Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


25.11.2024 | 19:30

img356

OTA-O‘GʻIL “DIYDOR”I

Xalqimizda “otaga qarab ot chopadi, onaga qarab to‘n bichadi”, degan naql bor. O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi “Diydor” eksperimental teatr-studiyasi rahbari Bobur Yo‘ldoshevning san’at sohasiga kirib kelishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘ldi. Bolaligi teatrda, aktyorlar orasida kechgan Bobur 1988-yildayoq kino san’atiga ilk qadamini qo‘ydi. Mashhur rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev va betakror aktrisa Rimma Ahmedovaning to‘qqiz yoshli arzanda o‘g‘liga “Tush sotuvchisi” deb nomlangan ertak-filmidagi bir lahzalik rol kelajak eshigini ochdi.

1993-yilda u dastlab Nabi Abdurahmonov, keyin esa rejissyor Shuhrat Abbosovning tayyorlov kurslarida o‘qigach, O‘zbekiston Yoshlar teatrida sahnalashtirilgan “Zumrad va Qimmat” ertak-spektaklida ilk obrazini yaratadi. O‘shanda o‘n to‘rt yoshda edi. U o‘sha kezlarda taniqli oiladan chiqqaniga qaramay, teatrda barcha “qora ishlar”ni bajarganini aytadi. Texnik bo‘lib ham ishlaganini, uch hafta davomida butun teatr binosini yarqiratib yuvganlarini xotirlaydi.

U otasi Bahodir Yo‘ldoshev va ustozi Nabi Abdurahmonovning ish uslubi, dunyoqarashi, mahoratini o‘zaro solishtirib, o‘ziga xoslik yo‘lini topdi. Shu choqqacha oltmishga yaqin spektaklni sahnaga olib chiqdi. Bularni sahnalashtirishda o‘ttiz yil birgalikda faoliyat olib borgan ustozining madadiga tayandi.

Rejissyorlik haqida gapirar ekan, u shunday deydi:

– Men rejissyor Bahodir Yo‘ldoshevga baho bera olmayman. Bunga haddim sig‘maydi. U kishining menga aktyor sifatida munosabati haqidagina gapira olaman. Otam o‘ta talabchan, qattiqqo‘l va mahoratli rejissyor edi. U bilan ishlash har qanday aktyor uchun juda qiyin bo‘lgan, menimcha. Bahodir Yo‘ldoshev rejissyorligida to‘rtta rol ijro etganman. Shu jarayonda otamga faqat bir martagina savol berganman va “jim o‘tir” degan dakki eshitganman. Chunki u kishi juda berilib ishlardi. Menga ijro davomida parvo qilmasdi, faqat ko‘rsatma berardi. Boshqa paytda gaplashardi, albatta, ammo ish jarayonida u rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev edi.

Bobur o‘z hayotini aktyorlikda ko‘rardi, rejissyor, qolaversa, rahbar bo‘lishni istamasdi. Ammo o‘z-o‘zidan “ota kasb” tomon ketdi, Moskva shahridagi teatr rahbarligi kursida o‘qidi. O‘zining rejissyorlik ishlaridan esa halicha qoniqish tuymaydi. “Diydor” teatri unga Bahodir Yo‘ldoshevdan keyingi yo‘l bo‘lsa-da, ishni uning yo‘nalishida davom ettirishning iloji yo‘q. O‘z yo‘limni topdim, deb ham o‘ylamaydi.

U “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasiga uch yildan buyon rahbarlik qilmoqda. Boshida juda qiynalganini aytadi. Javobgarlik, mas’uliyat yuki og‘ir edi. Ijodkor esa ozod qush bo‘lishni istaydi. Bobur Yo‘ldoshevdek erkin aktyorga teatr direktori bo‘lishdek mas’uliyat og‘irlik qilardi.

– Nabi Abdurahmonov asarni bir marta o‘qishdayoq aktyorlarni sahnaga qo‘yib yuborardi, – deydi u. – Bahodir Yo‘ldoshev esa hamma ishni pyesani o‘qish jarayonida bajarardi. Otam rejissyor sifatida aktyorlarga bor talabni asarni o‘qish jarayonida qo‘yib bo‘lardi. Sahnada esa faqat ularni kuzatardi. Chunki Bahodir Yo‘ldoshevning aktyorlari sahnaga chiqqanida o‘zi o‘ynayotgan obrazning ichiga kirib ketgan bo‘lardi. Men otamday talabchan emasman. O‘zim ham aktyor bo‘lganim uchunmi, ularga ko‘proq erkinlik beraman.

