21.11.2026 | 10:17
139
QONLI JILD
1937-yil 14-oktyabr. Buxoro. Özbekiston SSR Içki işlar xalq komissarligi huzuridagi “uçlik” muhokamasiga viloyatdan 191 nafar mahbusning işi kiritildi. Apresyan, Segizboyev, Şeyndlin, Yakovlev iştirokida körilgan bu işlar böyiça 183 kişi otuvga, 7 kişi mehnat-tuzatuv lageriga hukm qilindi. Bor-yöği bir nafar mahbus ozod etildi. Öşa kuni otuvga hukm qilinganlarning 31 nafari buxorolik jadidlar edi. Ular orasida bir paytlar Buxoro Xalq Sovet Respublikasida mas’ul vazifalarda işlagan, keyinçalik oddiy mehnat bilan rözğor tebratgan Qori Abdulla Toşpölatov ham bor edi.

2026-yil 12-oktyabrda Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati arxivida saqlanayotgan P-34217-sonli jinoyat işini örganiş imkoni tuğildi. Tintuv orderi, qamoqda saqlaş qarori, guvohlarning söroq bayonnomalari va “uçlik” hukmi bir paytlar faqat ismi va ayblovlari ma’lum bölgan insonning hayotidagi sönggi voqealarni hujjatma-hujjat kuzatişga imkon berdi.
Qori Abdulla 1879-yili Buxoro şahrida tuğilgan. Hujjatlarda u özbek, örta diniy ma’lumotli, partiyasiz, SSSR fuqarosi sifatida qayd etiladi. Ijtimoiy kelib çiqişi “massajçining öğli”, inqilobgaça maşğuloti esa “xizmatçi” deb körsatilgan. Amirlik davridagi işi xususida guvohlar turliça sözlaydi: biri uni amir sudida kotib, boşqasi sud idoralarida qozi bölgan, deydi. Bu tafovutlarni tergov işining özidagi ma’lumotlar sifatida qabul qilişga töğri keladi.
1920-yili Buxoro amirligi tugatilib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi taşkil etilgaç, u davlat va jamoat işlarida faol körina boşlaydi. Tergov materiallarida kasaba uyuşmasida kotiblik va raislik qilgani, adliya sohasida işlagani keltiriladi. Keyinçalik tergov jarayonida guvohlardan birining aytişiça, Qori Abdulla 1923–1925-yillarda respublika adliya xalq komissari örinbosari bölgan. Boşqa qaydlarda u Buxoro Respublikasi Markaziy Ijroiya Komiteti raisi sifatida ham tilga olinadi. Lavozimlarga oid hujjatlardagi farqlar alohida tekşirişni talab etadi.
Keyingi yillarda esa uning hayoti davlat idoralaridan hammomga köçganini köramiz. Qori Abdulla 1929-yilgaça Buxoroda hammomni ijaraga olgani, keyin şahar hammomida işlagani aytiladi. Boşqa guvoh esa uni 1925-yildan özbek hammomida massajçi bölib işlagan, deb körsatadi. 1937-yilda u aynan şu mehnat bilan kun keçirayotgan edi. Biroq tergovçilar uçun uning bugungi kasbidan köra keçagi lavozimlari, tanişlari va aytgan sözlari muhimroq bölib çiqdi.
Ayblovning bir uçi 1920-yilga borib taqaladi. Tergovda Qori Abdulla “Milliy ittihod” taşkilotiga öşa yili jalb qilingani da’vo etilgan. Körsatmalarda Mukammil Maxsum Burhonov va Rahimxon Yusufzoda orqali unga kasaba uyuşmasi a’zolari orasidan taşkilot uçun kadrlar tayyorlaş vazifasi berilgani aytilgan. Qori Abdullaning Mallaboyev, Odil Odinayev va Fayzulla Xöjayev bilan yaqin aloqada bölgani ham aytilgan. Körsatmada “Milliy ittihod” a’zosi sifatida tilga olingan Mallaboyev öşandan uç yil avval millatçilikda ayblanib, hibsga olingan edi. Boşqa hujjatlarda Usmonxon Eşonxöjayev, Muinjon Aminov, Rahim Yusufzoda va Porso Xöjayev nomlari ham uçraydi. Bular tergov materiallaridagi ayblov va guvoh da’volaridir; ularni öz-özidan isbotlangan a’zolik deb qabul qilib bölmaydi.
