu bois uçraşuv mintaqaviy tajribalarni soliştiriş va umumiy muammolar böyiça işçi muloqotni kengaytirişga xizmat qilişi mumkin. Samarqandda bunday muloqotni ötkaziş Özbekistonning xalqaro xavfsizlik masalalarida taşabbuskor va muloqotni taşkil eta oladigan şerik sifatidagi örnini ham mustahkamlaydi. Mamlakatimiz uçun bu xavfsizlik idoralari va xalqaro hamkorlar örtasida işonçli aloqalarni kengaytirişga, raqamli tahdidlar va sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalaniş böyiça tajriba almaşişga, mutaxassislar tayyorlaş va idoralararo hamkorlikni rivojlantirişga, Markaziy Osiyo xavfsizligiga oid qaraş va ustuvorliklarni xalqaro maydonda bayon etişga kömaklaşadi.
Afğonistondagi vaziyat va mintaqaviy özaro boğliqlikni hisobga olganda, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari uçun bunday muloqot alohida ahamiyatga ega. Biroq ekspertlar uçraşuvining özi xavflarni bartaraf etmaydi. Uning natijasi keyingi amaliy işlarga boğliq.
Xususan, muntazam axborot almaşiş, qöşma öquv dasturlari, mutaxassislar malakasini oşiriş va huquqiy kafolatlarga amal qiliş şular jumlasidan. Uçraşuvning eng katta natijasi iştirokçilarning aniq ustuvor vazifalarni belgilab, ularni bajariş böyiça işçi mexanizmlarini kelişib olgani böldi. Asosiysi, Samarqand muloqoti ŞHT doirasida xavfsizlik kun tartibini raqamli davr talablariga moslaştiriş imkonini beradi.
Mintaqa kun tartibida sun’iy intellekt
Prezidentimizning 5-6-noyabr kunlari Qozoğiston poytaxti Ostonada bölib ötadigan Aqaba jarayoni uçraşuvida iştirok etişi Markaziy Osiyo uçun dolzarb mavzulardan biri – sun’iy intellekt va yangi texnologiyalarning xavfsizlikka ta’sirini mintaqaviy darajada muhokama qiliş imkonini beradi. Sun’iy intellekt iqtisodiyot, davlat boşqaruvi, ta’lim va ilmiy tadqiqotlarga katta imkoniyatlar oçayotgan bir paytda, dezinformatsiya, kiberxavflar va zöravon ekstremistik guruhlarning raqamli vositalardan foydalanişi kabi yangi xatarlarni ham keltirib çiqarmoqda. Şu bois davlatlar texnologiyadan foydalanişni rivojlantiriş bilan birga, uning xavflarini birgalikda baholaşga ham ehtiyoj sezmoqda.
Davlatimiz rahbarining mazkur xalqaro tadbirda iştirok etişi Özbekistonning sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi xalqaro muloqotlarda faollikka intilayotganini namoyon etadi.
Bugun sun’iy intellekt sohasidagi raqobat nafaqat ilğor texnologiyalarni yaratiş, balki ularni xavfsiz boşqariş, milliy manfaatlarni himoya qiliş va inson huquqlarini ta’minlaş bilan ham çambarças boğliq. Şu nuqtayi nazardan, xalqaro tajriba almaşiş va umumiy yondaşuvlarni işlab çiqiş Özbekiston uçun ham muhimdir.
Ostonadagi uçraşuvning ahamiyati şundaki, ilk bor Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari darajasida sun’iy intellekt xavfsizligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mintaqa davlatlari umumiy geografik muhit, özaro boğliq axborot makoni va çegaralararo xavflarga duç kelişi ehtimolidan xoli emas. Şu sababli har bir davlatning yakka çoralari yetarli bölmasligi mumkin.
Muloqotda umumiy xavflarni baholaş, xavfsizlik idoralari örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş va mutaxassislar tajribasini almaşiş imkoniyatlari muhokama qilinyapti. Bunday hamkorlik natijali bölişi uçun uning vazifalari aniq belgilanişi, ma’lumotlar bilan işlaş tartibi va fuqarolar huquqlarini himoya qiliş çoralari ham kelişib olinişi közda tutiladi.
Iqbol MIRZO
“Jadid” gazetasining 2026-yil 6-noyabrdagi 45-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
61
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
586
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
583



