Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.08.2024 | 12:06

img319

“VATAN OBODLIGI UCHUN OVOZ BERAMIZ!”

Markaziy saylov komissiyasi kotibi, yuridik fanlari doktori, professor Xudoyor MAMATOV bilan suhbat

– Xudoyor aka, mana 2019-yilda xalq tomonidan saylangan vakillik organlari deputatlarining vakolat mud­dati oxirlab, navbatdagi saylov jara­yonlariga start berildi va Markaziy saylov komissiyasi faoliyati ham o‘z-o‘zidan qizg‘in tus oldi. Jarayonlarning ilk davri qanday kechmoqda?

– Avvalo, mamlakatda siyosiy jara­yon­larning qizg‘inlashuvi Markaziy saylov komisissiyasi oldiga o‘ta mas’uliyatli vazifani qo‘yadi. O‘zbekiston Res­publikasi Saylov kodeksining talab­lariga ko‘ra, amaldagi deputatlarning deputatlik mud­dati tugashi arafasida yangi saylov kampaniyasi boshlanganini e’lon qilish Markaziy saylov komissiyasining zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, u saylovdan kamida 90 kun oldin komissiya tomonidan e’lon qilinishi kerak. Konstitutsiya­mizning 128-moddasiga asosan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respub­likasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlarining saylovi ularning vakolat muddati tugaydigan yilning oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligi birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Shundan kelib chiqib, MSKda yig‘ilish o‘tkazildi va vakolatimiz doirasida shu yilning 27-oktyabr kunini mamlakatimiz parlamenti hamda mahalliy kengashlar saylovlari kuni deb belgilab, saylov kampaniyasi 26-iyuldan bosh­langanini rasman e’lon qildik.

– An’anaviy va o‘z navbatida eng muhim savolimiz: bu yilgi saylovning avvalgilaridan farqi nimada? Saylov qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritili­shiga sabab bo‘luvchi omillar haqida aytib o‘tsangiz.

– Saylov qonunchiligida, albatta, o‘zga­rishlar bo‘lib turadi. Bunda, birin­chi­dan, rivojlangan davlatlarning tajri­ba­lari inobatga olinadi. Bundan tashqari o‘tgan saylovlarda erishilgan yutuq va kamchilik­lar o‘rganilib, parlamentdagi eng faol sub’yekt sifatida siyosiy partiyalarning saylovchi oldidagi mas’uliyatini orttirish, uning jamiyatdagi o‘rnini oshirish ko‘zda tutiladi. Dunyoning rivoj­langan demokratik davlatlarida si­nov­­dan muvaffaqiyatli o‘tgan, saylovchilarning xohish-irodasi, talablarini to‘liq qanoatlantirishi mumkin bo‘lgan, qolaversa, saylovlarni tashkil etish va o‘tkazishning eng yaxshi usul­laridan andoza oli­nadi. Bu yilgi saylov o‘zga­rishlarga boy bo‘lmoqda. Jumladan, joriy yil mamlakatimizda bo‘ladigan say­lovlar O‘zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi saylovlari aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi. Bu esa o‘z navbatida saylovning mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy muhitda o‘tishidan darak beradi.

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatlarining 75 nafari bevosita majoritar tizim asosida, ya’ni saylovchilar o‘zlariga maqbul nomzodlarga ovoz berishi yo‘li bilan, qolgan 75 nafari esa proporsional tizim – siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanadi.

Ma’lumki, har bir siyosiy partiya muay­yan okrugdan deputatlikka nomzodlarini jami­yatda o‘z mavqeyiga ega, obro‘-e’tibor qozongan, salohiyatli kadrlar orasidan izlaydi. Chunki deputatlik o‘rni uchun kurashda nomzodning kuchli bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi. Oldingi saylovlarda qonunan 50+1 yoki undan yuqori ovoz olgan nomzod deputatlikka saylanardi va kuchli raqobatchilar orasida nomzodlarimizning bu natijaga erishishi qiyin kechar edi. Buning oqibatida o‘z-o‘zidan ikkinchi tur saylovlarni o‘tkazishga majbur bo‘lardik. Bitta saylov okrugidan eng yuqori ovoz olgan ikki nomzod uchun ikkinchi tur saylov tashkil etilar, bu ortiqcha vaqt, sarf-xarajatga va saylovchilarning ovoragarchiligiga olib kelar edi. Shunday holatlarga barham berish uchun dunyo siyo­satining ilg‘or tajribalaridan “nisbiy ko‘pchilik ovozi” prinsipi qo‘llanilib, bitta o‘rin uchun kurashayotgan besh nomzoddan boshqalariga nisbatan ko‘p ovoz olgani deputatlikka saylanadi. Ya’ni uning necha foiz ovozga ega bo‘lganiga ahamiyat berilmaydi.

