12.07.2024 | 12:59
404
Rossiyada qarovsiz qolib ketgan bolalar O‘zbekistonga olib kelindi
Rossiyada ota-onasi tomonidan qarovsiz yoki nazoratsiz qoldirib ketilgan 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.

Respublikaning mas’ul tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruh Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva boshchiligida Sankt-Peterburg shahrida xizmat safarida bo‘ldi.
U yerda og‘ir vaziyatga tushib qolgan 10 dan ortiq xotin-qizning mamlakatga qaytishiga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Ushbu davlatning vakolatli tashkilotlari vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarida saqlanayotgan, ota-onasi tomonidan qarovsiz yoki nazoratsiz qoldirib ketilgan 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Hozirda bolalar tegishli markazga joylashtirilgan va keyinroq ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga topshiriladi.
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]
17.11.2026 | 16:01
75
TADQIQOT-ROMAN
“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]
17.11.2026 | 12:37
84
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
318



