Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


26.06.2024 | 14:46

img387

“TURK ULUSI XUD MENINGDUR”

Turk navoiyshunosligi uzoq tarixga ega. Ammo adabiyotshunos Abdurahmon Go‘zal tadqiqotlari va uning sa’y-harakatlari natijasida Turkiya Respublikasi Bashkent universiteti huzurida 2022-yil 10-fevralda tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi tadqiqot va targ‘ibot markazi dunyo navoiyshunosligida yangi bir sahifa ochishi shubhasiz.

Navoiyshunoslik istiqbolida markazning o‘rni va olimning orifona tahlillari ahamiyatlidir. Abdurahmon Go‘zalning ilmiy faoliyat bobida o‘zbek ijodkorlari va adabiyotshunoslari bilan samimiy ijodiy aloqasi e’tirofga molik. Umuman, o‘zbek va turk adabiyotshunoslari o‘rtasida Xoja Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy va Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy merosini o‘rganish bo‘yicha mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani amalda yaxshi natijalar bermoqda.

Alisher Navoiy asarlarini keng targ‘ib qilish, shoirning sharafli hayoti va turkiy tilni san’at darajasiga ko‘tarishdagi salohiyatini chuqur o‘rganish ushbu markazning bosh maqsadlaridan sana­la­di. Abdurahmon Go‘zal turkiy xalqlarning ulkan ijtimoiy-madaniy taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yishida ulug‘ ajdodimizning beqiyos xizmatlariga bag‘ishlangan qator tadqiqotlarni amalga oshirdi. Navoiyning o‘zbek tilshunosligini rivojlantirish va ona tilimizning o‘ziga xos sehr-u jozibasini she’riyat orqali ko‘rsatib berishdagi ulkan xizmatlari dunyo miqyosida e’tirof etilgan.

Abdurahmon Go‘zal esa turkiy tilning tarixiy ildizlarini sinchkovlik bilan o‘rganib, quyidagicha nazariy xulosalar chiqaradi: “Ma’lumki, Mahmud Koshg‘ariy XII asr oxirida “Devoni lug‘otit-turk” asarini yozib, turk tili va madaniyatining kelajagini ta’minladi. Alisher Navoiy esa Koshg‘ariydan 400 yil keyin ota tili va ma’rifatini xuddi ana shunday tafakkur va e’tiqod bilan munosib himoya qildi.

Turkiy xalqlarning ma’naviy qiyofasi xavf ostida qolgan bir davrda u o‘zining ko‘lamdor va betakror asarlari, beqiyos amaliy sa’y-harakatlari bilan milliy til va adabiyotni o‘z mohiyatiga qaytarish va rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shdi. U ham olim, ham ijodkor, ham davlat arbobi sifatida butun borlig‘i bilan o‘z xalqiga kamarbasta bo‘ldi”.

Abdurahmon Go‘zal Alisher Navoiy dostonlarini o‘rganish borasidagi tadqiqotlari bilan ham navoiyshunoslik ilmi­dagi irfoniy-g‘oyaviy bo‘shliqni to‘ldirishga harakat qildi. Abdurahmon Go‘zal alloma shoirning asarlarini aniq va tizimli asosda sharhlashda o‘ziga xos batafsillik, teranlik va mohiyatbinlikni namo­yon qildi. U Alisher Navoiyning barcha asarlari xususida qisqa, lo‘nda va aniq xulosalar chiqaradi. Abdurahmon Go‘zal o‘zi tahlil qilayotgan asarlarning g‘oyasi, shakli, uslubi va hatto, an’anaviy qahramonlariga baho berishda ham turkiy tafakkurga alohida ahamiyat qaratadi: “Alisher Navoiy ijodining yana bir muhim jihati shundaki, u o‘z asarlarida milliy tip va xarakterlardan foydalangan. Forsiy adabiyotda qo‘llanilgan qahramonlar Navoiy asarlarida faqat nomlarinigina saqlab qolgan holda turkiy shaxsiyatni tamsil etgan”. 

