21.11.2026 | 12:24
141
ÖMONDAN TO NAMANGANGAÇA
Ötayotgan hafta mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim voqealarga boy bölib, xalqaro diplomatiyadagi tarixiy burilişlar, hududiy taraqqiyot hamda zamonaviy urbanizatsiya jarayonlarini qamrab oldi. Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan yiğilişlar hamda xorijga amalga oşirilgan davlat taşrifi Özbekistonning ham milliy, ham xalqaro maydondagi izçil rivojlaniş yölini yaqqol namoyon etdi. Haftaning asosiy voqealarini törtta ustuvor yönaliş kesimida tahlil qiliş mumkin.

Ummonga yöl
Davlatimiz rahbarining 16-17-noyabr kunlari Ömon Sultonligiga amalga oşirgan davlat taşrifi ikki tomonlama munosabatlarni rasman strategik şeriklik darajasiga kötardi. Sulton Haysam bin Toriq Ol Said bilan muzokaralar yakunida imzolangan Strategik şeriklik töğrisidagi bitim hamda vizasiz rejim, imtiyozli savdo va sanoat kooperatsiyasiga oid 30 dan ortiq hujjat hamkorlikning yangi bosqiçini boşlab berdi. Masqatda imzolangan Strategik şeriklik töğrisidagi bitim ikki davlat munosabatlarini oddiy döstona hamkorlik maqomidan tizimli va uzoq muddatli darajaga kötargan tarixiy hujjat böldi.
Strategik şeriklik Özbekistonga Hind ummoniga logistika yölagi orqali töğridan-töğri çiqiş imkoniyatini ham beradi. Özbekiston uçun Ömonning Sohar, Duqm va Salala portlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bitim doirasida Sohar erkin iqtisodiy zonasida logistika markazi va qöşma kompaniya tuzilişi özbek mahsulotlarining Körfazdagi arab mamlakatlari, Hindiston, Janubiy Osiyo va Şarqiy Afrika bozorlariga eng qisqa va arzon yöl bilan çiqişini ta’minlaydi. Şuningdek, “Özbekiston – Ömon investitsiya kompaniyasi” kapitalining 500 million dollarga yetkazilişi 5 milliard dollarlik loyihalar paketini real moliyaviy manba bilan ta’minlaydi. Bu mablağlar sanoat, toğ-kon, kimyo va infratuzilma obyektlariga bevosita yönaltiriladi.
“Yangi Toşkent”da ömonlik sarmoyadorlar iştirokida “Masqat” zamonaviy mavzesi barpo etilişi quriliş sohasiga yangi investitsiya va ilğor arab me’morçiligi texnologiyalarini olib keladi. Ikki davlat fuqarolari uçun viza talabi bekor qilingani va töğridan töğri aviaqatnovlar yölga qöyilgani sababli, sayyohlar, ziyoratçilar, tadbirkorlar va talabalarning harakatlanişi osonlaşadi.
Iqlimi qurğoqçil va qişloq xöjaligi mahsulotlarining aksariyatini import qiluvçi Ömon uçun Özbekiston sifatli meva-sabzavot, poliz, dukkakli mahsulotlar va qayta işlangan oziq-ovqatni barqaror yetkazib beruvçi işonçli hamkorga aylanadi. Ömonning xomaşyo va kapitalini Özbekistonning sanoat hamda muhandislik bazasi bilan birlaştirib, elektrotexnika, toğ-kon va hatto, kosmik sohalarda qöşma korxonalar tuzişdan har ikki tomon ham manfaat köradi. Bitimning haqiqiy qiymati şundaki, u ikki mamlakat taraqqiyotini yillar va ön yilliklar davomida özaro manfaatli umumiy iqtisodiy zanjir orqali boğlaydi. Şuningdek, Özbekiston va Ömon örtasida sanoat kooperatsiyasi, moliya va iqtisodiyot, imtiyozli savdo, erkin iqtisodiy zonalar, bojxona, transport-logistika, kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari, uy-joy va şaharsozlik, oziq-ovqat xavfsizligi, soğliqni saqlaş, atrof-muhitni himoya qiliş, mehnat va inson resurslari, ta’lim, madaniyat va sport, boşqaruv va davlat xizmati, arxivlaştiriş hamda boşqa sohalar böyiça qabul qilingan 30 dan ziyod hujjat ham döstona munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqadi.
