06.12.2024 | 17:35
570
Nima uchun Van Gog oʻz qulogʻini kesib tashlagan?
1888-yil 23-dekabrda Fransiyaning Arl shahridagi kichik bir uyda barcha davrlarning eng mashhur rassomlaridan biri – Vinsent Van Gog gʻayrioddiy ravishda isitma holatida oʻz qulogʻini kesib tashladi.

Bu sanʼat tarixidagi eng mashhur voqealardan biri hisoblanadi. Ammo u nima sababdan bunday ishga qoʻl urdi?
Van Gog 1888-yilda rasm chizish uchun Arldagi “Sariq uy”ga koʻchib kelgan edi. Uning “Yotoqxona” nomli mashhur asari ham aynan shu yerda yaratilgan.

Van Gogning doʻsti va hamkasbi Pol Gogen bu yerga oktyabr oyida tashrif buyurishni rejalashtirgan edi. Van Gog oʻz doʻstiga yozgan maktubida Pont-Avendan Arlga boradigan yoʻlda Gogen “goʻzal kuz fasli choʻlgʻab olgan qishloqning bepoyon manzaralarini” koʻrishi kerakligini taʼkidlagan.
Van Gog, shuningdek, yaqinda koʻzlarining zoʻriqishi tufayli uyda qolishga va xonaning ichki qismini “Syora uslubida” chizishga majbur boʻlganini ham aytib oʻtdi. Bu asar “Yotoqxona” nomli rasm edi. Unda Van Gog “turli ranglar orqali toʻliq osoyishtalikni ifodalashni” maqsad qilgan edi.
Van Gog Gogen bilan bu va boshqa rasmlar haqida suhbatlashishni istayotganini aytdi va “koʻpincha men uyqusirayotgan odamdek ishlayman va nima qilayotganimni bilmayman” deya eʼtirof etdi.
Biroq Gogen va Van Gog koʻpincha sanʼatning mohiyati kabi ulugʻvor mavzular yuzasidan bahslashib qolardi. Asta-sekin ularning doʻstligiga putur yetdi.
Van Gogning qanday holatda qulogʻini kesib olgani maʼlum emas, ammo koʻplab mutaxassislar bu hodisa Gogen bilan boʻlgan katta janjaldan soʻng yuz bergan deb hisoblashadi. Hodisadan soʻng rassomni Arldagi kasalxonaga yotqizishgan.
Rassomning jismoniy va ruhiy sogʻligʻi yomonlashishda davom etdi va keyingi yili u fojiali ravishda oʻz joniga qasd qildi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
606
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
604



