Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.12.2024 | 13:34

img555

OMONATGA XIYONAT KECHIRILMAYDI

“Xalqimiz tabiatni “ona” deydi, yerni, suvni e’zozlaydi. Buning zamiridagi haqiqat hozirgi ekologik muammolar ta’sirida yaqqol namoyon bo‘lyapti.”

Aholi uchun farovon va xavfsiz, barqaror turmush tarzini yaratish, albatta, bosh masala. Biroq bunda taraqqiyot mezonlari sifatida sog‘lom ekologik muhit yaratish g‘oyasiga e’tibor qilmaslik mumkin emas. Chunki tabiat muvozanati buzilgan joyda hech qanday amaliyot samara bermaydi.

Atmosferaning ifloslanishi, tuproq degradatsiyasi, cho‘llanish, qum va tuz bo‘ronlari, iqlim o‘zgarishi, o‘simlik va hayvonot olami turlarining kamayib borayotgani, ichimlik suv tanqisligi, ozon qatlamining yemirilishi, oziq-ovqat xavfsizligi kabi o‘nlab muammolar qarshisida jahon hamjamiyati birgalikda yechim izlashi eng maqbul yondashuv ekani e’tirof etilmoqda. Ammo bunda, birinchi navbatda, har bir mamlakat miqyosida amalga oshiriladigan ishlarga jiddiy e’tibor qaratilmog‘i zarur.

Yashillik dunyoni qutqaradi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi mamlakatimiz ertangi kuni, xalqimizning sog‘lom kelajagi uchun, eng muhimi, hayotimizga xavf solib turgan global ekologik buhronlarga qarshi turishda samarali qalqon bo‘la oladigan hayotbaxsh harakat sifatida xalqaro darajada e’tirof etilmoqda. Bu ulkan loyiha shunchaki daraxt ekish aksiyasi emas. U mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan, kelgusi necha yuz yilliklarga daxldor bo‘lgan ulkan strategik vazifadir. Global isishdan, atmosfera havosi ifloslanishidan saqlovchi boshqa manba yo‘q bizda.

O‘tgan hafta davlatimiz rahbari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi daraxt ekish tadbirida qatnashib, xalqimiz uchun namuna ko‘rsatdi. Uch yil avval boshlangan bu xayrli ish allaqachon yurtimiz bo‘ylab chinakam xalq harakatiga aylandi. Poytaxtimizning Bektemir tumanidagi “Toshkent halqa yo‘li” bo‘yida yashil hududga asos solindi. Buning uchun 100 gektar yer ajratilgan bo‘lib, ikki yilda jami 100 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

Ularni parvarishlash uchun 3 ta sun’iy suv havzasi va 12 ta quduq barpo etildi.

Ushbu hudud Toshkent “yashil belbog‘”ining bir qismi bo‘ladi. Ya’ni, poytaxtimiz musaffo havosini ta’minlaydigan manba, inson omili tufayli atmosferaga chiqarilayotgan zaharli gazlarning tabiiy filtriga aylanadi. “Yashil makon” loyihasida har bir shahar atrofida mana shunday “yashil belbog‘”lar yaratilmoqda.

Bunday “yashil belbog‘”lar yaratishga, ayniqsa, Orolbo‘yi mintaqasi, xususan, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Orol dengizining qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlarini barpo etish ishlari izchil davom ettirilib, barpo etilgan “yashil qoplamalar” orasida ozuqaviy birligi yuqori, noan’anaviy, sho‘r va suvsizlikka chidamli bir yillik va ko‘p yillik o‘simliklar plantatsiyalari yaratish ko‘paytiriladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Xalqimiz tabiatni “ona” deydi, yerni, suvni e’zozlaydi. Buning zamiridagi haqiqat hozirgi ekologik muammolar ta’sirida yaqqol namoyon bo‘lyapti. Shuning uchun “Yashil makon” loyihasini boshladik. Kelgusi yil nomini ham atrof-muhitni asrash masalasiga bag‘ishladik. Endi bu tashabbuslar keng yoyilishi, ayniqsa, yoshlarimizga chuqur singishi zarur. Har bir xonadon, har bir korxona tabiatni asrashga hissa qo‘shishi kerak”, degan fikrlari tabiatimizga, xalqimiz kelajagiga befarq bo‘lmagan har bir yurtdoshimiz qalbida aks sado berdi, deb o‘ylayman.

Hozirgi kunda hech qaysi soha atrof-muhitdan ayro holda faoliyat yurita olmaydi. Sababi, atrof-muhit deganimiz, bu – biz nafas olayotgan havo, ichayotgan suvimiz, yashayotgan ona zaminimiz va undagi tirik mavjudotlardir. Bu “oltin halqa”ning uzilishi, ya’ni muvozanatning buzilishi har bir tirik organizm uchun halokatli bo‘lishi tayin.

