Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.12.2024 | 15:25

img358

MUZEY OCHGAN OTAXON

Sakson yoshli otaxon jadid bobolarimizning chinakam targ‘ibotchisiga aylandi.

Yozyovonlik Ahmadjon Ismoilov keksalikni qalam tebratishdan boshladi. Vulqon tog‘lari ham uzoqdan sokin ko‘rinadi. Ammo uning tub-tubida tabiatni larzaga solishga qodir qaynoq lava portlashga hozirlik ko‘rayotgan bo‘ladi. Qahramonimiz ham bir umr ko‘z oldimizda yurib, “ochilur chog‘”ini kutib turgan ekanmi – ochildi-qoldi. Ketma-ket “Toshhovuz va toshhovuzliklar”, “Yozyovon ziyoratgohlari”, “Usta Mahmudjon domla”, “Qoriyi-saqqo azizlar”, “Yozyovon qomusi” kitoblari dunyo yuzini ko‘rdi.

Bu yog‘ini so‘rasangiz, o‘zlari Farg‘ona pedagogika institutining tarix-geografiya fakultetini bitirgan. Bir qancha muddat tumandagi 5-maktabda, 41-hunar-texnika bilim yurtida o‘qituvchi, ilmiy bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan. Bolalar va o‘smirlar uyida “Yosh o‘lkashunoslar” to‘garagini boshqargan. Xalq ta’limi bo‘limida yo‘riqchilik qilgan.

Shuningdek, u kishi birinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan izzatlangan nuroniylarimizdan. Eh-he, Ahmadjon Ismoilovning ichki olami bamisoli ochilmagan qo‘riq! Mana, bir misol: u kishi talabalik yillaridanoq mohir doirachi edi. Qadrdoni Tilavoldi Jo‘rayev qo‘shiq aytar, yonida Ahmadjon doirani gumbura-qars chalardi. U childirma chalganda Qahramon Dadayevning o‘zi bo‘lardi-qolardi!

Yana nima hunari bor dersiz? Shoshmay turing. “Yosh o‘lkashunoslar” to‘garagini boshqarganda o‘quvchi o‘g‘il-qizlar bilan safar xaltalarini yelkalab, vodiyning go‘zal va manzarali go‘shalarida chodir tikar, tinmay sayohat uyushtirardi. Yozyovondan Shohimardon tog‘larigacha, bu yog‘i Yordon cho‘qqilarigacha mototsiklda kezib chiqqan yosh sayohatchilar ushbu safarlarni unutadi, deysizmi?!

Ahmadjon Ismoilov biron yumushni qo‘l uchida, shunchaki, nomiga, o‘tdi-ketdi qabilida bajarmaydi. Chin ko‘ngildan, fidoyilik va jonkuyarlik bilan astoydil qiladi.

O‘z hovlisida, o‘g‘illari tomorqasida u ko‘kartirgan, hozir shig‘il hosilga kirgan limon, apelsin daraxtlarini ko‘rib, ko‘zingiz quvnaydi. U kishi sitrus ko‘chatlari yetishtirishning Yozyovonda eng ilg‘ori bo‘lganiga qirq yillar bo‘ldiyov. Yetishtirgan limon va apelsin ko‘chatlari doim bozorgir, xaridori ko‘p. U yaratgan limon sharbati butun Farg‘ona vodiysida dovrug‘li.

Keksa muallim ayni paytda jamoatchilik ishlari bilan band. Tuman hokimining xalq ta’limi bo‘yicha maslahatchisi, Yozyovondagi qirqta maktabning barchasiga borib ulguradi. Yosh muallimlarga maslahat beradi. Turli uchrashuv va tadbirlar boshida turadi. Yaqinda viloyat bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lib, Toshkent viloyatida joylashgan “Navbahor” sanatoriysiga yo‘llanma oldi.

Eng quvonarlisi, u kishi o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloq tarixidan hikoya qiluvchi muzey ochgan. Bu yer hamisha yoshlar bilan gavjum. Yaqinda “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev ham muzeyni ko‘rib, yuqori baholadi.

Ahmadjon akaning mahalla maslahatchilari guruhi, 34-maktab kuzatuv kengashi raisi sifatida o‘z vazifasini sidqidildan bajarayotganini mahalla ahli ham, maktab jamoasi ham e’tirof etadi.

Yozyovon nuroniylari sardori Obid hoji Isoqov tashabbusi bilan 60 nafar qariya ikki avtobusda Namangan tomonlarga, qadimiy Axsikentga sayohatga bordik. Yo‘l-yo‘lakay Ahmadjon aka doirani shunaqa gumburlatib chalib bordiki, uning chapdastligi va iste’dodiga hamma yana bir bor qoyil qoldi.

Tez-tez tuman kutubxonasiga borib turishini aytib o‘tmasak, bo‘lmas. Zotan, u kishi eng faol kitobxon. Mutolaadan bosh ko‘tarmaydi hisob!

Keyingi yillarda Ahmadjon Ismoilov jadid bobolarimizning chinakam targ‘ibotchisiga aylandi. Behbudiy, Munavvar qori, Avloniy, Fitrat, Cho‘lpon, Ibrat, Qodiriy kabi ma’rifatparvarlarimiz haqida to‘lqinlanib, ba’zan ko‘zda yosh bilan hikoya qiladi. “Jadidlar” she’ri uning oromini o‘g‘irlagan. 80 yoshli Ahmadjon bobo qaysi davraga borsa, shu she’rni aytib, olqishlar olmoqda.

Otaxonning g‘ayrat-u shijoatiga qoyil deymiz va uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz!

Malik Boy MUHAMMAD,
Yozyovon

“Jadid” gazetasining 2024-yil 29-noyabrdagi 49-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img605

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img603