Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 06:01

img795

LUG‘ATLAR — TIL XAZINABONI

“Devon-u lug‘otit turk”, mumtoz adabiyotimiz namoyandalarining, xususan, “Navoiy asarlari lug‘ati” (1972), “Alisher Navoiy asarlarining izohli lug‘ati” (to‘rt jildli, 1983-1985) bilan zamonaviy lug‘atlar orasida “xronologik” chegara o‘rnatish joizmikan? Mumtoz adabiyotimizda qo‘llanilgan so‘z va so‘z birikmalaridan tuzilgan maxsus lug‘atlar ham, albatta, kerak. Ammo baynalminal so‘zlar ko‘proq o‘rin olgan izohli lug‘atni eski va yangiga ajratmagan holda Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa mumtoz adabiyotimiz vakillarining asarlarida ishlatilgan barcha turkiy, shuningdek, o‘zbek tili­ga singib ketgan arabcha, forscha so‘zlarning aksariyatini umumiy o‘zbek tili izohli lug‘atiga kiritish har tomonlama foydali bo‘lardi.

Alisher Navoiy asarlari lug‘atidagi asru (juda ko‘p, g‘oyat), tegru (…gacha, qadar), o‘tru (qarshi, muqo­bil, ro‘para), aldaramoq (sarosima bo‘lmoq, dov­diramoq, shoshib qolish) va yana ko‘p­lab turkiy so‘zlarning ham ikki va besh jildli izohli lug‘atlarga kiritilmagani e’tirozga arzigulik hodisadir. Abdulla Oripov “Ilohiy komediya”ning “do‘zax” qismini tarjima qilish jarayonida XV-XX asrlardagi tilimiz boyligidan foydalangani bejiz emas.

“Ma’naviy masnaviy”ning oltinchi kitobini tarjima qilish jarayonida bir hikoyatdagi “xabar tashuvchilarning almashib miniladigan oti” ma’no­sini ifodalaydigan so‘zni lug‘atlarimizdan izlab topolmadim. Qizig‘i shundaki, “Masnaviy”ning avvalgi tarjimoni, “osonroq” yo‘lni tanlagan shekilli, asliyatdagi o‘sha so‘zni tarjima matnidan tushirib qo‘yaqolgan… Shoir, olim, tarjimon do‘sti­miz Alisher Sabriy yordamida “Devoni lug‘otit turk”da yuqoridagi ma’noni ang­latuvchi “ulag‘” so‘zi borligidan xabar topdim…

Uzoqqa bormaylik, o‘zimizdagi va Turkiyadagi lug‘at tuzish jarayonini qiyoslaydigan bo‘lsak, haligacha biz anglab yetmagan haqiqatlarga duch kelamiz. Turkiyada tahsil ko‘rayotgan hamyurtimiz, shoir va tarjimon Mirzohid Muzaffarning fikriga ko‘ra, 1930-yillarda Otaturk reformalaridan so‘ng turkchadan arabcha va forscha so‘zlar olib tash­lanadi hamda ularning o‘rnini to‘ldirish uchun iste’molda bo‘lmagan hamda shunchaki to‘qilgan bir talay so‘zlar uydiriladi. Bu sun’iy so‘zlar o‘sha yil­larda rasmiy lug‘atlarga kiritilgach, iste’molda singishib ketadi. Biroq Otaturk sekulyarizmiga (din yoki diniy aqidalarga nisbatan mo‘tadil muno­sabatda bo‘lish) qarshi musulmon qatlam arabcha so‘zlardan foyda­lanaveradi. O‘sha davrlarda ishla­tayotgan so‘zi orqali kishining qanday siyosiy qarashga mansubligi aniqlangan. Lug‘atlarni ikkita mus­taqil tashkilot – Madaniyat vazirligi va Turk Til Qo‘mitasi yaratgan. Qo‘mita lug‘at yaratish asnosida davlatning eng katta targ‘ibot-tashviqot mashi­nalaridan biri bo‘lib kelgan. Shuning uchun hukumatga siyosiy islomchi Erdo‘g‘an kelgach, Qo‘mitada ham arabcha va forschani yoqlaydigan dindor tilshunoslar faoliyat yuritgan. Aslida, avvalgi sekulyar lug‘atnavislarning qarashlarini ham butunlay oqlab bo‘lmaydi. Chunki ular turkchada hamma so‘z turkcha bo‘lishi kerak, degan maqsadda “avtobus” o‘rniga xalq mutlaqo tushunmaydigan oturgaçlı götürgerç (o‘tirg‘ichli oborg‘ich) kabi bema’ni so‘zlarni tiqishtirishgan. Shunga qaramay, “kompyuter” o‘rniga “bilgisayar” (ma’lumot sanov­chi), “samolyot” o‘rniga “uchoq” kabi so‘zlari xalq tiliga juda yaxshi o‘rnashgan.

