Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


25.11.2024 | 17:09

img631

“NE YUZ QAROLIG‘ BO‘LDI…”

“Alisher Navoiy” spektaklida shoir bobomiz tilidan aytilgan shunday so‘zlar bor:

“Afsus, biror osuda dam yo‘q,
Ko‘ngil yig‘laydi-yu, ko‘zlarda nam yo‘q”.

Shu kunlarda Andijonda, Bobur Mirzo haykali atrofida bo‘layotgan mashmashalarni eshitib, kishi beixtiyor shu so‘zlarni eslaydi.

Xabarlarga ko‘ra, Andijon viloyati hokimligi shahar markazidagi Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga yirik savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish harakatini boshlabdi. Haykalni Andijon shahridagi “Registon” maydoniga ko‘chirish, buning hisobiga bo‘shaydigan 1,2 gektar yerga boyagi binolarni qurish ko‘zda tutilmoqda ekan.

Bu yangilik faollarning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi ijtimoiy tarmoqlar. Jumladan, “Qalampir.uz” buni “Boburni “anjancha quvish” deb atabdi.

Hokimlik shu tariqa 90 million dollar investitsiya kiritilishini, haykalning ko‘chirilishi maydon yaqinidagi chorrahada qurilayotgan ko‘prik bilan bog‘liqligini iddao qilayotir.

Bu xususda nima deyish mumkin?

Avvalo, Bobur Mirzoning ushbu haykali birinchi marta ko‘chirilayotgani yo‘q. Bu muhtasham yodgorlik yaratilganidan so‘ng (muallifi – O‘zbekiston xalq rassomi, mashhur haykaltarosh Ravshan Mirtojiyev) dastlab Andijon viloyati hokimligi oldidagi maydonga o‘rnatilgan va ancha vaqt shu yerda savlat to‘kib turgan edi. Lekin o‘sha paytda viloyatni boshqargan hokim, bir joyda ikki podshohning turishini nomaqbul deb hisoblagan shekilli, haykal hozirgi maydonga ko‘chirilgan edi. Biz hokim, albatta, to‘g‘ri qilgan, deb hisoblaymiz, chunki Bobur Mirzoning o‘zlari yozganlaridek, “O‘nta darvesh bir gilamga sig‘ishi mumkin, ammo ikkita podshoh bir mamlakatga sig‘maydi” (garchi ularning biri haykal bo‘lsa-da!).

Demoqchimizki, bobomizning haykali bunaqangi ko‘chmanchi hayotga, sarson-sargardonlikka ko‘nikib ketgan.

Hayron qoladigan tomoni shundaki, hokimlik Bobur haykali turgan maydon o‘rnida 16 va 20 qavatli savdo majmualarini qurish haqidagi rejalarini hech bir tortinmasdan, namoyishkorona e’lon qilmoqda.

Agarki hokimlik haykal o‘rnidagi bo‘shagan yerga savdo majmuasi emas, aytaylik, maktab, bog‘cha yoki shifoxona quramiz, deganida ham bu gapni bir navi tushunish mumkin edi. Nima, savdo majmuasini boshqa joyda, masalan, bugungi kunda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida qurish mumkin emasmi?

Hozircha esa… hozircha nainki Andijon eli, balki butun xalqimiz, ma’rifatli dunyo haqli ravishda faxr qiladigan buyuk shoir va olim, davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining muborak siymosi navbatdagi sargardonlik oldidan “Tole’ yo‘qe jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi, Yo rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi” deya mahzun qiyofada bizlarga boqib turibdi.

Shu munosabat bilan bir fikr bildirmoqchimiz.

Modomiki, Bobur Mirzo, o‘tmishda bo‘lganidek, o‘z tug‘ilib o‘sgan yurtiga sig‘may qolgan ekan, ul zotning haykalini birato‘la boshqa bir viloyatga, masalan, qo‘shni Namangan viloyatiga ko‘chirib o‘tkazishni taklif etamiz. Nega deganda, Bobur bobomizning haykalini o‘rnatish mo‘ljallanayotgan Andijondagi “Registon” maydonidan kelajakda uni tag‘in boshqa bir joyga ko‘chirilmasligiga hech qanday kafolat yo‘q. Axir, yaqin kunlarda yana kimdir ushbu maydonda ham 25 qavatli savdo majmuasi qurishni istab qolishi mumkin-ku, to‘g‘ri emasmi?

Mulla XUNOB

“Jadid” gazetasining 2024-yil 22-noyabrdagi 48-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605