11.11.2026 | 11:08
186
IZDOŞLIK
Bu inson bilan uçraşganda, ismi xayolga kelganida, töğrisi, köngilda bir oydinlik paydo böladi. Balki ToşDUda bir davrda öqiganimiz, ehtimol, tadqiqot mavzularimiz davri uyğunligidandir. Nima bölganda ham, Halim Sayidning odamiyligi, ma’rifatparvar va haqgöyligini ziyo ahli yaxşi biladi.

U ötgan asrning 90-yillarida nomzodlik dissertatsiyasini Mahmudxöja Behbudiy ijodi böyiça himoya qildi. Davrni, manbalarni yaxşi bilgani uçun davriy matbuotda ham jadidlar faoliyati, xususan, Behbudiy borasida jiddiy maqolalar bilan çiqdi. B.Qosimov, N.Karimov, B.Döstqorayev, S.Ahmedov kabi jadidşunoslar e’tirofini qozondi. Dissertatsiyasi alohida risola bölib naşrdan çiqdi. Ötgan yili Mahmudxöja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan “Behbudiy dahosi” kitobi bosildi. Kitob avvaldan negiz-asosi bor mavzu yangiça talqinlar bilan boyitilgan tarzda maydonga keldi.
Behbudiy hayoti va ijodi masalalari Halim Sayid xayolini salkam qirq yildan beri egallab yuradi, menimça. U istiqlol yillarida Mahmudxöja Behbudiy töğrisida tadqiqotlar olib borgan pallalarda Behbudiy naşr etgan “Samarqand” gazetasi bilan “Oyina” jurnalining mazmun-mundarijasini har jihatdan puxta örgandi. “Behbudiy dahosi” kitobidagi har ikki vaqtli matbuot naşriga tegişli “Samarqand” – jadidlar ğoyasining tarğibotçisi“ hamda ”Jurnallarning eng birinçisi va yaxşisi…“ deb nomlangan alohida ikki maqola şu izlanişlar hosilasidir.
Halim Sayidning jadidlar publitsistikasi, özbek dramasining ibtidosi, jadid hikoyasi töğrisida yozganlari ham örinli. “XX asr boşlarida yoş adiblarni munosib tarbiyalab, ularning qölidagi qalamni çarxlaş, adabiy asarlar yaratib, ular orqali özlikni anglaşga va oqibat xalqni ma’rifat vositasida hurriyatga çorlaş jadidlarning ezgu orzusi edi”. Aynan şu missiya, ya’ni adiblar yetiştiriş, ma’rifat tarqatiş va hurriyatga erişmoq orzusining konseptual negizini Behbudiydan topamiz. Töğrisi, bunday fikrlarni yoziş uçun, albatta, öşa murakkab davr adabiy, ijtimoiy, ilmiy manbalarini tekşirib, ularni fikran bir tizimga solmoq kerak. Halim Sayid kitobida jadidlikka doir juda köp masala muhokama qilinadi. Behbudiy va uning tegrasidagi şaxsiyatlar faoliyatiga ham diqqat qaratiladi. Jadidlarning jiddiy hayotiy ğoyayi a’moli bölgan ozodlik, istiqlol tuşunçalari, xususan, Turkiston muxtoriyati qismati uçun “Yaşasun, Turkiston muxtoriyati!” nomda alohida sahifa ajratiladi.
Birinçi manbalarni, özbek mumtoz yozuvida bosilgan vaqtli matbuotdagi maqolalarni, xabarlarni, adabiy asarlarni öqiş, anglaş va uqiş – bu öz-özidan böladigan iş emas. Arabiy imloda harf taniş bilan barobar sabr, qunt va eng, muhimi, tamiz lozim. Tamiz degani bilim, fahm-farosat va analizga töğri keladi. Behbudiy yozganlarini özbek mumtoz yozuvida bosilgan “Samarqand” bilan “Oyina”dan taşqari, “Tarjimon”, “TVG”, “Tujjor”, “Ulfat” bilan “Hurriyat”dan ham izlamoq lozim. Halim Sayid şunday izlanişdan erinmadi. Özidan oldin sarğaygan sahifalar çanglarini yutib, qimmatli adabiy manbalarni tabdil qilgan olimlar xizmatini ham unutmadi. Bu ilmda adolat va xolislik tamoyili demakdir. Halim Sayid inson va olim sifatida aynan şu fazilati bilan ham yangi toifadagi yoş-u qari jadidşunoslar uçun namuna böladi, deb öylayman.
Kitobning xulosa qismida jadidlardan ibrat olişning qiymati xususida şunday yoziladi: “Bugungi avlod oldida yangi vazifa turibdi – Vatanni dunyoning har jihatdan rivojlangan yetakçi davlatlari qatoriga olib çiqiş! Ana şu maqsadga erişsakkina, ozodlik yölida qurbon bölgan bobolarning ruhlarini şod etgan bölamiz”. Muallif haq.
