Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


30.10.2024 | 12:57

img4166

Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asaridan iqtiboslar

Ertak koinotdagi, shu jumladan, Yerdagi turli sayyoralarni ziyorat qilgan Kichkina shahzoda haqida hikoya qiladi. U yolg‘izlik, do‘stlik, sevgi va yo‘qotish mavzulariga bag‘ishlangan. Kitob bolalar uchun yozilganiga qaramay, uning xarakteri hayot va inson tabiatiga yaqin. 

Mening gulim butun sayyorani xush bo‘ylarga burkagan edi, men esa bundan faqat quvonish zarurligini bilmasdim.

Avvaliga barcha kattalar bola edi, ammo ko‘pchiligi buni eslay olmaydi.

Agar boshqa millionlab yulduzlarda uchramaydigan bir gulni yaxshi ko‘rib qolsang, shuning o‘zi ham kifoya: osmonga boqqaning zamon o‘zingni baxtiyor his etasan. Olislarda, qayerdadir mening ham gulim bor, – deya shivirlasang bas – ko‘ksing tog‘dek ko‘tarilib ketadi…

O‘zingizni to‘g‘ri baholay olsangiz, unda haqiqatan donosiz.

Siz yaxshisiz, ammo yuragingiz bo‘m-bo‘sh – fido bo‘lishga arzimaysiz…

Kattalar raqamlarni yaxshi ko‘radi. Yangi do‘stingiz borligini aytsangiz, ular hech qachon eng muhim narsani so‘ramaydi. Hech qachon “Ovozi qanday? Qanday o‘yinlarni o‘ynashni yaxshi ko‘radi? Kapalak tutadimi?” deb so‘rashmaydi. Ular “U necha yoshda? Nechta aka-ukasi bor? Vazni qancha? Otasi qancha pul topadi?” deb so‘raydi. Shundan keyin ular bu odamni bilamiz deb o‘ylaydi.

So‘z bir-birimizni anglashimizga xalaqit beradi.

Sen tanada emas, harakatlaringda yashaysan. Sen – bu sening harakatlaring. Boshqa sen yo‘q.

– “Qo‘lga o‘rgatish” degani nima?
– Bu allaqachonlar unut bo‘lib ketgan tushuncha. Bu degani – rishta bog‘lamoq demakdir.
– Rishta bog‘lamoq?
– Xuddi shunday, – dedi tulki. – Hozir sen men uchun dunyodagi o‘zingga o‘xshagan yuz ming bolaning birisan, xolos. Men ham hozir dunyodagi yuz minglab tulkining biriman, xolos. Ammo bordi-yu, sen meni qo‘lga o‘rgatsang, ikkimiz bir-birimizga kerak bo‘lib qolamiz. Sen men uchun dunyodagi yagona odamga aylanib qolasan. Men ham sen uchun dunyoda yagonaga aylanaman…

Kimniki qo‘lga o‘rgatgan bo‘lsang, hamisha uning taqdiriga javobgarsan.

Hozir odamlarning biron narsani bilishga vaqti qolmagan.

Odamlar jon-jahdi bilan tezyurar poyezdlarga oshiqib nima izlayotganini o‘zlari ham bilmaydi. Shuning uchun ham orom neligini bilmay goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga zir yuguradilar… Lekin bari behuda…

Suv ba’zan yurakka ham kerak bo‘ladi…

Izzattalab odamlarga hamma ularning muxlisi bo‘lib ko‘rinaveradi…

Guling senga shuning uchun qadrliki, unga ko‘nglingni bergansan!

Faqat bolalargina nima izlab yurganini biladi. Ular latta qo‘g‘irchoqqa ham yurak bag‘rini berib mehr qo‘yadi, benihoya qadrli bo‘lib qoladi. Shu sababli ham boladan qo‘g‘irchog’i tortib olinsa, o‘ksib-o‘ksib yig‘laydi.

Do‘sting bo‘lsa yaxshi-da, qo‘rqmay o‘limga ham boraversang bo‘ladi.

Mana Senga aytmoqchi bo‘lgan sirli gapim: faqat ko‘ngil ko‘zigina ochiq, eng asosiy narsani ko‘z bilan ko‘rolmaysan. 

Ba’zida xotira pand beradi… Eslolmay qolasan kishi. Ammo, shunday lahzalar bo‘ladiki, xotira pand bersa ham qalb eslatib turaveradi!..

Hech qachon sabringni yo‘qotma. Chunki bu eshikni ochuvchi so‘nggi kalitdir.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img119

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img630

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img624