Erişilgan kelişuvlar Özbekiston taraqqiyotida strategik ahamiyat kasb etib, Ömon kapitali va töğridan töğri investitsiyalari hisobiga yangi korxonalar hamda yuqori maoşli iş örinlarini yaratiş imkonini beradi. Şuningdek, neft-gaz-kimyo sanoati va raqamli iqtisodiyotni modernizatsiya qilişda ömonlik mutaxassislarning ilğor tajribasi asosida sanoat tarmoqlarini texnologik jihatdan yangilaşga xizmat qiladi. Şavkat Mirziyoyevning Ömon Sultonligiga amalga oşirgan davlat taşrifi Özbekiston taşqi siyosatining köp qirrali, pragmatik va faol xususiyat kasb etib borayotganini yana bir bor isbotladi.
Urbanizatsiya va ekologiya uyğunlaşganda
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev raisligida “Yangi Toşkent” qurilişini jadallaştiriş va “Yaşil makon” umummilliy loyihasi ijrosiga bağişlab ötkazilgan yiğiliş mamlakatimizda keçayotgan urbanizatsiya va ekologiya siyosatining tub mohiyatini oçib berdi. Uşbu yiğiliş bir qaraşda ikki xil – quriliş va kökalamzorlaştiriş masalalariga bağişlangandek körinsa-da, aslida, ular yagona maqsadga – xalqimiz uçun qulay, xavfsiz, soğlom va zamonaviy yaşaş muhitini yaratişga qaratilgan. Muloqotda tizimli muammolar oçiq aytilib, faoliyatni tubdan özgartiriş böyiça qat’iy talablar qöyildi.
“Yangi Toşkent” – Özbekistonning ertangi şaharsozlik madaniyati va muhandislik salohiyatini namoyiş etadigan megaloyiha. Şu ma’noda, Prezidentimiz tomonidan uşbu quriliş ustidan har oylik va har bir loyiha böyiça kunlik manzilli nazorat tizimining örnatilayotgani bejiz emas. Bunday kölamdagi loyihalarda loqaydlik yoki sun’iy byurokratik tösiqlarga aslo yöl qöyib bölmaydi.
Yiğilişda ilgari surilgan uçta prinsipial jihat alohida e’tiborga molik. Birinçidan, infratuzilma binodan oldin barpo etilişi şartligi qat’iy belgilandi. Odatda, şaharsozlikdagi eng katta xato avval binolar qad rostlab, söng yöl qurilişi, suv va elektr tarmoqlari tortilişidir. Davlatimiz rahbari bu amaliyotni qat’iy rad etib, uy-joylar foydalanişga topşirilgunga qadar kommunal va transport infratuzilmasi 100 foiz tayyor bölişi talabini qöydi. Bu çora odamlar köçib kelganidan keyin muammolar girdobida qolmasligining kafolatidir. Ikkinçidan, köp funksiyali hudud konsepsiyasi ilgari surildi. Viloyatlarga biriktirilgan yerlarda faqat turar joy quriş bilan çeklaniş taqiqlandi. Har bir sektorda biznes markazlari, mehmonxonalar, maktab, boğça, klinika, madaniyat va istirohat maskanlari mujassam bölişi kerak. Uşbu talab aholining kundalik ehtiyojlari bilan boğliq ortiqça transport harakati va tirbandliklarni kamaytiradi, piyodalar uçun qulay muhit yaratadi. Uçinçidan, “yaşil quriliş” standarti va raqobat zarurligi ğoyasi kun tartibiga qöyildi. Yangi şahardagi har bir inşoot energiya tejamkor, zamonaviy ekologik standartlarga mos bölişi kerak. Viloyatlar örtasidagi soğlom raqobat esa hududlarni bir xil qolipda emas, milliy va zamonaviy me’morçilik uyğunlaşgan öziga xos qiyofada barpo etişga turtki beradi.
