Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.11.2024 | 15:45

img482

“O‘ZBEK TILINI INTERNET TILIGA AYLANTIRAMIZ”

“Google” va “Yandeks” mutaxassislariga raqobatchi bo‘lgan o‘zbekistonlik dasturchilar haqida eshitganmisiz? Albatta, eshitgansiz.

Nafaqat yurtimizda, balki chet mamlakatlarda ham o‘zining izlanish va yutuqlari bilan dunyoga mashhur bo‘lib borayotgan o‘zbekistonlik yoshlar safi yildan yilga kengayib borayotir. Bugungi maqolamizda ana shunday harakatchan yosh dasturchilarning biri haqida hikoya qilishni niyat qildik. 

Muhammadsaid Mamasaidov endigina 23 yoshni qarshiladi. U Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi. Biroq erishgan natijalari olamga tatigulik. U o‘tgan yili “President Tech Award” tanlovining sun’iy intellekt yo‘nalishida o‘zining “Tahrirchi” loyihasi bilan birinchi o‘rinni egallab, naq 100 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritdi. Haloli bo‘lsin!

“Otam dasturchi. Bolaligimdan kompyuterlar qurshovida katta bo‘ldim, – deydi M.Mamasaidov. – O‘smirlik chog‘imdayoq veb-saytlarda ishlab, IT-sohasidagi tajribamni oshira boshlaganman. Ochig‘i, maktabda o‘qib yurgan paytlarimda shifokor bo‘lish haqida ko‘p o‘ylaganman. Lekin ota kasbi meni baribir ohanrabodek o‘ziga tortaverdi va nihoyat axborot texnologiyalari yo‘nalishini tanladim. Avvaliga Toshkent axborot texnologiyalari kollejida tahsil oldim. Keyin Toshkentdagi Inha universitetiga o‘qishga kirdim. O‘qish jarayonida o‘z ustimda ishlashdan, izlanishdan to‘xtamaslikka harakat qildim. Albatta, ustozlarimizdan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Ularning bergan bilimi, maslahati va tavsiyasi yutuqlar garovidir. Universitetda “Tahrirchi” va “Tilmoch” jamoalarini tuzganmiz.

Jamoa atigi uch talabadan iborat edi o‘shanda. Ikki yildan ortiq vaqt mobaynida loyiha ustida izlanishlar olib bordik. Loyiha internet texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqish va o‘zbek tiliga bo‘lgan mehrimiz uyg‘unligining nishonasidir. Jamoa bilan savodxonlik hamda ona tiliga bo‘lgan hurmatni targ‘ib qilishga qattiq kirishib ketdik. Natijasi ham mehnatga yarasha bo‘ldi. Orzu-niyatlarim juda ko‘p. Xorijda ta’limni davom ettirib, o‘z tajribalarimni amaliyotda sinab ko‘rish uchun yanada ko‘proq o‘qib, izlanmoqchiman. Yangi ixtirolar qilmoqchiman. Kindik qonim to‘kilgan shu ona zaminga, mehnatkash xalqimizga ozgina bo‘lsa-da nafim tegsa, loyihalarimiz yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilsa, shuning o‘zi men uchun katta yutuqdir”.

Hozirda qahramonimiz sifatli “o‘zbekcha tarjimon”i va “plagiat tekshiruvi” kabi bir qator istiqbolli loyihalar bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda. Yosh dasturchilarning “Tahrirchi” jamoasi 2022-yilda “mGovAward” tanlovida ham g‘olib chiqib, 50 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritishgan. Muhammadsaid rahbarlik qilayotgan mazkur jamoa ayni paytda o‘zbek tilida matn hosil qila oladigan til modelini yaratish ustida izlanishmoqda.

Talabalik davrining ikkinchi bosqichidayoq unga ustozlari tomonidan vazifa yuklatilgan edi. Yosh dasturchi o‘zbek tilidagi matnning imlosini tekshirish loyihasi bo‘yicha ishlashga qaror qiladi. Ammo ish jarayonida buning nihoyatda murakkabligini anglab yetadi. Biroq o‘qishdan, izlanishdan bir zum ham to‘xtamagan iqtidorli yigit baribir ko‘zlagan maqsadiga erishadi.

“Ochig‘i, dastlabki kezlarda men ona tilimizni tanlangan loyiha uchun talab qilinadigan darajada bilmas edim. Ish jarayonida o‘zbek tilini puxta o‘rganishga harakat qildim. Shu asnoda milliy tilimiz qay darajada boy va mukammal ekanligini anglab yetdim va unga mehrim yanada oshdi. Ko‘nglimda shunday jozibali til sohibi bo‘lgan o‘zbek xalqining farzandi ekanligimdan faxrlanish tuyg‘usi paydo bo‘ldi. Izlagan imkon topadi, deb bejiz aytilmagan ekan, – deydi yosh dasturchi. – “Tahrirchi” – bizning asosiy va yagona ish joyimiz. Biz mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida ro‘yxatdan o‘tganmiz va “IT-Park”dagi rezidentligimiz tufayli daromad solig‘ini ikki baravar kam to‘laymiz. Yaqin kelajakda grammatik tekshirgichni ishga tushirish, shuningdek, o‘zbek tilidagi chat-botni yaratishni rejalashtiryapmiz. Bugun biz hamma narsani tejash harakatidamiz. Grant mablag‘larimiz yil oxirigacha yetadi. Har qanday startap uchun sarmoyani jalb qilish har doim dolzarb hisoblanadi. Buning uchun esa mavjud mahsulotlarni monetizatsiya qilish yo‘llarini ko‘rsatishimiz kerak”.

Yosh dasturchining kelajakdagi rejalari va intilishlarini tinglar ekanmiz, Yangi O‘zbekistonimizning istiqboli ana shunday iqtidorli yoshlar qo‘lida ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildik. Zero, bugungi yosh avlod ertangi kunimizning nurli davomchilari, yaratuvchilari va bunyodkorlaridir.

Zarnigor IBRAGIMOVA

“Jadid” gazetasining 2024-yil 22-noyabrdagi 48-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img103

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img614

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img611