2019-yildagi saylov jarayonlarida, birgina Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida mamlakatimiz bo‘yicha 25 ta saylov okrugida qayta saylov tashkil qilingan. Bu, albatta, davlat byudjetiga ham qo‘shimcha xarajat keltirgan. Yana bir tomoni, takroriy saylovlar asosiy ovoz berish o‘tganidan kamida ikki haftadan so‘ng tashkil etilishi kerak va uning javobi e’lon qilinishi uchun yana o‘n kun o‘tadi. Anglaganingizdek, ikkinchi tur saylovga o‘tish vakillik organlarini shakllantirish, ular­ning faoliyatini yo‘lga qo‘yish va yangi saylangan deputatlarning o‘z vazifalariga kiri­shish­lari uchun ham bir to‘siq bo‘lar edi. Bu yilgi saylovda birinchi turdayoq deputatlar egallagan ovoz to‘liq ­e’lon qilinadi va yangi deputatlik korpuslari saylov natijalari rasman e’lon qilingan kunning ertasi kuniyoq ish boshlaydi.

Saylov tizimiga ham raqamli texnologiyalar joriy etish masalasi yanada kengaytirildi. “E-saylov” axborot tizimi ishga tushirildi. Natijada murojaatlarni ko‘rib chiqish va javob qaytarish ham elektron shakl­da operativ amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bu tizimda 130 mingdan ortiq saylov komissiyalari a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, 30 mingdan ortiq deputatlikka nomzodlarga tegishli qisqacha ma’lumotlar va ularning dasturlari, shu­ning­dek, 70 mingga yaqin mahalliy va xalqaro kuzatuvchilarga oid ma’lumotlar, 1200-1300 atrofida bo‘lishi kutilayotgan, to‘liq akkredi­tatsiyadan o‘tgan mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlarining ma’lumotlari joylashtirib boriladi.

– Dunyo miqyosida gender tenglik masalasi bugungi kunning tendensiyasi­ga chiqdi va bu bizning siyosatimizga ham kirib keldi. Bu yilgi saylanadigan deputatlarning necha foizini xotin-qizlar tashkil etishi kutilmoqda?

– O‘tgan saylovda siyosiy partiyalar tomo­nidan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzod­lar­ning kamida 30 foizini xotin-qizlar tashkil qilgan edi. Bu yilgi saylovda esa ham bir mandatli saylov okruglari, ham siyo­siy partiyalar taqdim etadigan nomzodlar ro‘yxati­ning kamida 40 foizini xotin-qizlar tashkil ­etishi lozim.

– Xudoyor aka, aralash saylov tizimi haqida aniqroq ma’lumot berib o‘tsangiz.

– Aralash saylov tizimi degani bu saylovning ikkita, ya’ni majoritar-proporsional tizimlarni uyg‘unlashtirgan demokratik saylov usulidir. Mojaritar saylov tizimida har bir saylovchi bir mandatli saylov okruglaridan ko‘rsatilgan siyosiy partiyalarning nomzod­lariga ovoz beradi. Proporsional saylov tizimi­da mamlakat hududi yagona saylov okrugi hisoblanib, saylovchilar saylov uchastkalariga borganda siyosiy partiyalarga ovoz berishi nazarda tutiladi. Yanayam soddaroq tushuntiradigan bo‘lsak, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasidagi 150 ta deputatlik o‘rni va mandati misolida olsak, har bir saylov okrugidan bittadan deputat saylangan. Bundan oldingi saylovlarda 150 ta bir mandatli saylov okruglari tuzilgan. Endilikda esa ikki: mojaritar va proporsional tizimga ajralayotgani uchun mamlakat bo‘yicha 150 ta emas, 75 ta saylov okrugi tashkil etiladi va siyosiy partiyalardan har bir saylov okrugidan bittadan nomzod ko‘rsa­tish talab etiladi. Mamlakatimizning qolgan hududi yagona saylov okrugi hisoblanib, proporsional saylov tizimida qolgan 75 ta deputatlik o‘rni uchun 75 nafardan 100 nafargacha deputatlikka nomzodlar ro‘yxati shakllantiriladi va saylovchilar tomonidan siyosiy partiya­larga ovoz berish orqali ushbu deputatlik o‘rinlari taqsimlanadi. Buning uchun, 75 ta deputatlik o‘rni yuz foizga teng deb olinadi, siyosiy partiya saylov kuni ovoz berish uchun ishtirok etgan saylovchilar­ning qancha miqdorda ovozini olgan bo‘lsa, shunga mutanosib ravishda deputatlik o‘rniga ega bo‘ladi. Aytaylik, saylovda ishtirok etayotgan A partiya ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning qirq foiz ovozini olgan bo‘lsa, ushbu partiya 75 ta deputatlik o‘rni­ning qirq foizi, ya’ni 30 nafar deputatlik o‘rniga ega bo‘lgan hisob­lanadi.