1937-yil yozida Qori Abdullaning hammomdagi suhbatlari ham tergovçilar uçun ayblov manbayiga aylandi. 10-iyul kuni 3-sonli hammomda Fayzulla Xöjayevning lavozimdan çetlatilgani haqida gap oçiladi. Qori Abdulla bu qarordan afsuslanib, Xöjayevga yana katta lavozim berilişiga işonç bildiradi. Suhbatda hozir bölgan guvohlardan birining körsatmasi bilan bu gaplar tergov hujjatlariga köçadi. Şu tariqa, bir davlat arbobining işdan olinişiga bildirilgan munosabat “sovet hokimiyatiga qarşi kayfiyat” dalili sifatida qayd etiladi. Ammo öşa kuni hammomda gap faqat Fayzulla Xöjayevning taqdiri haqida ketmagan edi. Qori Abdullaning özi ham hukumatning soliq siyosatidan norozi bölgan. 1937-yil 29-avgustda söroq qilinganlardan biri öşa kungi suhbat tafsilotlarini oqizmay-tomizmay tergovçiga yetkazadi. Uning körsatişiça, hammom kassiri Mirza Hasan Mirahror ham iştirok etgan suhbatda Qori Abdulla öziga 1200 rubl soliq solinganidan şikoyat qilib: “Eh, sovet hokimiyati işlayotganlarga tinçlik bermaydi, iş böyiça soliq talab qiladi”, degan. Boşqa guvohlarning körsatmalarida esa uning hammom xodimlarini soliq tölamaslikka çaqirgani, Fayzulla Xöjayevga ariza yozilsa, soliqni bekor qildiriş mumkinligini aytgani keltiriladi.
Soliqdan norozilikning özi Qori Abdullani siyosiy ayblovga tortiş uçun yetarli körilmagan, şekilli, tergov materiallarida xalq turmuşi haqidagi gaplari ham paydo böladi. Guvoh körsatmalariga qaraganda, iyul oyi boşlarida u Muqimov va boşqalar huzurida: “Mana, senga sovet hokimiyati, non yöq, xalq oç, hatto pulga heç narsa topilmaydi”, deydi. Yana bir körsatmada uning “Ilgari yaxşi yaşardik, endi yomon kun keçirmoqdamiz”, degan sözlari keltiriladi. Fayzulla Xöjayevning işdan olinişi ham şu taşvişlar bilan boğlangan: “Endi Fayzulla Xöjayevni işdan olişdi, Buxoro xalqi oç qoladi, çunki Fayzulla Xöjayev hamişa xalqqa yordam berib kelardi”.
Şu tariqa, turli vaqtlarda aytilgan gaplar Qori Abdullaga qarşi bir jinoyat işiga jamlandi. 1937-yil 27-avgustda Davlat xavfsizligi boşqarmasining 755-sonli orderi asosida Içki işlar xalq komissarligi xodimi Bahromov Buxoro şahri, Köçaboğ mahallasidagi 39-uyga kelib tintuv ötkazadi. Qori Abdulla norozilik bildirsa-da, uning şikoyati inobatga olinmaydi. U hibsga olinib, ustidan P-34217-sonli jinoyat işi qözğatiladi va Davlat xavfsizligi boşqarmasining 3-bölimi ixtiyoridagi Buxoro turmasiga joylaştiriladi.
