12.09.2024 | 10:49
801
BAYROQ – VATAN TIMSOLI
Uyida to‘y qilishni mo‘ljallagan odam to‘ydan uch-to‘rt kun avval qanday hayajonda bo‘lishi faqat uning o‘zigagina ma’lum bo‘ladi. Uni chiroyli o‘tkazish uchun har xil bezaklar, turli dekoratsiyalar qidirib, xayolan ularni joylashtirib ham chiqadi. Men ham ikki kundan so‘ng bo‘lib o‘tadigan shunday bir ulkan to‘y oldida turibman. Bu to‘y nafaqat mening uyimda, balki butun mamlakatimizda quvonch bilan nishonlanadi. Bu o‘sha – ustoz shoir Abdulla Oripov ta’biri bilan aytganda “yelkamizga oftob tekkan” kun. Shoir cheksiz quvonch bilan deydiki:
Adolatning hayotbaxsh shamollari yeldimi,
Haq nihoyat xalqimning arzin qabul qildimi.
Necha yillar orziqib kutgan kunlar keldimi,
Yelkamizga oftobning tekkanligi rost bo‘lsin,
O‘zbekni o‘z niholin ekkanligi rost bo‘lsin…

Bugun mana shu porloq kelajagimizga umid niholini qadaganimizga o‘ttiz uch yil to‘ldi. Bu bir ko‘rkam yigit, bir suluv qiz umri. Bu bir ertangi kuni porloq mamlakatning mustahkam e’tiqod bilan ming mashaqqatlardan o‘tib, rivojlanib borayotgan davriga ketgan vaqtdir.
Xullas, ertalab ishga ketish oldidan mana shu o‘ttiz uch yillik shodiyonaning quvonch-u iftixorini to‘la ifodalab berishga qodir dekoratsiya haqida o‘ylay boshladim. Qayerdan? Poytaxtimiz ko‘chalaridan. Shunda go‘zal manzara diqqatimni tortdi: Svetoforning qizil chirog‘ida bir mashina to‘xtab turibdi. Uning orqa oynasida muhtasham yurt bayrog‘i. Ostida esa “O‘zbekiston – mening Vatanim!” degan yozuv.
Mening e’tiborimni o‘ziga tortgan tarafi, yurt bayrog‘i jilosi edi. Ko‘z oldimdan ko‘p narsalar o‘tdi. Haj ziyoratini niyat qilib yo‘lga chiqqan vodiylik bir otaxon velosipediga bayrog‘imizni qadab olgandi. Otaxon to manzilga yetguncha nechta davlat sarhadlaridan o‘tadi. Shu bir bayroq timsolida otaxonning o‘zbekistonlik ekanidan ko‘nglida g‘urur jo‘sh urganini ko‘rish mumkin. Beixtiyor tilga chiqmas hissiyot to‘lqinlantirib yubordi. “Voh” dedim, mashinalarga, veliklarga, telefon g‘iloflariga, hattoki futbolka-yu kepkalarga tushirilgan bayrog‘imiz rasmi ko‘z oldimga keldi. Go‘zal manzara, to‘g‘rimi? Chet ellarga ilm-u izlanish maqsadida ketgan hamyurtlarimiz ham tug‘ilib o‘sgan yerini sog‘inib, uning ramzi bo‘lgan bayroqni doim yonidan qo‘ymay olib yurishga intilishadi. O‘zbeklar dunyoga chiqayotganini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatish insonga o‘zgacha zavq beradi.
Bayroq har millatning e’tiqodini, orzu-maqsadini, kimligini ko‘rsatib turguvchi muhim timsoldir. O‘zbekistonimiz qadar yuksalib borayotgan Vatan bayrog‘ini svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan ayni chog‘imda guvoh bo‘lgan holatimdan so‘ng chandon-chandon ko‘proq sevdim. Evrika! Ha, men topdim, tantana bezagini topdim. O‘zingiz o‘ylang, shunday go‘zal manzaradan bo‘lak yana qanday bezak borki, to‘yga alohida ko‘rk berib tursa?! Bugunoq Vatanimizning yuragimga o‘yib tushirilgan bayrog‘ini o‘z uyimga olib borib ilaman. Ajabtovur hissiyotlardan to‘lqinlanib ketdim. Endi shu ishni bajarmaguncha qani mening qalbimda tinchlik bo‘lsa.
Vatanning sof havosidan nafas olmoq sharaf menga,
Uning ko‘rkam jamoliga nazar solmoq sharaf menga.
Vatan tuprog‘ida mangu yashab qolmoq sharaf menga,
Saodatli diyorim – O‘zbekiston omon bo‘lsin!
– deya shoir bitgan misralarni takrorlayman-u tinchligimizning, purviqorliligimizning boqiy bo‘lishini niyat qilaman. Azizlar, barchangizga qutlug‘ to‘yimizning o‘ttiz uch yilligi muborak bo‘lsin!
Mohirbek QO‘CHQOROV,
Facebook
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



