Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.06.2024 | 21:19

img291

“ABADIY VA AZALIY DO‘STLIK”

Mumtoz turkiy adabiyot tarixiga nazar tashlasak, Alisher Navoiy ijodining ozarbayjon adabiyotiga, Fuzuliy ijodining o‘zbek adabiyotiga ta’siri kattaligini ko‘ramiz. Fuzuliy devoni XVIII-XIX asrlardayoq xalqimiz orasida keng tarqalgan va bir necha bor o‘zbek tilida nashr qilingan. Shoirning o‘lmas g‘azallari kuyga solinib, asrlar davomida xonandalar tomonidan kuylab kelinmoqda.

Fuzuliy tavalludining 530 yilligi munosabati bilan yurtimizda bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida tashkil etilgan adabiy-ma’rifiy tadbirlar ikki qardosh xalq o‘rtasidagi azaliy do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tgan tadbirda Ozarbayjon va O‘zbekiston madaniyati sohasi vakillari, shoir va yozuvchilar, ozar va o‘zbek mumtoz adabiyoti tadqiqotchilari, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Karimli va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ikki tomonlama adabiy aloqalar rivoji, amalga oshirilayotgan ko‘lamli ishlar hamda madaniy hamkorliklar haqida gapirdi.

Shundan so‘ng Fuzuliyning ikki jildlik “Kulliyot”i taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu kitob O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan chop etilgan. Unga Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi akademigi Isa Habibeyli va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Shuhrat Sirojiddinov ilmiy muharrirlik qilishgan. Karimulla Mammatzoda tomonidan nashrga tayyorlagan devondagi g‘azallarni taniqli tarjimon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Xolid Rasul o‘zbek tiliga o‘girgan.

Taqdimot marosimi Fuzuliy va Navoiy ijodiga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy ma’ruzalarga ulandi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Mirzo Kenjabek, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Nizomiy Ja’farov, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining xalqaro aloqalar va tarjima masalalari bo‘yicha kotibi Salim Babulla o‘g‘li Fuzuliy va Navoiy ijodining zamonaviy bosqichdagi yangi tadqiqotlar va ularning o‘ziga xos jihatlari xususida fikr yuritishdi. O‘zaro aloqalar rivojiga munosib hissa qo‘shgan olim, yozuvchi, shoirlar-u tarjimonlarning beqiyos xizmatlari e’tirof etildi.

Tadbir so‘ngida ozarbayjonlik san’at ustalari tomonidan Fuzuliy hayotidan hikoya qiluvchi sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Shoir g‘azallari bilan aytiluvchi qo‘shiqlar yangradi.

Zikrilla MAMATOV

“Jadid” gazetasi | 2024-yil 14-iyun | 25-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img68

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img587

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img584