Bu davrda asosan ikki raqib taraf bo‘lgan: Anqara va Istanbul tilshunoslari. Anqaradagilar otaturkchi bo‘lib, lug‘at qadimgi turkiy til, Qosh­g‘ariyga asoslanishi kerak, desa, Istanbul­dagilar: yo‘q, biz olti yuz yil saroy tili sifatida arabcha va forscha ishlatdik, ularning ham o‘z o‘rni bo‘lsin, deydi. Anchagacha Anqara maktabi lug‘at soha­si­ni monopoliyaga aylantiradi. Mehmet Fuod Ko‘prulizoda, Partav Noili Boratov kabi folklor­shunos turkologlar ham Anqara maktabi tarafida edi.

Turkiyada asosan ikki minginchi yillarda klas­sik adabiyotga urg‘u berilib, Erdo‘g‘anning diniy hukumatidan so‘ng Istanbul maktabining qo‘li baland kela boshlagan. Aynan Istanbul maktabi asosida turkcha va turk mumtoz adabiyotidagi arabcha hamda forscha suzlar lug‘ati, Kubbealtı Lügat shakllantirildi.

Turk tili izohli lug‘atining birmuncha mukam­malligiga sabab, bizningcha, mafkuraviy mo‘tadillik bo‘lsa kerak. Albatta, u yerda ham g‘oyaviy to‘qnashuvlar yo‘q emas. Ammo ularning eng katta omadi – mustamlaka bo‘lmaganida, ya’ni, hamma narsani o‘zlari belgilashgan, hech kim chetdan kelib aralasholmagan. Bundan tashqari, lug‘at labaratoriyalarida katta yozuvchilar ham ishlagan, yozuvchi so‘z yaratib uni ishlatadi, lug‘at esa tilshunosning ishi, degan alohida qoida bo‘lmagan.

Lug‘at tuzishda biz shevalardan deyarli voz kechganmiz, turklar esa lug‘atshunoslikka yetarli miqdorda mablag‘ ajratilgani uchun chek­ka viloyat­larga so‘z teruvchi ekspeditsiyalar jo‘na­tishgan. Natijada o‘sha chekka viloyatlarga xos sheva so‘zlari ham umumiy lug‘atga kiritilgan. Bizda til va lug‘atga oid masalalar bilan faqat tilshunoslar shug‘ullanadi. Turkiyada esa, sotsiolog, tarixchi, antropolog kabilar ham bu ishga safarbar qilinadi. Bilishimcha, tilshunoslikni bitirgan har bir talaba diplom olish uchun kamida o‘nta yangi so‘z yaratib, lug‘atga hissa qo‘shishi kerak ekan. Bizda esa bu ish o‘ta xususiylashtiriladi. Hatto Navoiy asarlari lug‘atini internetga o‘rnatish uchun ham Fanlar akademiyasidan ruxsat olish va yana allaqanday dahmazalar borligi g‘oyat achinarlidir.

Xullas, XI asrdan hozirga qadar yaratilgan asarlardagi barcha turkiy, shuningdek, tilimizga singib ketgan forsiy, arabiy hamda sheva so‘zlarining katta bir qismini kiritgan holda o‘zbek tilining yagona, umumiy lug‘atini yaratsak; so‘z boyligini oshirishda belgilangan ma’lum bir had-hududlardan voz kecha olsak, – jahon adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga o‘girishda ular bilan “bellasha oladigan” til boyligimiz yanada ravnaq topgan bo‘lardi.

Odil IKROM

2024-yil 16-fevral 8-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img97

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img610

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img607