Qori Abdulla hibsga olingan kunning özidayoq tergov boşlanadi. 27-avgustda Buxoro sektori boşliği, Davlat xavfsizligi leytenanti Rimskiy uni tergov qiladi. Ertasi kuni 3-bölim tezkor vakili, Davlat xavfsizligi kiçik leytenanti Volik uni tergov va suddan yaşirinişining oldini oliş vaji bilan Buxoro turmasida saqlaş haqida qaror çiqaradi. Qarorda Qori Abdullaning amir davrida kotib, keyinçalik adliya xalq komissari örinbosari va hammomda massajçi bölib işlagani sanab ötiladi. “Milliy ittihod”ga a’zolik, Eşonxöjayev va boşqalar bilan aloqadorlik, millatçilik tarğiboti haqidagi ayblovlar ham şu hujjatdan joy oladi. Hatto uning yoşi ham notöğri körsatilgan: 1879-yilda tuğilgan Qori Abdulla 1937-yilda 58 yoşda bölişi kerak edi, qarorda esa 55 yoş deb yozilgan.
Tergov materiallari töplangaç, Içki işlar xalq komissarligi 3-bölimi xodimi işni “uçlik” muhokamasiga yuboradi. 1937-yil 14-oktyabrda Qori Abdullaning taqdiri uzil-kesil hal qilinadi. 2441-sonli iş böyiça u aholi orasida sovet hokimiyatini obrösizlantiruvçi tarğibot olib borganlikda, oçlik haqida “iğvogarona miş-mişlar” tarqatganlikda, “Milliy ittihod” rahbarlari va a’zolari bilan sönggi vaqtgaça aloqada bölganlikda ayblanib, otuvga hukm qilinadi. Mol-mulkini musodara qiliş ham belgilanadi. Hukm qaçon ijro etilgani esa biz örgangan hujjatlarda qayd etilmagan.
Arxivda saqlanayotgan qonli jild Qori Abdulla Toşpölatovga nisbatan çiqarilgan hukm tafsilotlarini oçib berdi. Biroq uning ortida qolgan oila taqdiri hanuz noma’lum. Rafiqasi Salomat Qosimova, öğli Abdurahmon, qizlari Lutfiya, Muşarraf va Rahima otasining hibsidan keyin qanday kunlarni boşdan keçirdi? Bugun ularning avlodlari bormi? Qori Abdullaning surati, maktublari, şaxsiy hujjatlari yoki u haqdagi xotiralar biror xonadonda saqlanib qolganmi? Bu savollarga hozirça javob topolmadik. Şu bois, mazkur oilaga oid har qanday ma’lumot, surat va hujjatga ega muştariylardan tahririyatga murojaat qilişlarini söraymiz. Bu tarixni tiklaş, Qori Abdulla haqidagi ma’lumotlarni töldiriş şarafli burçimizdir.
Rustambek ŞAMSUTDINOV,
tarix fanlari doktori, professor
SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI
Hayoti Syukuro Manabe 1931-yil 21-sentyabrda Yaponiyada tuğilgan. Tokio universitetida tahsil olgan. 1958-yilda doktorlik işini muvaffaqiyatli himoya qilgaç, AQŞga köçib ötgan. Avval Milliy okeanografiya va atmosfera tadqiqotlari boşqarmasida işlagan, bir muddat Yaponiyada yaşagaç, yana Prinston universitetiga qaytib kelgan. Hozirda şu universitetda faxriy meteorolog. 2007–2014-yillarda Nagoya universitetida maxsus taklif qilingan professor sifatida işlagan. Kaşfiyoti Insoniyat uçun hayotiy […]
19.11.2026 | 09:08
372
“KITOB, MENING DÖSTIMSAN”
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi homiyligida yana bir turkum kitoblar naşrdan çiqdi. “Sohibqironga ehtirom” nomli yangi töplamdan şonli ajdodimiz Amir Temurga bağişlab yozilgan nazmiy asarlar örin olgan. Atoqli şoirimiz Abdulla Oripovning şunday satrlari bor: Har qança faxr etsang arziydi, özbek,Balqibsan bir zotning yuksak şonida.Temurbek yulduzi Oltin qoziqdekÇaraqlar buyuklar kahkaşonida. Abdurauf Fitrat, Alixontöra Soğuniy singari atoqli ma’rifatparvarlarning maşhur […]
18.11.2026 | 15:39
397
OG‘RIQ NUQTA
Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan. Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga […]
17.11.2026 | 14:24
562