Yiğilişning tanqidiy qismi “Yaşil makon” umummilliy loyihasi ijrosiga qaratildi. Davlatimiz rahbarining bu boradagi qat’iy pozitsiyasi jamoatçilik istaklariga mos keldi. Tan oliş kerak, daraxt ekişda qöşib yoziş va soxta raqamlar közga taşlanardi. Bahorda ekilgan köçatlarning uçdan bir qismi qurib qolgani, Toşkent, Samarqand va Jizzax viloyatlarida işlar sustligi, eng açinarlisi, ekilmagan köçatlarni hisobotlarga kiritiş holatlari oçiq-oydin körsatib ötildi. Bundan buyon köçat ekişda son emas, balki uning kökarib, daraxtga aylanişi boş talab böladi. Suğoriş tizimi bölmagan joyga köçat qadab, uni taşlab ketiş amaliyotiga çek qöyiladi.
Bundan taşqari, tabiiy şaroitimizga mos kelmaydigan, köp suv talab qiluvçi qimmatbaho gazonlar örniga iqlimga çidamli mahalliy butalar, daraxtlar, rayhon, jambil kabi an’anaviy ösimliklarni ekiş taşabbusi ilmiy jihatdan asosli va töğri qarordir. Har bir mahallada aholi jon boşiga kamida uç tupdan köçat ekiş vazifasi loyihani xalqçil harakatga aylantiradi. Bunda mahalla oqsoqollari, faollar va örmon xöjaligi xodimlari mas’uliyatni öz zimmasiga olişi, ekilgan har bir niholga egalik qilişi lozim. Prezidentimiz ötkazgan bu yiğiliş barça böğindagi rahbarlar uçun jiddiy ogohlantiriş böldi.
Har bir yönaliş e’tiborda
Prezident raisligida 18-noyabr kuni Namangan viloyatida islohotlar natijadorligini oşiriş va investitsiya loyihalarini jadallaştirişga bağişlab ötkazilgan yiğiliş umummilliy ösiş hududlarning faolligiga boğliq ekanini körsatdi. Özbekiston iqtisodiyotining bugungi rivojlaniş sur’ati har bir hududning öziga xos imkoniyatlaridan oqilona foydalanişni taqozo etmoqda. Ta’kidlaş joizki, Namangan viloyati iqtisodiy salohiyatini oşiriş böyiça belgilangan körsatkiçlar yuksak. Joriy yil yakuniga qadar xorijiy investitsiyalarni 5,4 milliard dollarga, eksportni esa 1,2 milliard dollarga yetkaziş rejalaştirilgan. Kelgusi yilda iqtisodiyotni 9,5 foizga östiriş maqsadi qöyilgan bölib, buning uçun umumiy qiymati 5,4 milliard dollarlik aniq loyihalar portfeli şakllantirildi.
Viloyatda amalga oşirilayotgan yirik loyihalar – Namangan xalqaro aeroportini modernizatsiya qiliş va yangi kargo infratuzilmasini barpo etiş hudud eksport-import imkoniyatlarini global darajaga olib çiqadi. Töqimaçilik böyoqlari işlab çiqariş, çiqindilardan elektr energiyasi oliş, bazaltdan issiqlik saqlovçi materiallar tayyorlaş kabi loyihalar viloyat sanoati xomaşyo yönalişidan yuqori texnologiyali işlab çiqarişga ötayotganini körsatadi. Şu bilan birga, 183 ming gektar yer maydonidan samarali foydalaniş, mahsulotni faqat yetiştiriş emas, uni çuqur qayta işlaş orqali eksportbop tovarga aylantiriş asosiy vazifa etib belgilandi.
Yiğilişda viloyatdagi 786 ming nafar yoşning salohiyatini röyobga çiqarişga ustuvor e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbarining kelgusi yilda 10 ming nafar yoşni Germaniya va Yaponiyadagi yuqori daromadli iş örinlariga maqsadli tayyorlaş topşiriği yoşlarni oddiy işçi kuçi sifatida emas, balki yuqori malakali mutaxassis sifatida xalqaro mehnat bozoriga olib çiqiş strategiyasini ifodalaydi. “Yangi Namangan” şaharçasidagi 50 ming xonadonga möljallangan turar joylar qurilişi va u yerda barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlar aholi turmuş darajasini oşirişga xizmat qiladi. Turizm sohasida “Araşan” majmuasi va “Qamçiq” toğ dam oliş maskani loyihalari viloyatni sayyohlar uçun jozibali manzilga aylantiradi.