– Siyosiy partiyalar ovozlarni taqsim­lashda ishtirok etadimi?

– Albatta, ishtirok etadi. Qachonki, saylov kuni ovoz berishda ishtirok etgan saylov­chilarning eng kamida 7 foiz ovozini olsagina, ovozlarni taqsimlashda qatnashadi. Agarda 7 foiz ovoz ololmasa, bu siyosiy partiya baryer­dan pastda qolib ketadi, ya’ni mandatga ega bo‘lmaydi.

– Bu yilgi saylovlarda MSK tomonidan saylovoldi tashviqot ishlariga qancha mab­lag‘ ajratiladi?

– Saylovoldi tashviqotlarga ajratiladigan mablag‘ miqdori siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar sonidan kelib chiqib aniqlanadi. Bu saylov kunidan kamida 35 kun oldin, deputatlikka nomzod­lar MSK tomonidan ro‘yxatga olinganidan so‘ng aniq bo‘ladi. Markaziy saylov komissiyasi saylov smetasida siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqot tadbirlarini moliyalashti­rish uchun ajratilgan mablag‘larni hamda har bir deputatlikka nomzodning saylovoldi tashviqoti uchun ketadigan xarajatlarni inobatga olgan holda mablag‘larni taqsimlaydi. Moliya­lash­tirish ishlariga hali bir­oz vaqt bor.

– Xudoyor Teshayevich, saylovoldi tash­viqot jarayonlarida deputatlikka nomzodlar ba’zi jiddiy huquqiy xatolik­­larga yo‘l qo‘yishi ham mumkin. Agar shunday vaziyat yuzaga kelsa, MSK nom­zodga yoki nomzodni ko‘r­sat­gan siyosiy partiya­ga nisbatan cho­ra ko‘radimi? Umuman, shunday holat yuz berganmi?

– Agarda nomzod saylovoldi tashviqotlarda qonun talabini buzadigan bo‘lsa va raqib tomondan sudga shikoyat arizasi bilan chiqilsa, sud tomonidan o‘rganib chiqiladi. Faktlar isbotlansa, nomzodga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llaniladi. Agar siyosiy partiya ham bundan norozi bo‘ladigan bo‘lsa, MSK ishni vakolat darajasida o‘rganib, ­kerak bo‘lsa nomzodni nomzodlik huquqidan mah­rum qiladi. O‘tgan saylovda bu holat kuzatilgan emas.

– Saylov kampaniyasining eng muhim komponenti – ochiqlik va oshkoralikni ta’min­lash. Sizningcha, 2024-yilgi saylov­ning shaffoflik darajasi qanday bo‘ladi?

– Saylov kampaniyasini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jara­yonlar to‘liq yoritilishiga erishish uchun MSK huzurida Matbuot markazi tashkil etildi. Ushbu markaz orqali butun dunyoga, xalqimizga markaziy, hududiy va quyi saylov komissiyalari tomonidan barcha jarayonlar ochiq, oshkora yoritib boriladi. Brifing­lar, press-turlar o‘tkazilib, saylovchilar har kungi yangilik­lardan boxabar qilib turiladi.

– Bu yilgi saylovlarning “Mening tan­lovim – obod Vatanim” shiori ostida o‘tka­zilishi e’lon qilindi.

