Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.05.2024 | 12:12

img557

“O‘RAB OLAY GUL BILAN…”

Inson hamisha go‘zallikka talpinib yashaydi. Gul-chechaklar esa azaldan muhabbat, poklik va go‘zallik ramzi sifatida ardoqlab kelinadi.  Sir emas, Namangan ahlining gullarga mehri cheksiz. Shu bois 1961-yildan Namangan shahrida “Gullar festivali”ni o‘tkazish an’anaga aylangan. Aslida, bunday gulchilik madaniyati o‘ziga xos tarixga ega.

Ilgari shahardagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bog‘i o‘rnidagi Gulzor mahallasida yashagan odamlar o‘zlarining hovli va bog‘larida anvoyi gullar o‘stirishgan. Ana shu cha­man­zorlarning dovrug‘i Qo‘­qon xoni Xudoyorxonning ham qulog‘iga yetib borgan. Natijada u mahalla ahlini bosh­­qa joyga ko‘chirib, ushbu hududni o‘ziga qarorgoh qil­gan. Namangan gulchiligi rivojiga mahalliy aholi orasida To‘q­mulla ismi bilan tanilgan ta­tar millatiga man­sub Tuxmullin va uning avlodlari ham munosib hissa qo‘shgan. Qozon shahrida tug‘ilib o‘s­gan bu inson chor Rossiya­sining musul­mon tatarlariga tazyiqi kuchaygach, 1830-yilda yurtimizga ko‘chib kelgan. U oltmish sotix yer sotib olib, bog‘-rog‘ barpo qilgan. Tuxmullinning yolg‘iz farzandi Izzatulla diniy va dunyoviy ilmlar bilimdoni bo‘lib, shahardagi masjid-maktabda bola­larga saboq berish bilan birga, gulchilik bilan ham shug‘ullanardi. Izzatulla qori 1870-1910-yillar mobaynida o‘z hovlisida dunyoning turli chekkalarida o‘sadigan 200 dan ortiq gul va o‘simlik navlarini parvarishlab, mahalliy iqlimga mos­lashtiradi. Qizig‘i, u gul urug‘larini tayyorlash va o‘zga yurtlarga eks­port qilish mavzusiga bag‘ishlangan moʻjazgina lug‘at-risola ham chop ettirgan. Ushbu asarda turli gul navlari­ning shifobaxsh xususiyatlari va parvarishlash usullari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.  O‘tgan asrning oltmishinchi yillarida Namangan shahridagi Bobur Mirzo nomidagi istirohat bog‘iga rahbarlik qilgan Hoshimjon Nurmatov ham shinavanda inson sifatida nom qozongan. U kishi har yili yoz faslida Rossiyaning Yessentuki shahriga dam olish uchun borganida ushbu kurort-shaharda san’at darajasiga ko‘targan gulchilik madaniyatini yaqindan o‘rganardi. Ayniqsa, u kishi mahalliy aholining tuvaklarda o‘stirilgan gullarni ko‘cha eshigi oldida qatorlashtirib terib qo‘yishi va bu hol sayyohlar e’tiborini tortishiga aha­miyat qaratadi. Xullas, Hoshimjon aka bu kabi gulchilik tajribalarini Namanganda ham sinab ko‘rishga qaror qiladi. E’tiborli tomoni, uning tashabbusi namanganliklar orasida shitob bilan ommalashib ketadi. Qisqa vaqt ichida shahardagi asosiy gulzorning maydoni qariyb 15-gektarga yetadi. Ushbu may­donda 800 xildan ortiq gul o‘stirilib, uning hududida issiqxona ham tashkil etiladi. 1961-yil 19-20-avgust kunlari Namangan shahrida ilk marta gul bayrami o‘tkazildi. Tadbir doirasida tashkil qilingan 17 ta gullar ko‘rgazmasida 6 ta tashkilot va 16 nafar havaskor gulchi ishtirok etadi. Bu tashab­bus gulsevarlar orasida keng quloch yoydi. “Namangan haqiqati” gazetasi­ning 1962-yil 13-may sonida Eshon­dada Alixonov, Solixon Nosirov, Yo‘ldosh Rahimov, Abdusamad Abdullayev, Yo‘ldosh Obidxonov, Abdurahim Gʻafforov, Aleksandra Maslennikova, Ramazon Murodrasulov kabi atoqli gulchilar imzosi bilan “Namangan gul shahri bo‘lsin!” sarlavhali chaqiriq mazmunidagi maqola e’lon qilinadi. Ushbu maqolada “Qayerga bir tup gul o‘tqazish mumkin bo‘lsa, o‘sha yerni gulsiz qo‘ymaylik!” degan shior o‘rtaga tashlanadi. Yillar davomida Namangan shah­rida yakka tartibda gulchilik bilan shug‘ullanadigan kishilar safi ko‘paya boshladi. Yurtimiz mustaqillikka erish­gach, shaharda gulchilikka e’tibor yanada kuchaydi. Ayniqsa, keyingi yillarda gul bayramining mazmuni va ahamiyati yanada kengaydi. Xususan, 2017-yili ushbu tadbir xalqaro miqyosda o‘tkazilib, unda Fransiya, Belgiya, Gollandiya, Janu­biy Koreya, Ozarbayjon va Qirg‘izistondan kelgan mehmonlar hamda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi. 2018-yilgi mavsumda esa namanganlik gulchilar misli ko‘rilmagan gullar paradini uyushtirishdi. Shu tariqa ushbu tadbir “Xalqaro gul bayrami” maqomiga sazovor bo‘ldi. Har yili Namangandagi go‘zallik va nafosat bayramida qatnashish va uni yoritish uchun dunyoning turli davlatlaridan mehmonlar hamda jurnalistlar tashrif buyurmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, ayni paytda Namangan shahridagi gullar festivali tom ma’noda tinchlik, farovonlik va xalqlar o‘rtasidagi birdamlik bayramiga aylangan.

Muqaddam USMONOVA, Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ilmiy xodimi “Jadid” gazetasi 2024-yil 10-may 20-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img97

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img610

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img607