22.05.2024 | 16:57
446
Olis maktablarga “Ma’rifat ulashib”

Rivojlanib borayotgan hozirgi zamonda turli mafkuralar oʻrtasida tobora jiddiy va ayovsiz kurash ketayotgani barchaga maʼlum. Shuni teran anglagan holda, yurtimizda ham oʻsib kelayotgan yosh-avlodni maʼrifatli, ilmli qilish, ularning qalbida ona Vatanga boʻlgan sadoqat hissini shakllantirish maqsadida turli loyiha, uchrashuv hamda davra suhbatlari oʻtkazib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 20-may sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yana bir ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Bu galgi tadbir Toshkent viloyatining olis hududlarida, xususan, Bo‘stonliq tumanining “Qoraboy”, “Uzun”, “Qoramozor” mahallalaridagi 47-49-51-umumta’lim maktablarida bo‘lib oʻtdi.
Tadbirda Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universitetiti mas’ullari, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shavkat Do‘stmuhammad, universitetga biriktirilgan maktab oʻquvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Qiziqarli savol-javoblar, mushoiralar bilan o‘tgan ijodiy uchrashuv yig‘ilganlarda boy taassurotlar qoldirdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda taʼlimga, xususan, oliy taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor, shuningdek, keyingi yillarda ijtimoiy hayotimizga faol kirib kelayotgan jadidlik harakati, uning o‘quvchi-yoshlar kelajagida tutgan o‘rni kabi mavzularda suhbatlashildi. Maktab o‘quvchilari o‘zlari yozgan va yodlagan she’rlaridan o‘qib eshittirishdi.

“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida oʻtkazilgan tadbir so‘ngida faol o‘quvchilarga va maktab ma’muriyatiga O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo tomonidan taqdim qilingan kitoblar jamlanmasi topshirildi. Tadbirlar ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi.


Yoshlarning ilm-ma’rifatga, kitob mutolaasiga, adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otadigan, ularning iste’dodini yuzaga chiqarishga hissa qo‘shadigan bu kabi ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari va adabiy tadbirlar, o‘ylaymizki, davomli bo‘lishi kerak. Zero, Abdulhamid Choʻlpon aytganidek, “Millatni uygʻotish – uygʻonganlarning vazifasidir”.
Zebo Rahmatulla qizi
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
107
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