Achinarlisi shundaki, shu paytgacha kuzatilgan ekologik falokatlarning aksariyati inson ta’sirida yuzaga kelgan. Odamzod o‘zi hayot kechirayotgan ekotizimning vayron bo‘lishiga eng katta “hissa qo‘shayotgan” omil bo‘lib turibdi. Bu – o‘zi o‘tirgan shoxni arralayotgan anoyining holatini eslatadi. Shu bois aholining ekologik savodxonligini tizimli ravishda oshirib borish, fuqarolarda ekologik madaniyatni shakllantirish, qonun va qonunosti hujjatlarida ekologik me’yorlarga amal qilinishini ta’minlash, ekologik huquqbuzarliklarga javobgarlikni kuchaytirish, ta’sirchan jazo mexanizmlarini qo‘llash kabi bir qancha dolzarb vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Birgina daraxtning noqonuniy kesilishi, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, o‘zboshimchalik bilan ov qilish, yirtqich hayvonlarni qonunga xilof ravishda tutqunlikda saqlash kabi yuzlab holatlarda jonkuyar yurtdoshlarimizning kuyunchaklik bilan qilgan murojaatlari ekotizimga yetkazilayotgan zararning bartaraf etilishiga sabab bo‘layotir. Bunda O‘zbekiston Ekologik partiyasining joylardagi mas’ullari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda faoliyat yurityapti.

Ona tabiat taqdiriga daxldorlik

Men shu soha ishini ozmi-ko‘pmi biladigan, shu tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan, sohaga oid ilmiy izlanishlardan birmuncha xabardor kishi sifatida bir narsani aytishim mumkin: tabiatni asrash biz uchun qadriyatga aylanmas ekan, inson ham, jamiyat ham taraqqiyotga erisha olmaydi.

Puxta ishlab chiqilgan qonunlar, huquqbuzarning javobgarlikka tortilishi, afsuski, muammoning uzil-kesil yechimi bo‘la olmasligi mumkin. Biz fuqarolarda qonunlarni hurmat qilish va ularga so‘zsiz rioya etish xususiyatini shakllantirishimiz juda muhim. O‘tgan yillar mobaynida qonun buzilishi bilan bog‘liq holatlar mas’ul rahbarlar faoliyatida ham kuzatildi. Katta-katta yashil maydonlarni butkul yo‘q qilib, o‘rniga ko‘p qavatli uy yoki ishlab chiqarish korxonasi qurish uchun ayrim shaxslarning ertani o‘ylamay qabul qilgan kaltabin qarorlari sabab bo‘ldi. Bunday holatlar xalqimiz uchun qimmatga tushdi. Oqibatlarini kelajakda ham yana ko‘rishimiz mumkin.

Biz bunga qarshi samarali jamoatchilik nazorati mexanizmini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish zarur deb hisoblaymiz. Bugun katta shaharlarimizda aholi nafas olishi uchun toza havo, hordiq chiqarishi uchun xiyobon va bog‘lar, yashil hududlar, parklar bo‘lishi, albatta, zarur.

Qolaversa, biz ota-bobolarimiz qadriyatlariga uyg‘un ravishda tabiiy va sog‘lom hayot tarzini yuqori tutishimiz kerak. Fuqarolarning piyoda sayr qilishi, velosipedda harakatlanishi, jozibali va har tomonlama qulay jamoat transportidan foydalanishi, oilada har bir yangi tug‘ilgan chaqaloqqa atab ko‘chat o‘tqazishi kabilar nafaqat ajdodlarimiz an’analariga sadoqat, balki bugungi va kelajak avlod oldidagi burchimiz, vazifamiz hamdir.

Biz ekologik ta’lim-tarbiyani oiladan boshlab, bog‘cha, maktab va oliy ta’limda izchil davom ettirish zarur, deganda aynan shuni nazarda tutamiz. Men shu soha ishini ozmi-ko‘pmi biladigan, shu tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan, sohaga oid ilmiy izlanishlardan birmuncha xabardor kishi sifatida bir narsani aytishim mumkin: tabiatni asrash biz uchun qadriyatga aylanmas ekan, inson ham, jamiyat ham taraqqiyotga erisha olmaydi.

Tabiat bizga ota-bobolardan qolgan meros emas. Aksincha, u kelajak avlodlarga asrab-avaylab yetkazib berishimiz kerak bo‘lgan omonatdir. Omonatga xiyonat esa kechirilmaydi.

Abdushukur HAMZAYEV,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari

“Jadid” gazetasining 2024-yil 29-noyabrdagi 49-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img79

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img595

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img593