Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.04.2024 | 17:39

img357

QADRDON SIYMOLAR TURK KINOIJODKORLARI NIGOHIDA

Millatning uyg‘onishi, yurtning ozodligi va taraqqiy etishi uchun o‘z jonidan kechgan ma’rifatparvar ajdodlarimiz nomlarini qayta tiklash, ularning asarlarini xalqimiz, xususan, yosh avlod vakillari orasida targ‘ib etish bugungi kundagi asosiy vazifalar qatoriga kiradi. Prezidentimiz tashabbusi bilan bu borada so‘nggi yillarda qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2020-yilda Toshkent shahrida “Adib­lar xiyoboni”ning barpo etilishi, bu yerda o‘zbek adabiyotining 24 nafar zabardast vakiliga yodgorlik o‘rnatilishi, ularning har biri haqida Kine­matografiya agentligi tomonidan huj­jatli va badiiy filmlar suratga olina­yotgani ana shu ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik isbotidir.

Yaqinda davlatimiz rahbari tak­lifiga binoan “Jadid” gazetasining tashkil qilinishi, jadidlar faoliyatiga bag‘ish­langan xalqaro anjumanlar o‘tkazilayotgani, buyuk allomalarimiz asarlari ko‘p nusxada chop etilayotgani ham alohida ahamiyatga ega.

Bu borada Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan ham salmoqli ishlar qilinmoqda. Shuningdek, xorijiy kinokompaniyalar, telekanallar bilan ham bu yo‘nalishda hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan, Turkiya davlat teleradiokompa­niyasi (TRT) hamkorligida ko‘p qismli “Ziyorat: Oltin silsila” hujjatli filmi suratga olindi va Turkiya telekanallarida namoyish qilindi. Ushbu turkumda Bahouddin Naqshband, Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ali Romitaniy, Anjir Fag‘naviy singari buyuk avliyo va mutafakkirlar hayoti, faoliyati, ma’naviy merosi va ziyo­ratgohlari haqida atroflicha ma’lumotlar berilgan.

Turkiya davlat teleradiokom­pa­niyasiga qarashli “TRT-Avaz” telekanali 2021-yilda “Ildizlar izidan” turkumidan jadid bobolarimiz haqida hujjatli filmlarni suratga olgan. Yaqinda ana shu turkumga kirgan Munavvar qori Abdurashid­xonov, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy haqidagi filmlarni tomosha qildik.

Ta’kidlash joizki, bu filmlarning har biri rejissyor Erkan Bulbul boshchiligida alohida ilmiy va ijodiy yondashuv asosida, professional darajada suratga olingan. Film ssenariysi doktor Yakup O‘merog‘luga tegishli.

Filmning har beshala qismida deyarli bir xil olim va mutaxassislar, jumladan Shuayp Karakash, Orxan So‘ylemez, Fatma Achik, Yilmaz O‘zkaya singari turkiyalik tadqiqotchilar intervyu be­rishgan. Shuningdek, O‘zbekistondan borib, Turkiyada tahsil olayotgan, ­ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanayotgan Gulbahor Sattorova, Murod Xolmetov, Vohid Jalolov singari hamyurtlarimiz, afg‘onistonlik o‘zbek ziyolilari – Muhammad Sobir Korgar, Izzatulla Zeki va boshqalar ulug‘ jadidlarimiz haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirishgan. 

Filmlarda badiiy sahnalarga keng o‘rin berilganligi tomoshabin e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. Mualliflar Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Behbudiy, Fitrat va Munavvar qori siymolarini yosh aktyorlar ijrosida jonlantirishga harakat qilishgan. Albatta, bu filmlarda tarixiy shaxslarning real tashqi ko‘rinishiga mos qiyofalarni tanlashga jiddiy yondashishsa yaxshi bo‘lardi. Chamasi, Munavvar qori, Cho‘lpon va Qodiriyni ekranda qozoq yo qirg‘iz aktyorlari jonlantirgani ko‘rinadi. Ularning o‘rniga O‘zbekistondan aktyorlar taklif qilinsa yoxud Turkiyada faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek yoshlari o‘rtasida tanlov o‘tkazilsa, filmlar yanada haqqoniy chiqqan bo‘lur edi. 

Filmlarning asosan Turkiya hududida suratga olingani ko‘rinib turibdi. Suratga olish ishlarining bir qismi O‘zbekis­tonda amalga oshirilganida, yurtimizdagi jadidlar faoliyati bilan chuqur shug‘ullangan taniqli olimlarimiz bilan suhbatlashilsa, nur ustiga nur bo‘lardi.

Ammo, bu juz’iy kamchiliklarga qaramay, turkiyalik kinoijodkorlar­ning o‘zbek jadidlari hayotini yoritishga bo‘lgan bu intilishlarini yuqori baho­lash, imkon qadar filmlarni o‘zbek tiliga tarjima qilib, telekanallarimiz orqali namoyish etish lozim. Ushbu filmlarda ilmiy jihatdan u qadar katta yangiliklar bo‘lmasa-da, Turkiya jamoatchiligiga, yoshlarga ulug‘ ma’rifatparvarlar ha­yoti va jasoratini anglatishda, ularning ijodiy merosi bilan yaqinroq tanishtirishda, jadid bobolarimizga nisbatan turk ziyolilari, olimlarining nuqtai na­za­ri bilan tanishishda yordam berishi mumkin.

Shuningdek, hozirgi vaqtda Turkiya Davlat teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi ham­­­­­korligida “Movarounnahr” loyihasi ustida muzokaralar olib borilyapti. Bu loyiha asosida qadim Movarounnahr tarixi, ko‘hna shaharlari va ta­rixiy obidalari, bu hududning dunyoga mashhur allomalari haqida birgalikda turkum filmlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Firdavs ABDUXOLIQOV, Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori.

2024-yil 2 -fevral 6-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605