Ayrim masalalar böladiki, uni öz mutaxassisi yozmaganidan odam afsuslanadi. Har işning öz egasi böladi. Aslida, iş egasini va egasi işini topsa – olam guliston. Töğrisi, “Turkiston dahosi” aynan iş egasini topganidan darak beradi. Köp davralarda Mahmudxöja Behbudiy mavzusi örtaga çiqqudek bölsa, birinçilardan bölib Halim Sayid nomi, uning maqolalari, xizmatlari xayolimga keladi. Bir neça ön yillar davomida ayni şaxsiyat tarixi bilan şuğullangan mutaxassis har jihatdan Mahmudxöja Behbudiy fenomeni xususida kitob ta’lif etişga haqlidir. Halim Sayidning davriy matbuotda bu mavzuda bir qança jiddiy maqolalar e’lon qilgani, hatto bahs-munozaralar kötarilgan mahali bilimdon mutaxassis sifatida aralaşib, muhim fikrlar aytganini ham bilaman.
Halim Sayid zamonaviy jurnalistika muammolarini teran anglaydi, tuşunadi, zaruratga köra hal qiliş yöllarini aytadi. Universitet muallimi sifatida talabalariga milliy matbuot tarixini örgatadi, dunyodagi ommaviy axborot vositalariga tavsiflar beradi. Xususan, “Talabalarni qaysi nazariya asosida öqityapmiz?” maqolasida jurnalistika va uni öqitişga doir nazariy tuşunçalarni bayon qiladi. Darhaqiqat, Halim Sayid bunday ta’limiy masalalar bilan ham izçil şuğullandi. Yirik hajmli doktorlik dissertatsiyasiga rasmiy taqrizçi bölganimda, uning masalaga qançalar jiddiy yondaşganini sezdim, ayni paytda, özim ham bu sohaning xususiyatlarini qaysidir ma’noda örgandim, tasavvur qildim.
Tadqiqot muallifi dunyoda mavjud matbuot nazariyasiga tegişli tizimli qaraşlarni öz ilmiy işi uçun asos qilib olgan edi. Bu örinda uning “Matbuotning tört nazariyasi” kitobiga murojaatlarini nazarda tutmoqdaman. “Mualliflar matbuot nazariyasini avtoritar, libertarian, ijtimoiy mas’uliyat va sovet totalitarnazariyasiga böladilar”. Bu nazariyalardan har biriga ta’rif va tavsif beriladi tadqiqotda. Avtoritar nazariyani talqin qilar ekan, unga “Turkiston viloyatining gazeti”ni misol qilib keltiradi olim va “Turkistonda matbuot 1870-yildan 1917-yilgaça çor Rossiyasining bir qismi sifatida avtoritar nazariya talablari asosida faoliyat körsatdi”, deb yozadi. 1917-yilgi özgarişlardan keyin ta’sis etilgan “Hurriyat”, “Najot”, “Uluğ Turkiston” kabi gazetalarda “libertarian nazariya elementlari” borligini asoslaydi. Boşqa nazariyalar ham şu zaylda öz misollari bilan atrofliça şarhlab beriladi. Muhimi, şu tuşunçalar dissertatsiyaning butun mazmun-mohiyati va borliği uçun kompleks asos bölgani sezilib turadi.
Özbek matbuotining jadid davri eng muhim, eng qiziq va milliy manfaatlar eng köp közlangan tarix parçasi sanaladi. Halim Sayid “Taraqqiy”, “Xurşid”, “Şuhrat”, “Tujjor”, “Turon”, “Samarqand”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farğona” kabi köplab naşrlardagi axboriy janrlarni, ruknlarni taqqoslaydi, xulosalar beradi. Tadqiqotdagi statistik ma’lumotlar dissertatsiyaning fazilatlari pallasiga yuk bosadi va muayyan qiymat kasb etadi: “1938-yilga kelib senzura organlari partiya tasarrufiga ötadi va butun ittifoqdagi jami 8850 ta gazeta, 1762 jurnal, 74 radiostansiya, 1176 matbaa korxonasi, 70 000 kutubxonalar nazoratga olinadi. ”Pravda“, ”Izvestiya“ kabi markaziy gazetalar boşqa naşrlarga siyosiy yöl körsatadigan mayoq vazifasini ötaydi. Özbekistonda esa bu vazifa ”Qizil Özbekiston“ gazetasi tahririyati zimmasiga yuklanadi”. Istiqlol arafasidagi davr matbuotida oşkoralik, qayta quriş va demokratiya tuşunçalari köp takrorlandi. Ayni zamon içida yaşagan avlod vakili sifatida olim bu davr matbuoti tabiatiga ham yetarliça nazariy baho beradi. Muallif matbuotga, jurnalistikaga, axborotga doir tadqiqotida ma’lum bir tizimga asoslaniş bilan bir qatorda, publisistik hodisalardan ham soha uçun individual qonuniyatlar topişga harakat qiladi. Soha olimi uçun bu fazilat, albatta.
