Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.05.2024 | 10:20

img410

HAQGO‘Y ADIB VA INSON

Tog‘lar uzoqlardan haybatli ko‘rinadi va yaqiniga borsangiz, ularning qorli cho‘qqilari ko‘klarga tutashib ketganday tuyuladi.

Har qaysi odamning bir o‘zak xislati bo‘ladi. Bosh­qa barcha xislatlarini shu o‘zak xislat boshqaradi va o‘z ortidan ergashtiradi.

Shoir, adib dramaturg Shuhrat (Gʻulom Alimov)ning ham shunday o‘zak xislati bo‘lgan.

 Uning haqgo‘yligi – odamiyligi va adiblik faoliyatining o‘zak-negizi edi.

Shuhrat aka haqgo‘y inson edi.

U haqiqat uchun mahkam turardi.

U o‘z hayotini romanlarga, o‘z qalbining noyob ko‘tarinki kechinmala­ri­ni she’rga, dostonga, balladaga aylantirardi.

Zotan, uning hayoti xuddi roman­ga – yirik, keng planli, bag‘irdor, tayyor romanga o‘xshardi.

Esimda: “Shinelli yillar”, “Oltin zang­lamas”larni ilk bora o‘qiganda, bu ikki o‘ziga xos bag‘rikeng asarning Elmurod va Sodiq ismli bosh qahramonlari baayni Shuhrat akaning o‘zi ekanligini ko‘rib, tuyib, hayratga tushganman.

Yozuvchi, iloji yo‘q, ma’lum ma’noda va darajada, me’yorda bichib-to‘qiy­di, yozayotganlariga jindak yol­­g‘on ham qo‘shadi, qahramonlari va ular boshiga tushgan voqealar, ko‘rgiliklarni bo‘rttiradi, ideallashtiradi, bir so‘z bilan aytganda, har tomonlama boyitadi. Salmoqli, yaxlit adabiy hodisaga aylantiradi.

Albatta, Shuhrat o‘zbek adabiyoti qahramonlari galereyasida juda yor­qin o‘rin tutgan o‘z qahramonlari­ga o‘zidan nimalarnidir qo‘shgandir, umumlashtirgandir (tanqidchi, ada­biyotshunoslar tili bilan aytganda) – agar shunday bo‘lsa, bu adabiy mehnatda, badiiy hunarda juda tabiiy hol, – lekin “Shinelli yillar”, “Oltin zanglamas” va sal so‘ngroq “Jannat qidirganlar”ni o‘qiganda men buni bir o‘quvchi sifatida sezmagan, payqamagan, qayeri to‘qima, qayeri real, deb o‘ylab o‘tirmaganman. Menga bu romanlar nihoyatda hayotiy – voqealarning bari rost, real bo‘lib ko‘ringan. Shuhrat romanlarini estetik idro­kimga shunday qabul qilganman.

Yozuvchi bamisoli hech narsani bo‘rttirmagan, hech narsani boridan ko‘ra chiroyliroq, yombiroq, qabariq­roq qilaman deb bosh qotirmagan, balki borini boricha yozgan.

Noyob va adabiy ijodda behad qimmatli hayotiylikka, hayotiy qabariqlikka erishgan. Buni qarangki, shu bilan birga Shuhrat romanlari ayni chog‘da, yana adabiyotchilar tili bilan aytadigan bo‘lsak, hayotdan nusxa ko‘chirish ham emasdi. Biron-bir tasvirda naturalizm ko‘rinmas va g‘ashga tegmasdi. Va uning tasviri “fotografiya” usulidan, fotografiya rostgo‘yligi va aniqligidan ham juda yiroq edi.

Shuhrat romanlarida hayotga bu qadar yaqinlik, bu qadar hayotiylik­ning siri nimada edi?

 Bu sirning kalitini men adibning o‘zida, uning yorqin, azamat, devkor fe’l-atvorida, odamlarga, o‘z yozuvchilik va insonlik qismatiga bo‘lgan yondashuvlarida, qoyaday mus­tahkam ma’rifatli prinsiplarida – hech yo‘ldan toymas, og‘mas, bo‘yalmas, o‘zgarmas olijanob adolatida ko‘raman.

