Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.11.2026 | 09:00

img120

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda.

Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş jarayonida ziyolilarning örni, taşabbuskorligi va faol iştirokini oşirişga qaratilgan.

Ziyolilarning davlat qurilişi va jamiyat taraqqiyotidagi iştirokini tubdan kuçaytiriş, qöllab-quvvatlaş va ularga munosib şart-şaroit yaratib beriş taşabbusi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2016-yilgi saylovoldi dasturida ilgari surilgan edi.

Jumladan, 2017-yildagi dastlabki uçraşuv aynan ziyolilar, olimlar va ijod ahli bilan ötkazilgani hamda qabul qilingan ilk tarixiy hujjatlar bevosita kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişga qaratilgani milliy yuksaliş yölida ziyolilar qatlamiga bildirilgan ulkan işonçning yorqin ifodasi hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan keyingi ön yillik mamlakatimizda “Milliy yuksaliş davri” deb e’lon qilingani ma’lum. Ayni şu ulkan tarixiy maqsadni röyobga çiqariş, ilmiy-intellektual va ijodiy salohiyatni yagona ezgu ğoya atrofida birlaştirişga qaratilgan muloqotlar “Yangi Özbekiston ziyolilari – milliy yuksaliş tayançi” boş şiori ostida taşkil etilmoqda. Ikki kunlik dastur asosida şöbalarda muhokamalar bölib, takliflar işlab çiqilmoqda, yalpi majlislar ötkazilmoqda. Tadbirlarda hududlarning intellektual salohiyatini namoyon etuvçi turli sohalar böyiça yetakçi olimlar, akademiklar, professorlar, xalq ta’limi fidoyilari, tibbiyot sohasining yetuk mutaxassislari, yozuvçi va şoirlar, teatr, kino va san’at namoyandalari, madaniyat arboblari, yoş olimlar, innovatorlar, tadbirkorlar hamda ma’naviyat, xotin-qizlar va mahalla faollari iştirok etmoqda.

Hududiy yiğilişlarning yalpi majlislarida:

birinçidan, “Öz” falsafasining zamonaviy talqini, Yangi Özbekistonning ustuvor qadriyatlari, fuqarolik özligini şakllantiriş va “inson qadri” ğoyasining amaliy ahamiyati;

ikkinçidan, jamiyatda vatanparvarlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, millatlararo totuvlik, raqamli taraqqiyot va zamonaviy media makondagi özgarişlar;

uçinçidan, milliy tarbiya, yoşlar, oila va xotin-qizlar, mahalla instituti, demografik salohiyatning jamiyat taraqqiyotidagi örni;

törtinçidan, özbek tili, zamonaviy özbek adabiyoti, tarjima san’ati, noşirlik va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltiriş;

beşinçidan, tarix va milliy xotira, huquqiy tafakkur, davlatçilik an’analari va ma’naviy merosni qadrlaş;

oltinçidan, madaniyat, san’at, teatr, kino hamda kreativ iqtisodiyotni zamon taraqqiyoti bilan uyğunlaştiriş;

yettinçidan, zamonaviy ilm-fan, ta’lim, innovatsion tibbiyot, yaşil taraqqiyot, intellektual va ijtimoiy tadbirkorlik sohalarining milliy yuksalişdagi salmoğini oşiriş masalalariga alohida urğu berilmoqda.

Tadbirlar doirasida hududlardagi ziyolilarning jamiyat hayoti va taraqqiyotiga oid ilğor fikrlarini bevosita eşitiş, joylarda kötarilayotgan dolzarb ijtimoiy-ma’naviy masalalarni oçiq muloqot şaklida muhokama qiliş, mavjud muammolarning yeçimi böyiça ilmiy asoslangan amaliy taklif va taşabbuslarni işlab çiqişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yiğilişlar yakunida ilm-fan, ta’lim, tibbiyot, adabiyot, madaniyat va boşqa sohalar vakillari tomonidan bildirilgan taklif va taşabbuslar umumlaştirilib, Toşkent şahrida bölib ötadigan “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning respublika yiğilişida taqdim etilişi nazarda tutilgan.

