Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.10.2024 | 11:14

img538

VATANDAN SO‘ZLAGAN “VATAN”

“Vatan” jurnali nashr etilishi mamlakatimiz matbuotida katta qadam bo‘ldi. Jurnalning har sonini mushtariylar intiq kutishmoqda. Boisi, unda ko‘tarilayotgan masalalar, aytilayotgan fikrlar dolzarb. Matbuotning qudrati ham shunda! Jurnalning 3-sonini o‘qiy turib, matbuotning kuchi, ta’sirini yana bir bor chuqur his qildim. Uning muqovasida Shayboniyxon aks etgan. Bunda ham ramziylik bordek go‘yo. Rasm pastida “O‘zbek davlatchiligining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar hukmdor Muhammad Shayboniyxon” nomli jurnaldan o‘rin olgan maqola sarlavhasi turibdi. Shu surat-sarlavhaning o‘zi juda ko‘p narsani ochib bergandek. Tarixiy tushunmovchilikka oydinlik kiritilgandek go‘yo.

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxul­islom Ollohshukur Poshshozodaning “Vatan” ­muxbiriga bergan “O‘zbekiston – doimo yuragimda” nomli intervyusida odamning dilida iliqlik uyg‘ota­digan juda yaxshi fikrlar berilgan. O‘zbekis­ton Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning “Mamlakatimiz IT-HUBga aylanmoqda” nomli maqolasida esa, so‘nggi yillarda yurtimizda ushbu sohaga qaratilayotgan e’tibor va erishilayotgan yutuqlar haqida so‘z boradi. Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjarning “Tamaddun poydevori ilm-fandir” sarlavhali maqolasi ham o‘quvchini bee’tibor qoldirmaydi. Siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Uyg‘onayotgan arslon” maqolasi haqiqiy siyosiy nazar bilan yozilgan. Unda mintaqaning geosiyosiy aktoriga aylanayot­gan Yangi O‘zbekistonimizning dadil qadamlari, yuksalayotgan xalqaro imiji haqidagi fikrlar bayon etilgan.

Shuningdek, nashrning ushbu sonidan Li Szigoning “Qadimiy ipak yo‘lining zamonaviy timsoli”, qozog‘istonlik olim Yerkin Baydarovning “Qozog‘iston – O‘zbekiston: Yangi taraqqiyot bosqichidagi munosabatlar”, siyosatshunos Emilbek Jo‘rayevning “Qirg‘iziston – O‘zbekiston: Ular­ning har biriga kuchli va farovon qo‘shni kerak” maqolalari o‘rin olgan. Ayniqsa, Mahmudxo‘ja Behbudiy­ning “Qozoq qarindoshlarimizg‘a ochiq xat”i, tarix fanlari doktori, professor Abdulhamid Anorboyevning “Namanganning Regis­toni”ga aylanayotgan Axsikent”, tarix fanlari nomzodi Baxtiyor Alimjonovning “Notugal davlat qurilishimi ­yoxud nihoyasiga yetkazilmagan konseptuallashuv?” ma­qo­la­lari o‘quvchida iliq taassurot qoldiradi.

Shuningdek, jurnalist Husan Ermatovning “Xorazm suvoralari san’atning betakror durdonasi”, filologiya fanlari doktori Shomirza Turdimovning “Alp Go‘ro‘g‘li – zo‘r botir”, Gzavye Allezning “Pol Pellioning Turkistonga sayohati”, tarix fanlari nomzodi Nuryog‘di Toshovning “Til tarixidagi noyob hodisa”, tarix fanlari doktori Sergey Nikolayevich Abashinning “Kolonizatsiya va postkolonizatsiya: Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi”, filolo­giya fanlari nomzodi, mustaqil ekspert Abdulaziz Hakimiyning “Musulmonchilik” va sovet kishisi: Amalga oshmagan identiklikmi?”, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovning “Boymirza Hayit kim edi?”, moziyning unutilgan bitiklari rukni ostida professor Akbar Zamonovning “O‘zbek davlatchiligining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar hukmdor Muhammad Shayboniyxon” kabi maqolalari va Shayboniy­xon qalamiga mansub bitiklar, mashhur yozuvchi Nodar Dumbadzening “Hellados” nomli hikoyalarini ham mutolaa qili­shingiz mumkin.

Maqolalarda Vatan tarixi va buguni, ichki va tashqi siyosat, san’at, adabiyot, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va erishilayotgan yutuqlar atroflicha yoritilgan. Mualliflar ham jamoatchilikka yaxshi tanish bo‘lgan o‘z sohasining taniqli kishilari. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu jurnal Vatan haqida so‘zlayotgan “Vatan”dir!

Zikrilla MAMATOV

“Jadid” gazetasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 43-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img105

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img331