19.09.2024 | 11:45
284
KELGUSINING QUYOSHI
Quyosh botdi. Uning yog‘dulari allanimani kutganday bo‘lib, biroz turdi-da so‘ngra yugurishib ketdilar. Quyoshdan qochib yotg‘on qorong‘iliq barcha yoqni o‘rab oldi. Ul achchiqlong‘on edi. Qovog‘ini solib, tegrasiga qarardi.

Atrofdagi shovqin-suronlar boshlandi. Qorong‘iliq askariga qarshi qo‘yilg‘on chirog‘lar yog‘dusi ko‘b tortisha olmasdan yengilishib, taslim bo‘ldilar. Kechaning tinig‘in yolg‘izg‘ina huvillab turg‘on shamol va unda-munda akillagan itlarning tovushlari buzardi. Kecha chindan-da qo‘rqinchli edi. Alamzadalarning ko‘ngillaridagi qorong‘iliq naq shul kechadan adashib qolg‘on parchalar edi. Har tomong‘a tartibsizcha uzinayib ketgan ko‘chalar, qorong‘iliqning oqaturg‘on ariqlari hukmini olg‘on edilar.
Tinch dengiz kabi oqib turg‘on bu qorong‘iliq dengizini og‘och yaproqlari shivirlab to‘lqinlatar edi. Tabiatning jimjitgina uyqusini buzg‘uchi xo‘rozlar hali tinchg‘ina yotardilar. Bularning tumshuqlari qanotlari ostidan olinmog‘on edi.
Turmushdan zorlang‘on darvishlar uchun bu hollar, bilmadim, qanday yoqishardilar? Lekin mening uchun bular boshqacha ta’sir berardi. Menga bu qorong‘iliqdan allanarsalar sezilardi. Unda yashiring‘on har narsa mening ko‘zimga ko‘rinardi…
Men shu topdan kechani kezish uchun bel bog‘ladim. O‘zimga eng yaqin yo‘ldosh o‘laroq bir tayoqni sayladim. Boshi berk, tor ko‘chalar, yurguvchilar uchun qiynoqlar. Bir ko‘cha qing‘ir-qiyshiq yo‘llardan ketib borardim. Eshiklarning tublarida quyruqlariga boshlarin qo‘yib yotquchi itlar uyqu aralash bir-ikki akillar edi-da so‘ngra yana “Hm-mmm” deb boshlarin qo‘yardilar. Yurib bormoqda bo‘lg‘on ko‘chalar mening uchun-da ko‘mak etmasdan kelgan yerimga qarab qaytarishlari aniq edi. Nechundir meni bir narsa o‘ziga tomon tortardi.
“Bir yo‘lg‘a kirgan kishi uchun eng yaxshi ish – shul yo‘lning nihoyatigacha borish!” dedim-da yana yurdim.
Ko‘p uzoq bormag‘on edim, bir eshik yorig‘idan yorug‘ chiqib turg‘anin ko‘rdim. Darrov esimga qorong‘iliqning zulmi tushdi. Unga qarab: “Qalay, shunchalik kuchansang-da buni o‘chirolmabsan-ku!” dedim. Qorong‘iliqdan tovush bo‘lmadi. Men eshik tomon yurdim, unga biroz qarab turdim. Kichkina bir uy, uning siniq oynali eshiklari ochiq, uydagi asboblar har tomong‘a sochiq edi. Uyning bir tomonig‘a o‘rin soling‘on. Bu o‘rin uch kishilik bo‘lsa-da, ikkisida kishi bor, biri bo‘sh edi.
Men uni ko‘rgach, uy ichiga yana diqqat bilan qaray boshladim. Chindan-da o‘rin uch kishilik, lekin biri bo‘sh, yotqonlardan biri uxlamag‘on, ko‘zin bir tomong‘a tikib turar edi.
– Boyaqish, nimani o‘ylaydir, kimga va nimaga qaraydir? – dedimda ko‘zimni u qarag‘on tomong‘a qaratdim. Bir narsa ko‘ra olmadim.
O‘z-o‘zimga “Bu qanday hol? Qorong‘iliqda bo‘lg‘on narsalarni ko‘ra turg‘on ko‘zlarim nechun yorug‘liqda yaxshi ko‘ra olmaydirlar?” deb qo‘ydim-da takror qaradim. Bu gal chiroq yaqinida qimirlamoqda bo‘lg‘an bir narsaga ko‘zim tushdi. Yana diqqat bilanroq qaradim. Ko‘rdim: yoshg‘ina bir bola, kichik o‘rindiqqa o‘lturib, kitob o‘qimoqda edi. Darhol dedim: “Yorug‘liq yorug‘liqg‘a qo‘shilg‘ach qanday ko‘rinsun?”
Bolaning yog‘du bilan to‘lmoqda bo‘lg‘on gavdasi chetdan qarag‘uchilar uchun chiroqdan ajratib bo‘lmaydurg‘on darajada edi.
Bu vaqt men bir tomong‘a termilib yotg‘on kimsaning-da kelgusining quyoshi bo‘lishg‘a tayyorlanmoq-da bo‘lg‘on bolaning onasi ekanligin angladim.
ELBEK,
“Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnali (1925-yil, 9-10-son)dan
Xoliyor SAFAROV tabdili.
“Jadid” gazetasining 2024-yil 13-sentyabrdagi 38-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605