* * *

Ziyoli deganda faqat diplomli odam tuşunilmaydi. Ziyoli – bu, yuragida xalq dardi bölgan, el-yurt manfaati uçun kuyib-yonadigan, öz bilimini, tajribasini jamiyat rivojiga baxşida etadigan insondir.

Ziyolilik esa faqat bilimga ega böliş emas, balki şu bilim bilan jamiyat oldida mas’uliyatni his qilişdir. Ziyolilik – faqat haqiqatni biliş emas, balki uni xalq manfaati yölida ayta olişdir. Ziyolilik – faqat muammoni köriş emas, balki uning yeçimi uçun harakat qilişdir. Ziyolilik – faqat ötmiş bilan faxrlaniş emas, balki kelajak oldidagi burçni anglaşdir. Şu ma’noda, taşkil etilayotgan Kengaşning eng katta vazifasi – jamiyatimizda fikrlaydigan, taşabbus körsatadigan, mas’uliyatni öz zimmasiga oladigan, xalq va Vatan taqdiriga daxldor ziyolilar muhitini şakllantirişdan iborat.

Albatta, agar har birimiz öz bilimimiz, tajribamiz va imkoniyatlarimizni birlaştirsak, jamiyatimizdagi köplab muammolarga yeçim topamiz. Agar har bir ziyoli öz atrofidagi ön nafar yoşga töğri yöl körsatsa, bu minglab yoşlarning hayotida ijobiy özgariş yasaydi. Agar har bir ziyoli bir oilaning muammosini hal etişga kömaklaşsa, yuzlab oilalarda soğlom muhit şakllanadi. Agar har bir ziyoli öz hududida bitta xayrli taşabbusni amalga oşirsa, butun mamlakat böylab katta ma’naviy-ma’rifiy harakat vujudga keladi.

Bugun jamiyatga aynan ana şunday harakat kerak! Zero, ziyolilari faol bölgan jamiyatda ma’rifat yuksaladi, ma’rifat yuksalgan jamiyatda esa taraqqiyot mustahkam poydevorga ega böladi.

Bugun jamiyatimizda odamlarni öylantirayotgan muammolar oz emas. Ba’zan odamlar ularni kimga aytişni, kim bilan maslahatlaşişni bilmay qolmoqda. Xöş, bunday vaziyatda xalq bilan kim gaplaşadi? Albatta, davlat idoralari, ta’lim muassasalari, mahalla va jamoat taşkilotlarining bu borada öz vazifalari bor. Lekin bu işlar faqat taşkilotlar faoliyati, rasmiy tadbirlar yoki hisobotlar bilan çeklanib qolmasligi kerak. Çunki inson qalbiga yöl topiş uçun faqat vakolat yetarli emas. Buning uçun bilim, hayotiy tajriba, samimiyat va, eng muhimi, xalq işonçi kerak. Bunday işonç esa, avvalo, el-yurt orasida hurmat qozongan ziyolilarda mujassam.

Aynan şu maqsadda Özbekiston ziyolilari kengaşini taşkil etiş taşabbusi ilgari surilmoqda. Kengaşni xalq bilan davlat, ziyolilar bilan jamiyat, ilm bilan hayot örtasidagi mustahkam ma’naviy va intellektual köprikka aylantiriş maqsad qilingan. Kengaş faoliyatining eng muhim jihati, u muammolarni faqat muhokama qilib qolmasdan, ularning yeçimida ham bevosita iştirok etadi. Şu bilan birga, Kengaş hududlarning intellektual salohiyatini birlaştirib, amaliy taşabbuslar va yangi ğoyalar markaziga aylanişi lozim.