Işbilarmonlik muloqoti
Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida bölib ötgan Özbekiston–Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning birinçi yiğilişi ikki davlat işbilarmon doiralari örtasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqdi. Uşbu muloqot maydoni özaro işonçga asoslangan sarmoyaviy şeriklikni yanada kengaytiriş, yirik qöşma taşabbuslarni tizimli ravişda qöllab-quvvatlaşga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Davlatimiz rahbari turkiyalik investorlarni “Yangi Toşkent” qurilişi hamda yirik infratuzilma loyihalarida faol iştirok etişga çaqirdi. Xususan, yangi şaharda tijorat va turar joy majmualari, mehmonxonalar, ta’lim va tibbiyot muassasalarini barpo etiş böyiça hamkorlik taklif etildi. Transport-logistika tizimini zamonaviylaştiriş doirasida pulli avtomobil yöllari, aeroportlar va logistika markazlarini rivojlantiriş istiqbolli yönalişlar sifatida belgilandi. Qişloq xöjaligi sohasidagi şeriklikni kengaytiriş masalalariga ham muhim e’tibor qaratildi. Turkiyaning sohadagi boy tajribasini inobatga olgan holda, organik mineral öğitlar va qişloq xöjaligi texnikasi işlab çiqariş, zamonaviy issiqxonalar barpo etiş, boğdorçilik, suv tejovçi texnologiyalar hamda sovutkiç omborlar yönalişlarida kooperatsiyani kuçaytiriş taklif qilindi.
* * *
Bir söz bilan aytganda, ötayotgan hafta voqealari uzviy mantiqiy zanjirga birlaşgan. Barqaror makroiqtisodiy rejalar va hududiy loyihalar mamlakatimizning içki tayançi bölsa, Ömon bilan strategik şeriklik hamda Turkiya işbilarmon doiralari bilan kengayib borayotgan investitsiyaviy hamkorlik taşqi savdo, bunyodkorlik va logistika imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Uşbu sa’y-harakatlarning barçasi yagona maqsadga – fuqarolar manfaati, inson qadri va munosib kelajakni ta’minlaşga qaratilgan.
Iqbol MIRZO
“Jadid” gazetasining 2026-yil 20-noyabrdagi 47-sonida
SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI
Hayoti Syukuro Manabe 1931-yil 21-sentyabrda Yaponiyada tuğilgan. Tokio universitetida tahsil olgan. 1958-yilda doktorlik işini muvaffaqiyatli himoya qilgaç, AQŞga köçib ötgan. Avval Milliy okeanografiya va atmosfera tadqiqotlari boşqarmasida işlagan, bir muddat Yaponiyada yaşagaç, yana Prinston universitetiga qaytib kelgan. Hozirda şu universitetda faxriy meteorolog. 2007–2014-yillarda Nagoya universitetida maxsus taklif qilingan professor sifatida işlagan. Kaşfiyoti Insoniyat uçun hayotiy […]
19.11.2026 | 09:08
372
“KITOB, MENING DÖSTIMSAN”
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi homiyligida yana bir turkum kitoblar naşrdan çiqdi. “Sohibqironga ehtirom” nomli yangi töplamdan şonli ajdodimiz Amir Temurga bağişlab yozilgan nazmiy asarlar örin olgan. Atoqli şoirimiz Abdulla Oripovning şunday satrlari bor: Har qança faxr etsang arziydi, özbek,Balqibsan bir zotning yuksak şonida.Temurbek yulduzi Oltin qoziqdekÇaraqlar buyuklar kahkaşonida. Abdurauf Fitrat, Alixontöra Soğuniy singari atoqli ma’rifatparvarlarning maşhur […]
18.11.2026 | 15:39
397
OG‘RIQ NUQTA
Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan. Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga […]
17.11.2026 | 14:24
562