Turkiyadagi Alisher Navoiy nomidagi tadqiqot va targ‘ibot markazining dunyo navoiyshunosligi, eng avvalo, O‘zbekis­ton Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi bilan olib borayotgan hamkorligi o‘zbek navoiyshunosligi uchun ham ahamiyatlidir.

Markaz o‘z oldiga Alisher Navoiy asarlarining mukammal nashrlarini yaratish, shoir ijodiy merosini tahlil va talqin etuvchi tadqiqotlar olib borish, shoirning shaxsiyati hamda ijodini ochib beruvchi xalqaro konferensiya­lar o‘t­kazish kabi ko‘lamdor maqsadlarni qo‘ygan. Bu yerda shoir­ning asarlari hamda unga bag‘ishlangan tadqiqotlarni o‘zida jamlagan kutubxona tashkil etilganini qayd etish lozim. Hind diyoridan topilgan, Alisher Navoiy taxallusi ostida yozilgan “Yusuf va Zulayho” dostonining qo‘lyozma nusxasi ham ushbu markazga olib kelingan. Hozirgi payt­da markaz ilmiy xodimlari mazkur noyob asarni har tomonlama tadqiq qilmoqda. Yaqin kunlarda ushbu dostonning muallifi haqida aniq va xolis xulosalar e’lon qili­nishiga ishonchimiz komil. 

Markaz tomonidan Alisher Navoiyning muhtasham haykali o‘rnatilgan ko‘rkam bog‘ barpo etilishi ham tahsin-u e’ti­rofga loyiqdir.

Alisher Navoiy turkiy tilning barcha lahja, shevalarini ajratmasdan, o‘z asarlarida ulardan unumli foydalanish orqali bu tilning lug‘at boyligini asrab qolish va uning imkoniyatlarini kengaytirishga katta hissa qo‘shdi. Darhaqiqat, Alisher Navoiy asarlarida turkiy tilning jamiki balog‘ati, fasohati, hassosiyati, shiddati namoyon bo‘lgan.

Abdurahmon Go‘zal ulug‘ shoirning:

Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur,

Muayyan turk ulusi xud meningdur, –

degan faxriyasining mohiyati va aha­miyatini teran anglaydi. Shu bois u: “Buyuk turk olimi va turkiyning ulug‘ shoiri Alisher Navoiy vafotidan buyon oradan besh yuz yil vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, u o‘zining fikri va shaxsiyati bilan hamon oramizda yashamoqda. Minglab bayt­lardan iborat lirikasida shoirning o‘ziga xos uslubi, ijodkor shaxsini ko‘rish mumkin. Sharqiy turklar tili va adabiyoti u yaratgan tamallarda yuksaldi. Mabodo Alisher Navoiy unutilsa, turk dunyosi o‘zining asoslaridan birini yo‘qotadi. Bolalarimiz va yoshlari­miz Alisher Navoiyni albatta bilishi va tushunishi kerak. Shuning uchun biz Navoiy kulliyoti ustida ishlashimiz, bu asarlarni turkigo‘y xalqlar­ning har bir shevasida nashr etishimiz va har bir turkning mazkur asarlarni birday anglashini ta’minlashimiz kerak”, deb yozadi.

O‘z navbatida, biz milliy adabiyotimiz quyoshi hisoblangan Alisher Navoiy ijodini o‘rganish borasida turkiyalik zahmatkash adabiyotshunos Abdurahmon Go‘zal bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotganimizdan mamnunmiz. Uning tashabbusi bilan Turkiyada tashkil qilingan Alisher Navoiy nomidagi tadqiqot va targ‘ibot markazini har tomonlama rivojlantirishda o‘zbek navoiyshunoslari ham munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz.

Zulayho ABDURAHMON,

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

“Jadid” gazetasi | 2024-yil 21-iyun | 26-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599