29.06.2024 | 15:52
458
“VATAN” SAHIFALARIDA…
Yaqindagina mushtariylarimizga “Vatan” deb nomlangan yangi jurnalning nishona soni chop etilgani haqida xabar bergan edik. Mana, jurnalning ikkinchi soni ham qo‘limizda turibdi. Mazkur nashrdan ham milliy o‘zlik, ona yurtga muhabbat tarannum etilgan, millatimiz o‘tmishi va buguni, so‘nggi yillarda yurtimizda yuz berayotgan islohotlar, bugunning dolzarb masalalari, amalga oshirilishi belgilab olingan, kelgusi rejalar yoritilgan maqolalar, shuningdek, ilmiy-adabiy asarlardan parchalar, she’rlar o‘rin olgan.

Jurnalning ilk sahifalaridayoq Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning “Go‘zal Turkiston” she’rini o‘qishingiz mumkin. Turkiyalik siyosatchi Osman Mestenning shu yil may oyida Turkiya Buyuk millat majlisida so‘zlagan nutqi “O‘zbekiston buyuk Turkistonning qalbidir” sarlavhasi ostida berilgan. Osman Mesten o‘z nutqida yurtimizni: “O‘zbekiston bugungi kunda faqat Markaziy Osiyoning emas, balki butun dunyoning porloq yulduziga aylangan”, deya e’tirof etadi. “Xalqaro hayot” ruknidan O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Arziyevning “O‘zbekiston – Xitoy: o‘zaro do‘stlik, ishonch va teng manfaatli hamkorlik” nomli tahliliy maqolasi o‘rin olgan. Unda ikki davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy aloqalari haqida so‘z boradi. Hozirda Moskva shahrida istiqomat qiluvchi, uzoq yillar yurtimizda turli idora, vazirliklarda faoliyat ko‘rsatgan Anna Goncharovaning dil so‘zlari “Shavkat Mirziyoyev – o‘zbek xalqining fidoyi farzandi!” sarlavhasi bilan nashr qilingan. Yaqinda O‘zbekistonga kelib ketgan muallif yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlar, bunyodkorlikdan hayratga tushganini bayon qiladi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning “Yana “Yer yuzining sayqali”ga aylanayotgan Samarqand” nomli maqolasida ushbu qadim shaharning tarixiy maqomi haqida to‘xtalib, Samarqand Alp Er To‘nga davridayoq jahonning muhim kentlaridan biriga aylangani, nafaqat savdo-sotiq, balki ilm-u irfon beshigi bo‘lgani, turli davrlarda amalga oshirilgan bunyodkorliklarga butun dunyo havas qilgani aytiladi.
Shuningdek, jurnal sahifalarida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome’ masjidi imom-xatibi, Shayx hazratlarining o‘g‘li Ismoil Muhammad Sodiq bilan otasining ibratli hayot yo‘li, shaxsiyati haqidagi suhbat o‘rin olgan.
Turkistonning yovqur farzandi Shermuhammadbek qo‘rboshining nabirasi Osmanbek “O‘zbekiston bizning yuragimizda” nomli maqolasida bobosini: “Bizga Vatan va millat ishqini meros qoldirdi”, deya yodga oladi. “Vatandosh minbari” ruknida Turkiston – Amerika uyushmasi prezidenti Abdulla Xo‘janing “Vatan, to tanda jonim bor, seningdirman” sarlavhali ko‘ngil kechinmalari o‘quvchini ta’sirlantiradi.
Yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, istiqbolli rejalar haqida iqtisodiyot fanlari doktori Nurislom To‘xliyevning “Mintaqa mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi: zarurat, imkoniyat va natijalar”, Gʻayrat Sheraliyevning “O‘tmish va kelajak chorrahasi”, iqtisodiyot fanlari doktori Akram Hoshimovning “O‘zbekistonning 2030-yilgacha “yashil taraqqiyot”ga erishish strategiyasi qanday?”, tarix fanlari doktori Alisher Sabirovning “Markaziy Osiyo: tarixiy-madaniy birlikni anglashdan mintaqaviy integratsiya sari” maqolalarini o‘qishingiz mumkin.
Ushbu nashrda tarixiy mavzularga ham murojaat qilingan bo‘lib, unda “O‘zbek” etnonimi: millatimiz nomi qanday paydo bo‘lgan?”, “Abdullaxon – Turonning so‘nggi buyuk hukmdori”, “Millat: biz uni qanday tushunamiz yoki tushunmog‘imiz kerak?” kabi maqolalar o‘qishliligi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, jurnal sahifalarida Umberto Ekoning “Joys poetikalari” kitobi haqida, “Uliss” romani tahliliga bag‘ishlangan bobidan parcha, Timoti J.Uinterning “Mutaassiblik qashshoqligi” maqolasi tarjimalari bilan ham tanishishingiz mumkin. “Aytmatovni sevishadi, o‘qishadi, eslashadi” nomli suhbat, “Oriyentalizm”: Sharq va Gʻarb masalasiga yangicha qarash” maqolalari ham o‘quvchini fikrlashga, mushohada yuritishga undaydi.
Jurnalning did bilan sahifalanishi, o‘ziga xos dizayn, muqovada berilgan “Toshkentda tong. Qaldirg‘ochlar raqsi”, “Javzo” nomli fotosuratlar ham o‘quvchining estetik tafakkuriga ta’sir etishi, mutolaaga rag‘batini oshirishi shubhasiz.
M.IBROHIMOVA
Abdumannon MUHAMMAD olgan surat.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