Darvoqe, Bobur Yo‘ldoshev kinoda ham o‘nlab rollarni mahorat bilan ijro etgan. 

Yoshligida qiziqqonlik bilan “Nega mening har bir yutug‘imni ota-onamga bog‘laydilar”, deb kuyinardi. So‘ng “Mayli, e’tiborga tushishim ortidan meni dunyoga keltirganlar eslanarkan”, deb suyundi. Avvaliga o‘zidan Bahodir Yo‘ldoshev va Rimma Ahmedova darajasidagi ijodkorni izladi va o‘zigagina xos bo‘lgan yo‘lni topdi.

Bugun uning teatri san’atsevar insonlar uchun maishiy mavzudan xoli asarlarni sahnalashtirmoqda. Hayot tashvishlaridan charchab, madaniy hordiq uchun teatrga tushgan tomoshabinni yana mayda ikir-chikirlar haqidagi spektakllar bilan chalg‘itishni istamaydi u. Axborot tezligi zabt etgan yoshlarning ruhiyati bugun avvalgiday uzoq ko‘riladigan sahna asarlariga chidamasligini hisobga olib, spektakllarning ritmini o‘zgartirdi. Uch soatlik tomoshalarni bugungi yoshlar qabul qilmaydi. Ularning istak-irodasidan kelib chiqib, spektakl davomiyligini bir, bir yarim soatdan nariga o‘tkazmaslikka intiladi.

So‘nggi yillarda “Diydor” yoshlar eksperimental teatri sahnasida Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi” dramasi asosida “Masxarabozlar ishi”, Koki Mitanining “Kulgi akademiyasi”, Gabriel Markesning “Patriarx haqida afsona” asari asosida “Buzruk haqida afsona”, Mar Bayjiyevning “Uchburchak”, Fridrix Dyurrenmattning “Avtohalokat”, Yolqin To‘ychiyevning “Mono – Lock”, Maks Frishning “O‘t qo‘yuvchilar”, Uilyam Shekspirning “Qirol Lir” pyesalari namoyish etilib, ko‘p sonli tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Pyesalarda Farhod Abdullayev, Abduhalil Mingnorov, Karim Mirhodiyev, Egamberdi Rahimov, Yulduz Rajabova, Adiz Rajabov, Alisher Uzoqov, Ozodbek Alimov, Anvar Hamroqulov, Mahliyo Asqaraliyeva kabi iste’dodli aktyorlar o‘z mahoratini ko‘rsatdi. Teatr jamoasining galdagi repertuarlari uchun esa Temur Zulfiqorov qalamiga mansub “Qafasdagi kaklik” asari rejalashtirilmoqda.

Bobur Yo‘ldoshev rahbarligidagi teatr jamoasida ellikdan oshiq xodim faoliyat olib boradi. Yigirma nafar sara aktyor shu yerda jam. Teatr jamoasining taniqli polyak rejissyori Mojay Viktor bilan spektakl almashuvi ham rejada bor. Unga ko‘ra, hamkorlardan dramaturg Mojarinning bir aktli spektakli olinadi. Ularga esa Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” spektakli beriladi. Qo‘shma spektakl sahnalashtirilib, birinchi aktda polyak teatri “Baxtsiz kuyov”ni, “Diydor” teatri esa Mojarin asarini namoyish etadi.

Bobur Yo‘ldoshev insonning yulduzi yorug‘ bo‘lishi uchun, faqat, iqtidorning o‘zi kamlik qiladi, deb hisoblaydi. Tanilish, nom qozonish uchun albatta omad ham kerakligini ta’kidlaydi. Ehtimol, yetuk ijodkorlar oilasida dunyoga kelgani uning dastlabki omadi hisoblansa, ajabmas. Esini taniboq teatr va kino olamida yashagan, hayratini film va spektakllardan topgan iste’dod sohibining bugun san’at va madaniyat sohasiga qo‘shayotgan munosib hissasi bor. 

M.RUSTAMOVA

“Jadid” gazetasining 2024-yil 22-noyabrdagi 48-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605