Bosma naşrlarning har biri öz axboriy siyosatiga ega. Bu siyosat özaro farqli va nisbatan öxşaş bölişi ham mumkin. Ammo axborot siyosatining sohalarga köra tabiati qanday, eng muhim tamoyillari nimalardan iborat, degan savolga muallif özi köp yillar boş muharrir bölgan “Ma’rifat” gazetasi misolida “biror bir ğoyaviy dasturga, siyosiy qaraş va mavzu yönalişiga” asoslangan bölişi lozim, degan tarzda örinli javob beradi. Jurnalistlarning ixtisoslaşuvi – muhim gap. Hamma sohani qamrab olgan qomusiy jurnalistlar juda kamyob, topilmaydi ham. Zero, ma’lum bir yönalişga ixtisoslaşiş özining yaxşi samaralarini berişi, tanlangan mavzu çuqur, qiziqarli va atrofliça yoritilişi mumkin. Ixtisoslaşuv uçun bilim, dunyoqaraş va tajriba asosiy örinda turadi.
“Ma’rifat” gazetasiga rahbarlik qilgan yillarida Halim Sayidning taşkilotçiligi, taşabbuskorligi, fidoyiligi namoyon böldi. Köplab yoşlarni ergaştirdi, oliy öquv yurtlari talabalarining rasmiy öquv dasturlari asosida olgan bilimlari bir tomon bölsa, gazeta qoşidagi “Ma’rifat maktabi” saboqlari alohida qiymat kasb etdi. Maktabning asosiy vazifasi talaba-jurnalistlarni ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy yönalişga ixtisoslaştiriş, publitsistikaning turli janrlarida yoziş mahoratini oşirişdan iborat edi. Bu amaliyot maktabi tufayli önlab yoş jurnalistlar sohaga ixtisoslaşgan holda, öz iş faoliyatini önglab olişdi. Şu bois, ta’kidlab aytmoqçimanki, “Ma’rifat” gazetasi tahririyatining şu davrlardagi faoliyati, yoş jurnalistlar, muxbirlar tarbiyasi masalasi alohida tadqiqotga munosib mavzu sanaladi.
Halimning “Ma’rifat”da işlagan yillariga oid özi yozgan xotira-maqolasini öqidim. Taşqaridan qaragan öquvçi, gazeta öz-özidan çiqaveradi, deb öylaşi mumkin. Içki muhit, intizom, manba izlaş va topiş maşaqqatlari, tahririyatga kelgan maqola va uning mazmuni, sarlavhasi, har bir söz ustidagi bahslarni taşqaridagilar tasavvur qilişi qiyin. Holbuki, gazetada yoruğlik yuzini körgan jiddiy şov-şuvli maqolalarning öz qismati va tarixi bor. Nazarimda, Halim Sayid “Ma’rifat”da bosilgan önlab şunday maqolalar haqida soatlab sözlaydiganga öxşaydi. Darvoqe, bugun auditoriyaga kirib, bölğusi jurnalistlarga ta’lim berayotgan professor Halim Sayidga şu jihatdan havas qilsa arziydi. Misollarni boşqalardan izlaşiga hojat yöq. Öz boşidan keçirgan voqealarni taqdim etadi va zaruriy xulosalar çiqaradi.
Jamiyatni, jamoani, talabalar auditoriyasini boşqariş oson iş emas. Nazarimda, odillik, xolislik, özini katta olmaslik kabi insoniy fazilatlar Halim Sayidni ehtiromga munosib maqomga kötardi. Boşqalar uçun ibrat böliş – saodat. Men bilgan Halim Sayid odil, xolis, haqgöy inson. Ustozlariga hurmati baland, şogirdlariga mehribon ustoz. Bunday fazilat va sifatlar inson umriga mazmun bağişlaşi aniq.
Söz zahmatkaşi bölgan Halim Sayidning özbek ma’naviyati, ma’rifati, milliy jurnalistika ravnaqi uçun qilgan xizmatlari e’tirofga munosib. Uning önlab, yuzlab yoş jurnalistlarga ta’lim-tarbiya berib, kerakli, yaroqli va fidoyi mutaxassislarning jamiyatda öz örinlarini topişga yordamlaşayotgani – çin haqiqat.
Bahodir KARIM,
filologiya fanlari doktori, professor
“Jadid” gazetasining 2026-yil 6-noyabrdagi 45-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
61
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
586
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
583


