28.05.2024 | 15:39
542
TOJIKISTONNING URGUTLIK FARZANDI
“Chor devon” sohibi”, “Zullisonayn shoir”, “Ikki chaman bulbuli”, “Tojikistonning urgutlik ardoqli farzandi…”. Bu kabi ta’rif va e’tiroflar yaqinda Samarqandning so‘lim Urgut shahrida bo‘lib o‘tgan adabiy-ma’rifiy tadbirda qayta-qayta tilga olindi.
U bundan 90 yil muqaddam – 1934-yilning 17-may sanasida Urgut shahrida tug‘ildi. Oilada dastlab ko‘p yo‘qotishlar bo‘lgani sabab bolaga O‘lmas deb ism berishdi. Otasi Jamol nonvoy, onasi Mehriniso baxtiga u sog‘lom va durkun bo‘lib voyaga yeta boshladi. Maktabga bordi. Zukko va tiyrakligi bilan tezda ko‘zga tashlandi. U har jihatdan peshqadam bo‘lsa-da, g‘oyatda kamtarin, jo‘rajon, mehribon edi sinfdoshlariga…
Nimadir sabab bo‘lib, Jamol nonvoy oilasi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga ko‘chadi. Yangi shahar, yangi maktab, yangi sinfdoshlar…
Tojikistonlik mashhur o‘zbek shoiri, jamoat arbobi O‘lmas Jamol tug‘ilib-o‘sgan xonadonda boshlangan adabiy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etarkanman, xayolimdan dastlab kechganlari shular bo‘ldi. Ha, u olis Dushanbeda yashab, har qancha nash’u namo topgan esa-da, mazkur moʻjazgina xonadon va unga bog‘liq armonli-totli xotiralardan aslo ayro tushmagan. Shoir iborasi bilan aytganda bu xotiralar unga suyanch tog‘lar, qoyalar bo‘lib ortidan ergashib yurgani muqarrar.
Ko‘zimga nur oldim chaqmoqlaringdan,
Qushlaring sasidan qalbimga surur.
Soflikni o‘tindim buloqlaringdan,
Tog‘laring anglatdi neligin g‘urur…
O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbirda ko‘plab shoir-yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, tojikistonlik mehmonlar, Urgut tuman jamoatchiligi vakillari, o‘quvchi va talabalar hamda shoirning oila a’zolari qatnashdi. Tadbir shoir tug‘ilgan xonadonda boshlanib, shoir xotirasi yodga olindi, uning ismi-sharifi bitilgan barelyef ochildi. Shoirning ruhi pokiga bag‘ishlab Qur’on oyatlari tilovat qilindi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarining amaliy ifodasi sifatida bunyod etilgan 154-sonli umumta’lim maktabida tadbir davom etdi.
Ma’lumki, O‘lmas Jamol “Surur”, “Masrur”, “Manzur”, “Ma’mur” nomli aruziy majmualar, ya’ni “Chor devon” yaratgan. Bu borada mumtoz she’riyatimiz an’analarini muvaffaqiyatli davom ettirgan ijodkorlardan edi. Shoir devonlaridan o‘rin olgan g‘azallardan yuzga yaqini kuyga solingan. Faxriddin Umarov, Kamoliddin Rahimov, Jo‘rabek Murodov, Jo‘rabek Nabiyev, O‘rinbek Hamdamov, Ozodbek Nazarbekov kabi mashhur hofizlarimiz tomonidan ijro etilgan mazkur qo‘shiqlar xalqlarimiz ma’naviy mulkiga aylangan. Adabiy-ma’rifiy tadbirda O‘lmas Jamol she’rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlardan namunalar ijro etildi. Ayniqsa, uning “O‘zbekiston o‘g‘lidurman, tojigim gufto pisar…” deb boshlanuvchi shir-u shakar yo‘nalishida yozilgan qasidasi tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.
Az qadim o‘zbeg-u tojik –et bilan tirnoq erur,
Qon-qarindoshlik shiorash, qo‘lida bayroq erur,
Bir-birin mehmonga chorlab, yo‘lida mushtoq erur,
Toqati hijron nadorad, vasliga chanqoq erur,
Ushbu do‘stlik har qadamda topgusi fath-u zafar.
Orziqul ERGASH
“Jadid” gazetasi | 2024-yil 24-may | 22-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
64
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
587
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
584