Shularning yaqinligida u Behbudiy, Fitrat, Qodiriy, Avloniy, Munavvar qori, Cho‘lpon, Ubaydullaxo‘ja, Usmon Nosirlarga kelbati tortardi.

70-yillar tugayotgan bir pallada Shuhrat uyiga chaqirdi. Oydin bilan birga bordik. Olcha pishgan payt edi. Mehmondo‘st Tursunoy opa bir chinni tovoqda obdon pishgan “shponka” olcha terib kelib dasturxonga qo‘ydi. Ular Oydin bilan ichkarida dardlashi­sharkan, biz Shuhrat aka ikkimiz yoz oqshomining salqinida orom olib, bo‘rtib, tarang tortib pishgan bir tovoq “shponka”ni paqqos tushirganmiz. Olchaning hushyor torttiruvchi turush va juda yoqimli ta’mi ko‘ksimizni to‘ldirardi.

Sir yo‘q: men jadidlarga, ular­ning ishlari, asarlariga mubtalo edim. Asarlari ham, ishlari ham yuragimga sarimoyday yoqardi. Suhbat chog‘ida ma’lum bo‘ldiki, Shuhrat aka mendan ko‘ra yuz karra, balki ming karra ortiq jadidlar mubtalosi ekan. Ular ijodini xo‘b o‘qigan, ularning hayoti qirralari, fojialari, ajib qahramonliklaridan bo­xa­bar ekan.

O‘shanda ulkan, chuqur, serob, serto‘lqin daryo bo‘yida ikki soat birga o‘tirganday, daryo shukuhi, fayzi, ulug‘vorligidan bir umrga yetgulik bahra olganday bo‘lganman.

Uyga qaytarkanman, butun o‘y-xayo­lim­ni Shuhrat aka bilan bo‘lgan suh­batning nashidasi chulg‘agan edi.

O‘ylardim: nega Shuhrat aka shun­­day balog‘at pallasida jadidlar haqi­da roman yozmaydi? Nega bu noyob qahramonliklarni aks ettirmaydi? Axir, bu xalqimiz uchun bosh­qa hech narsa bilan solishtirib bo‘lmaydigan va boshqa hech narsa bilan o‘rni to‘lmaydigan ibrat, kurash, iroda maktabi bo‘lishi mumkin edi-ku? Ammo ajab! Bu bo‘shliqning o‘rni xalqimiz uchun hanuz to‘lmagan! Hanuz bu ulug‘vor cho‘qqilar adabiyotimiz tomonidan zabt etilmagan, hamon bu ulkan ijtimoiy qimmatga ega ish adiblar bo‘ynida qarz bo‘lib turmoqda! Agar Shuhrat jadidlar haqida bir emas, hatto bir necha roman yozishga o‘tirsa, bunga qurbi-qudrati yetar va bular o‘zbek xalqining ulug‘ va o‘lmas, qurimas romanlari – hayot va go‘zallik buloqlari bo‘lurdi! – o‘sha kech suhbatimiz ta’sirida shunday o‘ylardim va xayolim go‘yo o‘sha yozilmagan romanlarning sahifalarini birma-bir varaqlardi. Zotan, Shuhrat akani jadidlarday ulug‘ millatparvar va ijtimoiy muborizlar haqida asarlar yozishga baayni yetilgan, yuksak insoniy, ziyoli, balog‘atga erishgan adib, deb tanirdim.

Ko‘p yillardan buyon hayotda roman-adiblar bo‘ladi deb yuraman. Behbudiy shunday roman-odam edi. Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon, So‘fizoda, Hamza… shunday roman-odamlar edi. Nazarimda, bizning katta zamon­doshimiz, shoir va adib Shuhrat ham xuddi shunday va mana shularday roman-odam va roman-adib edi. Hali hamon shu fikrdaman, shu o‘ydaman.