– Saylov kampaniyasining shu shior ostida ish olib borishidan maqsad, saylovchilarni saylov jarayonlariga yanada faolroq jalb etish, saylovning xalqimiz hayotida, mamlakatimiz rivojida naqadar muhim ekanligini anglatish. Har bir saylovchi saylov uchastkasiga kelga­nida u o‘zining tanlovini amalga oshiradi. O‘zi eng munosib deb topgan nomzodni, eng faol deb bilgan partiyani tanlaydi. U mana shu tanlovda adashmaydigan bo‘lsa, shu Vatanning obodligi uchun ovoz beradi. “Mening tanlovim – obod Vatanim” mam­lakat siyo­satida markazda turgan g‘oya – “Ham­ma narsa inson qadri uchun” shiori­ning mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qiladi.

– Parlament bu mamlakatning yuzi hisob­lanadi. Shu ma’noda, Parlamentda birinchi navbatda professional deputatlar korpusini shakllantirish kerak. Buning uchun bo‘lajak deputatlardan nimalar ta­lab etiladi?

– Parlament tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun huquqiy asos ekanini hisobga olsak, uni davlatning kelajakka tanlagan yo‘lini ko‘rsatib turuvchi mayoq deb bilishimiz kerak. Deputatlik uchun kurash olib borayotgan har bir shaxs “Men Parlamentga kelyapman, Vatanimning tinchligini, taraqqiyotini, xalqimning turmushi yanada farovon bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladigan muhim qonunlarni ishlab chiqishda ishtirok etaman”, degan tuyg‘uni chuqur his etishi zarur bo‘ladi. Shuningdek, har bir siyosiy partiya ham nomzod tanlayotganda bunga e’tibor qaratishi shart. Deputatlik korpusi o‘z sohasi­ning, o‘z kasbining bilimdoni, ham ilmiy, ham amaliy tajribasi bor, so‘zi va ishi bilan elni oldiga tushgan odamlar bo‘lishi lozim.

– Saylovchilari bilan yuzma-yuz kela­digan mana shu dolzarb jarayonlarda siyo­siy partiyalar nimalarga tayyor turishi kerak, deb o‘ylaysiz?

– Avvalo, olti mingga yaqin deputatlik o‘rni uchun o‘ttiz mingga yaqin nomzod orasidagi kurash, albatta, keskin bo‘ladi. Oldin bevosita uchrashuvlar orqali boshlangan saylovoldi targ‘ibot jarayonlari keyinchalik gazeta, radio, televideniyega ko‘chadi. Hozirgi kunda esa axborot maydonida ijtimoiy tarmoqlar­ning salmog‘i katta. Bu siyosiy partiyalarning ham, nomzodlarning ham zimmasiga o‘ta katta mas’uliyat yuklaydi. Chunki nomzod elning oldiga chiqib gapirishi kerak bo‘ladi va har bir gapining javobi saylovchilari tomonidan so‘raladi. Xalq o‘zi saylagan deputatidan berilgan va’daning natijasini so‘raydi. Bu – har bir so‘zning mas’uliyati bor degani. Mazkur talab o‘z navbatida bo‘lajak deputatning faoliyatini yo‘lga qo‘yishida ijobiy ta’sir o‘tkazadi, agar u haqiqatan tirishqoq, tajribali va tashabbuskor inson bo‘lsa.

Saylovchilarimizning ham siyosiy madaniyati yuksalib, ijtimoiy faolligi ortib bormoqda. Qolaversa, xalqning har bitta davlat organi­dan, mansabdor shaxslardan, fuqarolik jami­yati institutlaridan, siyo­siy partiyalardan kutayotgan natijalari va qo‘ymoqchi bo‘layotgan talablari ham bor. Siyosiy partiyalarga saylovchi bilan uchrashuvda, muloqotlarda keskin savol-javoblar bo‘lishi aniq. O‘tgan saylovda e’lon qilingan dasturlardagi siyosiy partiya ilgari surgan g‘oyalar nima edi-yu, shuning qanchasi bajarildi, qaysilari qolib ketdi? Ana shu bajarilmay qolgan ishlar, qolib ketgan takliflar yuzasidan qizg‘in muhokamalar bo‘lishi tabiiy. Demakki, siyosiy partiyalarimiz xalq bilan, saylovchilari bilan yuzma-yuz turishga tayyor bo‘lib, real demokratik kurashlarga, sog‘lom raqobatga bel bog‘lashlari kerak.

Muhayyo PIRNAFASOVA suhbatlashdi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600