25.07.2024 | 16:56
2133
MA’RIFATPARVAR FAYZULLA XO‘JAYEV
Mamlakatimizda XX asrning boshida millatimiz ravnaqi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan taraqqiyparvar ajdodlarimizning ilg‘or g‘oya va qarashlarini tadqiq etish, Turkiston jadidlarining milliy davlatchilik rivojidagi o‘rni va rolini o‘rganish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Jadidlar merosi davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Aynan Buxoro shahridagi tarixiy maskan – Xo‘ja Gulrez ko‘chasida joylashgan Hovli Poyon majmuasida “Jadidlar merosi davlat muzeyi” tashkil etilishi bejiz emas. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad “Jadidlar merosi davlat muzeyi”ni tashkil qilish orqali o‘zbek yoshlariga ma’rifatparvar jadid ota-bobolarimizning boy merosini o‘rgatib, Vatanimiz va jahon tarixidagi muhim o‘rni va ahamiyatini, milliy istiqlolimizning ma’naviy asoslarini yaratishdagi hissasi va fidoyiliklarini haqqoniy yoritish hamda xalqimizga keng targ‘ib qilishdir.
Shu nuqtayi nazardan jadidlik harakati vakillari hayoti va faoliyatini arxiv manbalaridagi yangi ma’lumotlar asosida o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Turkiston, Xorazm qatori Buxoro hududlarida shakllangan jadidlik harakati vakillaridan bir qator davlat arboblari yetishib chiqdi. “Bu ko‘hna yurtda tug‘ilib ijod qilgan Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev, Sadriddin Ayniy singari ko‘plab ma’rifat fidoyilarining ibratli hayoti bugungi kunda ham yurtimizda yangi jamiyat barpo etish, barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviyatimizni yuksaltirishda bizga beqiyos kuch bag‘ishlab kelmoqda”.
Sobiq sovet ittifoqi davrida bir qator o‘zbek ma’rifatparvarlari va taraqqiyparvarlari milliy davlatchilikni barpo etish yo‘lidagi xatti-harakatlari uchun qatag‘on qurboniga aylandi. Ular qatorida 13 yil O‘zbekiston SSR hukumatini boshqargan Fayzulla Xo‘jayev ham millat taraqqiyoti yo‘lidagi harakatlari sabab tazyiqqa uchradi. “Xalq dushmani” tamg‘asini olgan bu kabi fidoyilarning nafaqat o‘zi, balki oilasi, farzandlari ham azob-uqubatga giriftor qilingan, qora otliqqa, aybsiz aybdorga chiqarilgan.
Fayzulla Xo‘jayev otasidan qolgan boylikni yangi usul maktablari ochish va “Yosh buxoroliklar” partiyasining siyosiy faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlashga sarfladi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil qilinganidan so‘ng barcha sohalarda o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Qisqa muddat ichida Buxoroda demokratik islohotlar joriy qilindi. Hukumat siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lgan aholi maishiy turmushini yaxshilash bilan bog‘liq ishlar shaharsozlik madaniyatining rivojlanishiga ham turtki bo‘ldi. Hukumat Buxoro ko‘chalariga tosh yotqizish, transport yo‘llarini tartibga keltirish borasida bir qator tadbirlarni amalga oshirdi.
Fayzulla Xo‘jayevning yangi usul maktablari ochish uchun qilgan ishlari uning ma’rifatparvarlik va ilm-fan taraqqiyotiga qaratilgan asosiy faoliyatlaridan biridir. O‘sha davrning jadidlik harakati tarafdorlari sifatida Xo‘jayev va uning hamfikrlari an’anaviy ta’lim tizimini zamon bilan hamnafas etish, yosh avlodni yangi ilmiy va madaniy bilimlar bilan qurollantirish maqsadida jiddiy ishlar olib bordi.
Buxoro ijtimoiy infratuzilmasini yo‘lga qo‘yish maqsadida Berlin va Moskva shaharlaridan tibbiy jihozlar keltirilib, shifoxonada rentgen qiluvchi, ko‘z kasalliklarini davolovchi va boshqa yangi tibbiy xonalar tashkil qilinadi. Fayzulla Xo‘jayev asos solgan yangi maktablar an’anaviy madrasalar bilan ta’lim metodlari va yo‘nalishlari jihatidan farqlanar edi. Jumladan, ularda zamonaviy fanlar, xorijiy tillar hamda fanlarni o‘qitishning yangi pedagogik usullari joriy etilgandi.
