Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 16°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Iqbol MIRZO: ÖMONDAN TO NAMANGANGAÇA ✏️Halima XUDOYBERDIYEVA: DA’VAT ✏️Mirtemir QURBONOV: IZLANIŞDAN NATIJAGA ✏️Otabek ISROILOV: TAQDIRLAR ÖZGARMOQDA ✏️Yorqin INOĞOMOV: ŞAXMAT HAM, ŞE’R HAM ABADIY... ✏️Zulayho ALIMOVA: ULKAN XAZINA ✏️Jasmina ISROIL: ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI ✏️Bahodir KARIM: XARAKTER MUSAVVIRI ✏️Abdumutallib ÖKTAMOV: ZIYOLI MAS’ULIYATI ✏️Diyorbek SOATALIYEV: BARI BOLA BIRDAY ✏️Z.MAMATOV: BIR BAYROQ OSTIDA ✏️Valişer ABIROV, E’zoza MAMASIDDIQOVA: TILNI ASRAGAN JADIDLAR ✏️Jamoliddin BADALOV: TEATR KUNLARI ✏️Örolboy QOBIL: ABDULLA GULŞANIY KIM EDI? ✏️Muyassar IBROHIMOVA: SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI ✏️Abbos ŞOYIMOV: “ÖTKAN KUNLAR” BUGUNGI KUNIMIZDA ✏️Nigina ISKANDAROVA: TARIX PARÇALARI

TAVSIYA QILAMIZ


25.11.2026 | 09:24

img121

ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI

HAYOTI

1930-yil 15-dekabrda Fransiyaning Bulon-Biyankur şahrida tavallud topgan. Milliy kimyo oliy maktabi va Sorbonna universitetini bitirgan. 1954-yildan 1962-yilgaça Milliy ilmiy tadqiqotlar markazida (CNRS) işlagan. 1960-yilda doktorlik darajasini oldi. Bir neça yil Alen Oro qöl ostida ilmiy xodim bölib işladi va Fransiya kollejida laboratoriya direktorining örinbosari böldi. 1967-yilda Orse şahridagi Parij-Sud universitetining Fanlar fakultetida tadqiqot guruhini tuzdi. 1968-yilda assimetrik sintez laboratoriyasini taşkil etdi. 1973-yildan kimyo professori, 1999-yildan beri faxriy professor.

KAŞFIYOTI

Anri Kaganning tadqiqotlari molekulalarning fazoviy tuzilişini boşqariş va yangi avlod dori vositalarini yaratişda inqilobiy buriliş yasadi. Kagan katalizator tarkibidagi bir xil “közgu şakli”dagi molekulaning (enantiomerning) hatto juda oz miqdordagi ustunligi ham reaksiyaning yakuniy mahsulotida bir neça barobar kuçayişini isbotladi. Olim uşbu murakkab jarayonni aniq tavsiflovçi matematik modellarni ham işlab çiqdi. U birinçi C2-simmetrik difosfin ligandi – DIOP ni yaratdi va uni asimmetrik gidridlaş reaksiyalarida muvaffaqiyatli qölladi. Aynan şu kaşfiyot optik faol birikmalarni zamonaviy sanoat miqyosida sintez qiliş davrini boşlab berdi.

Kagan ikki valentli lantanoid hosilalarini, xususan, samariy diiodidini (SmI2) organik sintez amaliyotiga olib kirdi. Bugungi kunda uşbu birikma kimyo fanidagi eng universal va qulay qaytaruvçi vositalardan biri hisoblanadi.

E’TIROF

1991-yildan buyon Fransiya Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi bölgan Anri Kaganning xizmatlari xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan doimiy ravişda yuqori baholanib kelingan. Kimyo böyiça Volf mukofoti (2001), Benjamin Franklin medali (2005) va yana önlab nufuzli xalqaro mukofotlar sohibidir. Olimning ilmiy tadqiqotlari dunyo kimyogarlari uçun ilhom manbai bölib xizmat qilmoqda.

2026-yilgi kimyo böyiça Nobel mukofoti Kaganga yaponiyalik olim Kenso Soai bilan birgalikda “asimmetrik organik sintezda çiziqsiz effektlar va avtokatalizni kaşf etgani uçun” topşirildi. Bu ilmiy işlar tirik tabiatdagi gomoxirallik (molekulalarning faqat bir xil “közgu aksi” şaklida ustunlik qilişi) fenomenini tuşuntirib berdi va xavfsiz, yuqori samarali dori-darmonlar işlab çiqarişga poydevor qöydi.

Jasmina ISROIL tayyorladi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 20-noyabrdagi 47-sonida


BARI BOLA BIRDAY

20-noyabr – Bola huquqlari töğrisidagi konvensiya qabul qilingan kun. Ayni paytda, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34 yilligi sanasi yaqinlaşmoqda. Har ikki hujjatning markazida inson qadri, haq-huquqi turibdi, jumladan, bola huquqi ham. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 44-moddasiga asosan, bolalar mehnatining bolaning soğliği, xavfsizligi, axloqi, aqliy va jismoniy rivojlanişiga xavf soluvçi, şu jumladan, ta’lim olişiga tösqinlik qiluvçi har qanday […]

25.11.2026 | 11:31

img97

ZIYOLI MAS’ULIYATI

Har bir millatning ma’naviy qiyofasi, tafakkur darajasi va kelajakka intilişida ziyolilarning örni alohida. Ular jamiyatdagi voqea-hodisalarni teran anglaydigan, bilim va tajribasi bilan atrofdagilarga yöl körsata oladigan, ezgulik va adolat mezonlarini hayotda qaror toptirişga intiladigan insonlardir. Şu bois, xalq azaldan ziyolilarga hurmat bilan qaragan, ularning fikriga quloq tutgan, hayotiy tajribasi va ma’naviy qaraşlaridan ibrat olgan. Biroq […]

24.11.2026 | 15:39

img195

XARAKTER MUSAVVIRI

Yaqinda iste’dodli adib Şuhrat Matkarimning “Ijod Nashr” naşriyoti tomonidan ikki jildga jamlangan asarlari bosilib çiqdi. Kitoblar mundarijasiga nazar taşladim. Öqimaganimdan öqiganlarim köp. Birinçi jilddan ellikdan ortiq hikoya joy olibdi; ikkinçi jildga kiritilgan önga yaqin hikoya, bir neçta qissa va bitta drama – bularning bari Şuhrat Matkarimning keyingi davr ijod mahsuli. Ikki jildlik kitob tarkibidan iste’dodli […]

24.11.2026 | 12:25

img153