14.10.2024 | 09:46
269
LAHZALARGA JO BO‘LGAN UMR
Yaqinda poytaxtimizdagi Fotosuratlar uyida O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, grafik rassom Nusratulla Abdullayevning “Unutilmas lahzalar” nomli shaxsiy ko‘zgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada rassomning saksondan ortiq rangtasvir va grafik asarlari, qator kitoblarga ishlangan muqova va illyustratsiyalari namoyish etildi.

Ko‘rgazma muallifi Nusratulla Abdullayev uzoq yillardan buyon Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida talabalarga sabob keladi. Uning rangtasvirda ishlagan asarlari o‘ziga xos uslubga ega.
Grafik asarlari orasida “Paxtanoma” turkumi alohida e’tiborni jalb qiladi. Turkumda jamiyatimizda kechgan paxta siyosati bilan bog‘liq turli voqea va hodisalar to‘laqonli tasvirlangan. Undagi mavzular mantiqiy jihatdan bir-birini to‘ldiradi. Qog‘ozda oddiy qora qalamdan foydalanilgan bo‘lsa-da, undagi har bir chiziq, tasvirlangan voqealarning o‘zi singari muhim.
– Mazkur ko‘rgazma yetmish yillik umrim hisoboti o‘laroq tashkil qilindi, – dedi musavvir. – Istardimki, kelgan har bir inson ijodiy ishlarimdan o‘zi uchun foydali nimanidir olib, nimanidir topib, kashf qilib ketsin. Rassom tabiatda bo‘layotgan har qanday o‘zgarishga o‘z munosabatini asarlari bilan ifodalaydi. O‘tgan lahzalar shu asarlarda muhrlanib qoladi, bo‘yoqlar tarixni so‘zlaydi. Insonni aziz xotiralarga boshlaydi.
– Har bir ijodkorning o‘z tanlagan yo‘li bo‘ladi va hamma ham tanlagan yo‘lining oxirigacha borolmaydi, – dedi tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibrohim Valixo‘jayev. – Nusrat aka nafaqat o‘z yo‘lini topgan, balki ko‘plab yoshlarni ham yo‘naltirolgan, rassom bo‘lishiga hissa qo‘shgan ijodkordir. U asarlarida litografiya, linografiya, akvarel qalam tasvir uslubidan mohirona foydalanadigan o‘ziga xos grafik rassom. Nusrat aka kabi ijodkorlar kelajak avlodga yo‘nalish ko‘rsatuvchi yo‘lchiroq bo‘lib xizmat qiladi.
Muxbirimiz.
“Jadid” gazetasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 42-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