Kengaş jamiyatda ijtimoiy hamjihatlik, özaro hurmat va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlaşga ham xizmat qilişi zarur. Bugungi murakkab axborot davrida jamiyatning birligi, odamlarning özaro işonçi, turli qaraş va fikrlarga hurmat bilan munosabatda böliş madaniyati nihoyatda muhim. Ziyolilarimiz jamiyatda soğlom fikr, xolis munosabat va konstruktiv muloqot muhitini şakllantirişda faol bölişi kerak. Ayniqsa, aholi örtasida turli asossiz xabarlar, notöğri tuşunçalar yoki ijtimoiy keskinlikka sabab bölişi mumkin bölgan holatlar yuzaga kelganda, ziyolilarning asosli, vazmin va ma’rifiy sözi katta ahamiyat kasb etadi. Çunki ziyolining eng katta kuçi uning lavozimida emas, balki bilimida, xolisligida, şaxsiy namunasi va xalqning unga bölgan işonçidadir.

Albatta, bu vazifalarni amalga oşiriş uçun Kengaş faoliyatini ham yangiça yondaşuv asosida taşkil etiş zarur. Eng avvalo, Kengaşning faoliyati rasmiyatçilikdan holi bölişi şart. Bizga faqat majlis ötkazadigan, bayonnoma tuzadigan, yil yakunida hisobot topşiradigan taşkilot emas, xalq orasida yuradigan, muammoni köradigan, uning yeçimini taklif qiladigan va bu yeçimning hayotga tatbiq etilişiga kömaklaşadigan faol ziyolilar hamjamiyati kerak.

Yana bir muhim masala. Kengaş faoliyati faqat hudud doirasida qolib ketmasligi lozim. Hududlarda ilgari surilgan eng dolzarb taşabbuslar, amaliy takliflar va ilğor tajribalar respublika darajasida umumlaştirilişi, tegişli davlat idoralari bilan birgalikda körib çiqilişi zarur. Şu orqali ziyolilarimizning fikri nafaqat mahalliy muammolarni hal etişda, balki umumdavlat ahamiyatiga molik qarorlar va dasturlarni işlab çiqişda ham muhim manbaga aylanadi.

* * *

Bugun biz yangi bir an’ananing poydevorini qöymoqdamiz. Bu – ziyolilarning jamiyat hayotidagi iştirokini yangi mazmun bilan boyitiş, ularning intellektual va ma’naviy salohiyatini xalqimiz farovonligiga safarbar etiş namunasidir. Buning uçun Kengaşda har bir ziyoli özini taklif etilgan mehmon emas, balki uşbu işning bevosita taşabbuskori, uning kelajakdagi faoliyati uçun mas’ul inson sifatida his qilmoği lozim. Bugun taşkilotçilar faqat fikr eşitişni emas, birgalikda harakat qilişni taklif etmoqda.

Ziyolilarning hayotiy tajribasi, bilimi, xalq orasidagi obrö-e’tibori, eng muhimi, Vatan taqdiriga befarq emasligi juda qadrli boylikdir. Undan oqilona foydalanib, şunday muhitni yaratişimiz kerakki, unda odamlar faqat özining emas, balki mahallasi, şahri, viloyati va butun mamlakatining kelajagi uçun mas’uliyat his qilsin.

* * *

Özbekiston ziyolilar Kengaşi öziga bildirilgan vazifalarni – muqaddas Vataniy işni munosib ado etar ekan, mamlakatimizda milliy yuksaliş davrida “ÖZ” ğoyasining keng quloç yozişiga, pirovardida, Yangi Özbekistonni bunyod etiş va Uçinçi Renessans poydevorini qöyişga unutilmas hissa qöşgan böladi. Bu esa Birinçi va Ikkinçi Uyğoniş davri ziyolilari, XX asr boşida Turkiston hayotiga yoruğ tong tilagan jadid bobolarimiz yelkasiga olgan mas’uliyatning ayni özidir.

Ziyolilar safining old safida turuvçi hazrat Alişer Navoiyning ölmas ögiti bu örinda eng munosib ta’rif bölur edi:

Naf’ing agar xalqqa beşakdurur,
Bilki, bu naf’ özungga köprakdurur.

E’zozxon KARIMOVA,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinçi örinbosari

“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-noyabrdagi 46-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img61

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img586

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img583