Fayzulla Xo‘jayevning ushbu faoliyati nafaqat ta’lim sohasiga yangilik kiritish, balki milliy uyg‘onish va siyosiy mustaqillikni qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qilgan. U o‘z faoliyati orqali O‘zbekistonning ijtimoiy-madaniy hayotidagi muhim o‘zgarishlarga turtki berib, bu boradagi tashabbuslari bilan yanada taniladi. Yangi maktablarning tashkil etilishi nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilar va ma’rifatchilar uchun ham zamonaviy bilim olish, o‘z sohasida malaka oshirish imkoniyatlarini yaratdi. Ayni ta’lim islohotlarida Abdurauf Fitratning ham hissasi katta edi. Fayzulla Xo‘jayevning taklifi bilan Toshkentda pedagogik va ijodiy faoliyat bilan qizg‘in shug‘ullanayotgan Abdurauf Fitrat Buxoroga keladi. Buxoro xalq dorilfununi ochilishi to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qilindi.
Ma’lumki, mamlakat uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar zarur edi. Yangi ochilgan Toshkentdagi Turkiston davlat universitetidan esa Munavvar qori Abdurashidxonov boshchiligidagi o‘zbek o‘qituvchilari siqib chiqarilgan, mahalliy yoshlar uchun turli-tuman to‘siqlar avjiga chiqmoqda edi. Shunday tahdidli davrda ma’rifatparvarlar birlashib, Toshkentdagi “Ko‘mak”, Buxoro Xalq jumhuriyati homiyligida ellikdan ortiq, iqtidorli yoshlarni Germaniyaga o‘qishga yubordilar. Bu ezgu tashabbusning boshida Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, ayniqsa, Fayzulla Xo‘jayev jonbozlik ko‘rsatgan edi.
Fayzulla Xo‘jayev taqdiri o‘ziga fikrdosh ziyolilar bilan bir xil kechdi. 1937-yil qamoqqa olingach, u “hokimiyatga qarshi aksilsovet o‘ng trotskiychi blok faoliyatiga qo‘shilgan”lik hamda “Milliy ittihod” yashirin tashkiloti faoliyatiga rahbarlik qilganlik, “bosmachilik” harakati va qo‘rboshilarni qo‘llab-quvvatlaganlik, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy va boshqa o‘zbek ziyolilariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatganlikda ayblandi.
Yirik siyosatchi va davlat arbobi nomini abadiylashtirish uchun u istiqomat qilgan uyga Vazirlar Mahkamasining “2017-2027-yillarda qayta tashkil etiladigan davlat muzeylari to‘g‘risida”gi qarori asosida bu go‘sha “Boy savdogar xonadoni uy-muzeyi” nomi bilan faoliyat yurita boshladi. Keyinchalik hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, majmua “Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi” deb qayta nomlandi. Ayni paytda u yerda besh yuzdan ziyod eksponat bor. Ta’kidlash joizki, Fayzulla Xo‘jayevning siyosiy va ma’rifatparvarlik faoliyati o‘tgan asrning boshlarida O‘zbekistonning siyosiy maydonida sodir bo‘lgan murakkab va keskin o‘zgarishlar davriga to‘g‘ri keladi. U iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni hal etishda O‘zbekiston manfaatlarini imkon qadar himoya etish uchun barcha kuchini safarbar qilgan edi. Ma’rifatparvar – ma’rifat uchun kurashuvchi; ilm, bilim chirog‘ini yoquvchi; ma’rifat homiysi va tarafdori demakdir. Fayzulla Xo‘jayev g‘oyat og‘ir sharoitlarda ishlab, millatning ma’naviyatini yuksaltirish, uning qadr-qimmatini e’zozlash borasida katta ishlarni amalga oshirgan edi.
Bugungi Yangi O‘zbekiston sharoitida Fayzulla Xo‘jayev kabi insonlarning tarixiy xizmatlarini yodga olish har jihatdan foydali bo‘ladi. Jadidlarning bizga meros bo‘lib qolgan ilm-u ma’rifatga undovchi asarlari va g‘oyalari hozirgi davr manfaatlariga hamohang bo‘lsa, ularning hayoti va ijodi bilan chuqurroq tanishish yosh avlodning millatparvar bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Hayot QODIROV, Nizomiy nomidagi TDPU O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
108
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
618
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
614



