17.11.2026 | 14:24
34
OG‘RIQ NUQTA
Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan.

Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga ayon. Dunyoviy jinoyat turlarini örganuvçi mutaxassislarning aniqlaşiça, otasi yo onasi olamdan ötişi sababli yetim qolgan bolalarga nisbatan ota-onasining ajraşişi oqibatida tirik yetim bölayotgan bolalar içida jinoyatçilar bir neça barobar köp ekan. Ota-onaning ajraşişi bolaning bilim olişga qiziqişini pasaytirişi ham aniqlangan. Bolalar ajrim yukini yoşiga qarab turli darajada qabul qilişadi. Ya’ni, tört yoşdan yetti yoşgaça bölgan bolalar ajraşişda özlarini aybdor hisoblab össa, ösmirlar özlarini voz keçilgan sanaşar ekan.
Garçi oila birligini saqlaşga munosabat har kimning şaxsiy masalasi bölsa-da, u jamiyat barqarorligiga ta’sir qiladi. Çunki oiladagi kelişmovçilik va ziddiyatlar avlod kelajagiga katta bosim ötkazadi. Şu bois, oila masalasi hamişa davlat siyosati darajasidagi masaladir. Bu borada Respublika Oila va xotin-qizlar qömitasi keng kölamli işlarni amalga oşirib kelayotganini ta’kidlaş joiz. Xususan, qömitaning Ayol.gov.uz platformasidagi “Oila profili” moduliga joriy yil 12-oktyabr holatiga köra ma’lumotlar kiritilgan. Unga köra, mahallalarda xotin-qizlar faollari tomonidan barvaqt aniqlangan 41 ming 804 ta ajrim yoqasidagi nizoli oila bilan manzilli işlaş natijasida, hozirgaça ularning 34 ming 871 tasi yaraştirilgan.
– Mahallalarning eng oğriq nuqtasi mana şu ajrim masalasi, – deydi Yaşnobod tumanidagi Amir Temur nomidagi mahalla raisi Feruza Toşeva. – Ba’zi oilalar bor, ajraştirmaslikning iloji yöq. Lekin ular ajraşsa ham, bolalari uçun ota-onalikni saqlaşsa böladi-ku. Aksariyat ota-onalar ajrim ortidan farzandlarini ham ziddiyatga aralaştiradi. Dunyoda hamma xatti-harakatning etikasi bor, hatto ajraşişning ham. Avvalo, biror oilaning bölinişini istamayman, lekin boşqa yöl qolmaganda ham, masala uruş-janjal, haqoratlarsiz hal qilinsa, deyman. Çunki ajrim masalasidagi mojarolar juda çarçatib yuboradi. Hammasini öz közi bilan körib ötirgan, şu muhitda yaşaşga mahkum bölgan bolalarga açinib ketasan odam …
Har qanday holatda ham kattalar uçun bolalarning xavfsizligi va ruhiy xotirjamligi hamma narsadan muhim bölişi kerak. Bolalar har doim haq tomonda böladi. Şuning uçun oilaviy nizolarda erkak ham, ayol ham jabrdiydalik tönini kiyib, boladan foydalanmasligi kerak.
– Ota-onam kiçkinaligimda ajraşib ketişgan, – deydi sirdaryolik talaba qiz Fazilat. – Otamning oldiga borsam – onamni, onamning oldiga qaytsam otamni gapirişardi. Ikki marta özimni öldirmoqçi ham bölganman. Çunki onam otam aytganday emasdi. Hokisor edi u. Onam haqida yomon gap aytmanglar, demoqçi bölardim-u, qörqardim. Hozir otamnikiga bormayman, zaharlangim kelmaydi…
Bu suhbatni uzoq davom ettiriş mumkin edi. Turfa taqdirlar… Turli sabablar… Ammo azobi, dardi, alami bir xil… Boşqaça aytganda: “Yeganin oş demang…”
Muhayyo RUSTAMOVA
“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-noyabrdagi 46-sonida
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]
17.11.2026 | 16:01
0
TADQIQOT-ROMAN
“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]
17.11.2026 | 12:37
71
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
304



