Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.04.2024 | 18:15

img327

MADANIY DIPLOMATIYANING YORQIN MUVAFFAQIYATI

Ozarbayjon Respublikasining madaniyat va sport sohasidagi tashabbuslari, madaniy diplomatiyasining muvaffaqiyati xalqaro tadbirlar, madaniy hamkorliklar bilan mustahkamlangan boy tarix va merosga asoslangan. Bu butun dunyoda birdamlik munosabatlari jozibadorligini targ‘ib etish va ziyoli qatlam orasida xalqlararo do‘stlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu ma’noda o‘zbek va ozarbayjon xalqlarini asrlar mobaynida shakllangan mustahkam qardoshlik va birodarlik rishtalari, madaniyat, til, din va urf-odatlarning yaqinligi, ma’naviy qadriyatlar chambarchas bog‘lab turadi.

Ayniqsa, 2023-yilning 24-noyabr sanasida O‘zbekis­ton va Ozar­bayjon davlat rahbarlarining rasmiy uchrashuvida 2024-yilning mam­lakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni jadal rivoj­lantirish yili, deb e’lon qilingani ham­korlikning yangi ufqlarini ochib berish barobarida, ikki qardosh millatning bir-biriga yaqinlashuviga mustahkam bir ko‘prik bo‘ldi. 24–26-yanvar kunlari mana shu hamkorlikka yangi qadamlar sifatida Boku shahrida “O‘zbekiston fani va madaniyati kunlari” o‘tkazildi va mamlakatimizdagi taniqli fan, san’at va adabiyot namoyandalarining bir guruhi Ozarbayjonda bo‘lib qaytdi. Tashrifning ilk kuni delegatsiyamizni Ozarbayjon Milliy Majlisi Spikeri Sohiba xonim Gafarova qabul qildi.

Juda go‘zal tarzda tashkil etilgan “O‘zbekiston fani va madaniyati kunlari” davomida dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlar doirasida parlamentlararo ham­da fan sohasida, yozuvchilar, ras­somlar, gazeta, jurnallar o‘rtasida hamkorliklar o‘rnatish, san’at va mada­niyat xodimlari bilan yigirmadan oshiq ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.

Jumladan, Bokuning eng diqqatga sazovor maskanlarida to‘rtta katta tadbir uyushtirildi. Haydar Aliyev markazida Madaniy meros bo‘yicha 80 jildlik majmua taqdimoti, Fuzuliy nomidagi Qo‘lyozmalar Institutida “Madaniy merosimiz Ozarbayjon muzeyi va kutubxonalarida” maxsus tomini topshirish va eng hayajonlisi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan chop etilgan 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” to‘plamining taqdimotlari o‘tkazildi. Boku Dav­lat universitetida Ozar­bay­jon ilmiy jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda O‘zbekiston delegatsiyasi bilan birga Ozarbayjon Yozarlar birligining raisi, atoqli yozuvchi Anar Rzayev, uning o‘rinbosari Salim Babullao‘g‘li, shoir, yozuvchi, jurnalistlardan Faxreddin Meydanli, Yashar Qosim, Gulamail Murad va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘s­tona aloqalarni chuqurlashtirishda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining tutgan o‘rni va bu borada samarali faoliyat ko‘rsatayotgan ozarbayjonlik olimlar va tadqiqotchilarga Butunjahon jami­yati nomidan tashakkurnomalarni topshirdik. Shuningdek, Ozarbayjon va O‘zbekistonda bugungi kunda amalga oshirilayotgan yuksak ma’na­viy va madaniy islohotlar, ulug‘ ishlar, shuningdek, kundan kunga mustahkamlanib borayotgan adabiy aloqalar haqida batafsil ma’ruzalar qilindi.

1100 nafar muallifni qamrab olgan “Turkiy adabiyot durdonalari” adabiy to‘plami jahonshumul bir voqea bo‘ldi. Ushbu 100 jildlik asarlar majmuasini tayyorlashda 200 dan ziyod tarjimon qatnashdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Axborot va ommaviy kom­munikatsiyalar agentligi tomo­ni­­dan yana ellikka yaqin adabiyot­shunos va matnshunos olim, adib, muharrir va rassomlar nashrga tayyorlash, chop etish ishlariga keng jalb etildi. Majmua chin ma’noda xalqaro loyiha bo‘ldi, deb aytish mumkin.

Taqdimot marosimida O‘zbe­kis­tonda yangi ta’sis etilgan “Jadid” gazetasi haqida ham so‘z bordi. Yangi gazetaning konsepsiyasi, uning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari xususida O‘zbekiston Xalq shoiri, “Jadid” gazetasi bosh muhar­riri Iqbol Mirzo so‘zlab berdi. Yig‘il­ganlarni qiziqtirgan savollar bo‘yi­cha muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Taniqli san’atkorlar Farrux Zokirov, Ramiz Usmonov, Ozoda Nursaidova, Mohi­chehra Shomuro­dovalarning dil­tor­tar qo‘shiq­lari ozar­bayjon-o‘zbek san’a­ti­ning ham­o­hang­ligini namoyish etdi.

Ozarbayjon Milliy kutubxonasiga, Fuzuliy tumanidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktabga, Ozar­­­bay­jondagi el­­­­­­­­­­­­­­chi­­xona­miz ku­­tub­­xonasiga “Turkiy ada­biyot dur­dona­lari” majmualari taq­dim etildi.

Bundan tashqari, anjuman doira­sida turli ko‘rgazmalar tashkil qilindi, adabiy aloqalar, kino san’atida, umuman, birga­lik­dagi mada­­niy hamkorlik masalalarida fikr almashildi. “Nuroniylar” jamiyatlari o‘rta­si­da, “Maq­sud Shayxzoda” haqida badiiy film yaratish bo‘yicha esa ikki dav­lat­­ning Kinematografiya tashkilotlari bi­lan ham­­da O‘z FA Astronomiya instituti va Boku dav­lat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Shu­ning­dek, jadidlar merosini o‘rga­nish va bosh­qa masa­la­larda Fanlar akademiyasi hamda muta­­sad­di tash­ki­lotlar bilan o‘zaro ham­­korlikka oid ishlar rejalashtirildi.

Bokuda o‘tgan do‘stlik kunlari, ma’naviyat anjumani tom ma’noda ikki qardosh xalqning o‘zaro ehtirom va hurmatiga limmo-lim tarzda yakun topdi. O‘ylaymanki, bu qardoshlik tad­biri o‘zaro mushtarak maqsadlarni amalga oshirish, qondoshlik rishtalarini mustahkam bog‘lashga ilhom va kuch beradi.

Akmal SAIDOV, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596