Roman-odam fikrimcha, yirik, salobatli, o‘z g‘oyalari, o‘z hayotiy prinsiplari, o‘z ijodiy, insoniy falsafasiga ega shaxsdir. U voqealar atrofidamas, voqealar uning atrofida, uning orbitasida gulduros solib aylanadi. Zotan, roman-odam katta hayot fazosi – orbitasi bor odamdir. Bu orbitada davrning juda ko‘p rang-barang voqeliklari, inson taqdirlari, bir-biridan ulug‘, serzarda, ziddiyatli voqealar charx uradi va zamon kishilarini o‘z aylanish doirasiga ohanraboday tortadi.

Shuhrat akani zamondoshlari va teng­doshlari shunday ulug‘ orbita­ga ega inson, adib deb bilishar, qadr­lashardi. Uning barcha tengdoshlari, safdoshlari: Said Ahmad, Shukrullo, Yong‘in Mirzo, Vosit Sa’dulla, Turob To‘la, Asqad Muxtor, Ne’mat Tosh­po‘lat, Hibziddin Muhammadxonov, Po‘lat Mo‘min, Hakim Nazir, Pirimqul Qodirov, Ibrohim Rahim… uni g‘oyatda e’zozlashardi, qay­da bo‘lmasin, buyuk hurmat-ehtirom bilan Shuhrat haqida so‘zlashardi.

Shuhrat aka ham o‘zi bilardi, kuch-qudrati nimalarga yetishi, nimalarga qodirligini anglar, his qilardi. Bir kuni u aytgan ekan: “Men bu hayotning atrofidamas, naq ichida bo‘lgan­man!” Bu o‘ta mardona gap! Haqgo‘y insonning ulug‘ mashaqqatlar, uri­nish­larda top­gan jo‘n gapi! Shuhrat aka: Sodiq bu – men, Elmurod bu – men! – deb balki aytmagandir. Lekin barcha fozil zamondosh­lari sezar edilarki: ha, Sodiq bu – Shuhrat, Elmurod bu – Shuhrat!

O‘tmish hukumatdorlarining barcha to‘p-zambaraklari, ajal qurollari, buni qarangki, ayni haqgo‘ylarga qarshi qaratilgan edi. Haqgo‘yga o‘zini mehnatkashparvar qilib ko‘rsatishni sevadigan davlat tuzumida ham kun yo‘q edi!

Shuhrat she’riyat, nasriy so‘zlarida, hayot ichida haqgo‘y edi – urushning butun dahshatlarini ko‘rdi, Stalin lagerlari azoblarini boshidan kechirdi, nisbatan tinch, yaxshi zamonlar kelganda ham bu haqgo‘yni katta hayot­dan chetlatishga, iloji boricha uni cheklash, ovozini o‘chirishga, asarlarini bo‘g‘ishga, e’tiborsizlik, qadrsiz­lik chakalakzorlariga uloqtirib tashlashga ko‘p urindilar. Metindan bino bo‘lgan Shuhrat esa o‘zining jadid ustozlari kabi titramadi, adolat­sizliklar oldida bosh egmadi, alp qomatini hamisha tik tutdi. Adib O‘tkir Hoshimov Shuhratning bu xususiyatini xo‘b yorqin qilib aytgan: “Shoir, adib, dramaturg Shuhrat zamon azoblari­dan yiqilib, to‘shakka yopishib qolgan chog‘ida ham titroq qo‘llari bilan haqiqat oldida titramaydigan asarlar yozdi”.

1998-yilda Shuhratning “Mash­rab” romanining ilk fragmentlari va za­mon­doshlarining u haqdagi xotiralari bir kitob holida nashr qilindi. Bu kitobda Shuhratni yaxshi bilgan bir qator adiblar, uning iqtidorli shogirdlari, zamondosh­larining juda qimmatli guvohlik­lari, ma’lumotlari, qalbdan quyilib chiqqan izhorlari jamlangan. Bu kabi xotiralar ayni chog‘da adib­lar va o‘quvchilarning Shuhratga bo‘lgan ulkan muhabbati ehtiromi­ning ovozidir. Shunday muhabbatga sazovor bo‘lish insonga mangu sharaf, odamiylik shuhratining chinakamligidir.

Ibrohim GʻAFUROV,

O‘zbekiston Qahramoni

 “Jadid” gazetasi 2024-yil 10-may 20-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img602

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600