Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


01.06.2024 | 21:10

img481

ADABIYOTIMIZNING CHIN DO‘STI

Yaqinda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Global integratsiya sharoitida turkiy tillar taraqqiyoti: muammo va vazifalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferen­siya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turk­­­maniston va boshqa turkiy tilli davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida qon-qardosh xalqlarning tili, tarixi, madaniyati va adabiyotini tadqiq qilib kela­yotgan taniqli olimlar qatnashdi. Avvalo, turkiy tillarning ertangi kuniga bag‘ishlangan bunday nufuzli yig‘inning yurtimizda o‘tkazi­lishi mamlakatimizda milliy adabiyotimiz, ona tili­miz rivojiga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasidir. 

Konferensiyada qardosh tillarning istiqboli masalalari atroflicha muhokama qilinib, qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Ayniqsa, unda O‘zbekiston Prezidentining Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi tashabbusiga asosan “Turkiy adabiyot durdonalari” 100 jildlik majmuasining o‘zbek tilida nashr qili­nishi qardosh xalqlar madaniy hayotida ulkan ­voqea bo‘lgani e’tirof etilib, ushbu to‘plamni ularning tillarida ham nashr etishning ahami­yati beqiyos ekani alohida ta’kidlandi.

Millat faxri bo‘lgan ulug‘ bobomiz nomi bilan ataladigan universitetda tashkil etilgan xalqaro konferensiyada o‘zbek adabiyoti­ning Turkiyadagi tolmas tag‘ribotchisi, Anqara shahridagi Hoji Bayram Vali universiteti professori Vali Savash Yelok ham ishtirok etdi. Bu zahmatkash inson ko‘p yillardan buyon adabiyotimizni xalqaro miqyosda targ‘ib qilib kelayotgani bois mamlakatimiz ilmiy-adabiy jamoatchiligi orasida alohida hurmat qozongan. Xususan, u Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Shukur Xolmirzayev, Qamchibek Kenja, Tog‘ay Murod, Xayriddin Sulton, Nazar Eshonqul, Luqmon Bo‘rixon kabi adiblarimizning asarlarini turk tiliga tarjima qilish bilan birga, muntazam o‘zbek adabiyotshunosligiga oid adabiy-tahliliy maqolalar ham e’lon qilib kelmoqda.

Vali Savash Yelok yurtimizda o‘tkazilayot­gan turli anjumanlarda muntazam ishtirok etib, o‘zbek-turk adabiy aloqalarini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda. Bu borada o‘zbek adabiyotshunoslari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Shu bois xalqaro anjuman doirasida Vali Savash Yelokning O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga faxriy a’zo sifatida qabul qilinishini anjuman ishtirokchilari olqishlar bilan kutib oldi.

Quvonarlisi, bugun xorijiy mamlakatlarda ham o‘zbek adabiyotining targ‘ibotchilari safi kun sayin kengayib bormoqda. Albatta, ular orasida mohir tarjimonlar, mumtoz va zamo­naviy adabiyotimizning zukko bilimdonlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Aynan ana shunday insonlarning xizmatlari bois ham so‘nggi yillarda o‘zbek adabiyotiga xalqaro miqyosda qiziqish tobora ortib bormoqda. O‘tgan yili Tur­kiyaning Bursa shahrida o‘tkazilgan xalqaro adabiy anjuman doirasida O‘zbekis­ton xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Bilga xoqon” romani “Tilda, fikrda, ishda birlik: turk dunyosi adabiyot mukofoti”ga sazovor bo‘lgani, Istanbul shahrida tashkil etilgan XIV “Turkiy xalqlar she’riyat festivali”da taniqli shoirimiz Eshqobil Shukur Baxtiyor Vahobzoda nomidagi xalqaro adabiy mukofot bilan taqdirlangani shundan dalolat beradi.

Kuni kecha Vali Savash Yelokdan O‘zbe­kis­ton Yozuvchilar uyushmasiga maktub keldi. Unda jonkuyar olim yurtimizga safari chog‘ida o‘ziga ko‘rsatilgan ehtirom uchun tashakkur izhor qilish bilan bir qatorda, xalqimizga muhabbati cheksiz, milliy adabiyo­timizga mehri beqiyos ekanini bayon etib, o‘z yurtida o‘zbek adabiyotini targ‘ib etish yo‘lidagi ilmiy-ijodiy ishlarini yanada kengaytirish maqsadida ekanini ta’kidlagan.

O‘ylaymizki, boshqa qardosh yurtlarda ham o‘zbek adabiyotining mana shunday chin do‘stlari safi tobora kengayib, adabiy do‘stligimiz xalqlarimizning abadiy do‘stligiga xizmat qiladi.

Nurilla CHORIYEV

“Jadid” gazetasi | 2024-yil 31-may | 23-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604