Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.04.2024 | 21:03

img1133

“BADOYE’ UL-BIDOYA” TURK TILIDA

Hazrat Alisher Navoiy o‘z davridayoq olamshumul g‘oyalar tarannum etilgan go‘zal va bebaho asarlari bilan ellarni, uluslarni birlashtirib, Hirotdan to Xurosonga qadar yakqalam aylagan edi. E’tiborli jihati, oradan besh asrdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, mutafakkir ajdodimizning ulkan ma’naviy merosi hamon o‘zining sehri va jozibasi bilan millionlab adabiyot muxlislarining ko‘nglini munavvar qilib kelmoqda. Shu bois ham Alisher Navoiy asarlari muntazam ravishda xorijiy tillarga tarjima qilinib, dunyo xalqlari tomonidan sevib o‘qilmoqda. So‘nggi yillarda ulug‘ shoirning shoh asari – “Xamsa” maj­muasi qardosh qozoq va ozarbayjon tillarida chop etilgani ham shundan dalolat beradi.

 Hech shubhasiz, 2021-yili Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi muh­taram Prezidentimizning qarori asosida yurtimizda keng nishonlangani madaniy hayotimizda katta voqea bo‘ldi. Ana shu tarixiy hujjatda buyuk allomaning nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixi va adabiy-estetik ta­fak­kuri rivojida alohida o‘rin tutadigan benazir ijodiy merosini yanada kengroq o‘rganish va targ‘ib qilish borasida bir qancha vazifalar belgilab berilgan edi. Xususan, Alisher Navoiy asarlarini har tomonlama tadqiq etish, noyob qo‘l­yoz­malarining tanqidiy matn va faksimil nusxalarini tayyorlash, ularni xorijiy tillarga tarjima qilishga ustuvor ahamiyat qaratildi.

Oradan o‘tgan qisqa vaqt ichida bu yo‘nalishda bir qator natijalarga erishildi. Misol uchun, iqtidorli navoiyshunos Yusuf Tursunov tomonidan Alisher Navoiyning “Munshaot”, “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlari­ning tanqidiy matni, tabdili va faksimil nashri yuzaga chiqarilgan bo‘lsa, turkiyalik hamkorlar bilan shoir asarlarini ushbu mamlakatda nashr etish bo‘yicha izlanishlar olib borildi. Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida yaqinda Turkiyada “Badoye’ ul-bidoya” asarining tanqidiy matni va faksimil nashri dunyo yuzini ko‘rdi. Bu ish Istanbul madaniyat instituti professori Vohit Turk hamda Turkiya qo‘lyozma asarlar boshqonligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

E’tiborli jihati, ushbu kitob Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘anning so‘zboshisi bilan chop etildi. Unda keyingi yillarda qardosh Turkiya va O‘zbekiston mamlakatlari o‘rtasida ilmiy, madaniy-gumanitar hamkor­liklar ja­dal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani alohida qayd etilib, Alisher Navoiy mero­si­ning turkiy dunyo tamaddunidagi, ma’naviy hayotidagi o‘rniga yuksak baho berilgan.

Turkiyada nashr etish uchun aynan ushbu qo‘lyozmaning tanlangani bejiz emas. Alisher Navoiy bilan bir davrda yashab ijod qilgan Sultonali Mashhadiy, Abduljamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy kabi mashhur xattotlarning nomlari ko‘pchilikka yaxshi tanish. Ular orasida Ali ibn Nurning ham alohida o‘rni bor. Yuqorida tilga olingan asar qo‘lyozmasi 1486-yilda aynan xattot Ali ibn Nur tomonidan Hirotda kitobat qilingan. “Badoye’ ul-bidoya” asariga Alisher Navoiyning o‘zi tomonidan tartib berilgani, shoir hayotligi paytida Hirotda kitobat qilingani uning qimmatini oshiradi. Ya’ni katta ehtimol bilan Alisher Navoiy bu qo‘lyozmani ko‘rgan, undan xabardor bo‘lgan.

Bugungi kungacha mazkur devonning Parij, London, Tehron, Boku, Istanbul, Toshkent, Tehron II nusxalari fanga ma’lum. Ushbu nusxalar orasida Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida 216-raqam ostida saqlanayotgan “Badoye’ ul-bidoya” nusxasi alohida ajralib turadi.

Mazkur nashr orqali turkiyalik kitobxonlar Alisher Navoiy ijodi, “Badoye’ ul-bidoya”ning yozilishidan ko‘zlangan maqsad, uning tuzilishi, devon tartib be­rish an’analari haqida boy ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin. Chunki ushbu nashrda asar qo‘lyozmasidagi mumtoz janrlarga xos bo‘lgan xususiyatlar saqlab qolingan. Har bir namunadan so‘ng aruz vaznining qaysi bahrida yozilgani haqida ma’lumot taqdim etilgan. Kitobdan muxtasar tadqiqot-muqaddima, tanqidiy matn va qo‘lyozmaning faksimili ham o‘rin olgan. Shubhasiz, bu nashr turkiyalik olim va tadqiqotchilar uchun Alisher Navoiy merosini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.  

Kezi kelganda, mana shunday muhim loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishda yaqindan yordam bergan Turkiya qo‘lyozma asarlar boshqonligi hamda o‘zining o‘ttiz besh yillik umrini Alisher Navoiy ijodini o‘rganish va tarjima qilish­ga bag‘ishlagan taniqli navoiyshunos olim Vohit Turkka alohida minnatdorlik bildiramiz.

O‘ylaymizki, bunday hamkorliklar kelgusida ham izchil davom etadi. Adabiyotshunos olimlardan biri Alisher Navoiyni “Turkiy adabiyotning poytaxti” degan edi. Bu ta’rifda zarracha mubolag‘a yo‘q. Chunki buyuk mutafakkir ajdodimizning badiiy, falsafiy, ilmiy jihatdan mukammal asarlari barchamizning ongimiz va ta­fak­kurimizga, shuurimizga kuch-quvvat beradigan, insonlarni, xalqlarni birlashtiradigan o‘ziga xos ma’naviy makon vazifasini ham o‘taydi. Biz bugun ana shu haqiqat­ni yanada chuqurroq anglab yetmoqdamiz.

 Dilnoza RUSTAMOVA,

Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi tayanch doktoranti.

2024-yil 9-fevral 7-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599