Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 07:17

img280

BOBUR MIRZODA SO‘Z NISBATI

Keling, bir tajriba qilib ko‘raylik. Xo‘sh, o‘tgan mingyillik ichida tilimizda qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Bu jarayonni turli asrlarda yashagan mumtoz adabiyotimizning yirik vakillari asarlari asosida o‘rganishga harakat qilamiz:

XI ASR:

YUSUF XOS HOJIB. “Qutadg‘u bilig” asaridan:

“Сэвуг савчы ыḋты бағырсақ иḋи

Буḋунда талусы кишидә кәḋи”.

(Ma’nosi: Mehribon egam sevikli rasul yubordi,

(U) xalq orasida sarasi, kishilar orasida yaxshisi edi).

Mazkur baytda birortayam arab­cha yoki forscha so‘z yo‘q. Shuning uchun foiz hisobida:

– turkiy so‘zlar – 100%.

Qariyb olti yarim ming baytni o‘z ichiga olgan “Qutadg‘u bilig”dagi aksariyat baytlar xuddi shunday, asarda o‘zlashgan so‘zlar nihoyatda kam, taxminan 5-10 foizni tashkil etadi, deyish mumkin.

XIV ASR:

SAYFI SAROYI. “Gulistoni bit-turkiy” asaridan:

“Bu so‘zdan bir necha kun kechti dag‘i sultong‘a bir og‘ir dushman cheriki keldi. Bular dag‘i cherik yasab, qarshi yuridilar. Ikki cherik muqobil bo‘ldi. Avval maydong‘a sultonning ul qisqa bo‘yli o‘g‘li kirdi…”

Sayfi Saroyi asaridan olingan ushbu ko‘chirmada hammasi bo‘lib 31 so‘z bor. Shulardan:

– 25 so‘z (bu, so‘z, bir, necha, kun, kechti, dag‘i (2 marta), bir, og‘ir, cherik (3 marta), keldi, bular, yasab, qarshi, yuridilar, ikki, bo‘ldi, ul, qisqa, bo‘yli, o‘g‘li, kirdi) – turkiy (80,5%);

– 4 so‘z (avval, sulton (2 marta), muqobil) – arabiy (13%);

– 2 so‘z (dushman, maydon) – forsiy (6,5%).

Foiz hisobida:

– turkiy – 80,5%;

– arabiy – 13%;

– forsiy – 6,5%.

Bu nisbatlarni butun asarga nisbatan ham qo‘llash mumkin.

XV ASR:

ALISHER NAVOIY. “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” asari­dan:

“Va bu faqirni faqr tariqig‘a dalolat va irshod qilurlar erdi va nazm ayturg‘a targ‘ib ko‘rguzurlar erdi. Chun ul avqotda faqirning nazmlari Xurosonda shuhrat tutub erdi, alar dag‘i iltifot qilib, ba’zi abyotni ko‘p o‘qurlar erdi va majolisda xushvaqt bo‘lurlar erdi”.

Navoiy asaridan olingan ushbu parchada hammasi bo‘lib 39 so‘z ishlatilgan. Shulardan: 

– 17 so‘z (bu, qilurlar, erdi (5 marta), ayturg‘a, ko‘rguzurlar, ul, tutub, alar, dag‘i, qilib, ko‘p, o‘qurlar, bo‘lurlar) – turkiy (43,5%);

– 19 so‘z (va (4 marta), faqir (2 marta), faqr, tariq, dalolat, irshod, nazm (2 marta), targ‘ib, avqot, shuhrat, iltifot, ba’zi, abyot, majolis) – arabiy (49%);

– 2 so‘z (chun, Xuroson) – forsiy (5%);

– 1 so‘z (xushvaqt) – forsiy+ arabiy (2,5%).

Foiz hisobida:

– turkiy – 43,5%;

– arabiy – 49%;

– forsiy – 5%;

– forsiy+arabiy – 2,5%.

Bu nisbatlarni butun asarga nisbatan ham qo‘llash mumkin.

XV ASR OXIRI — XVI ASR BOSHI:

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR. “Boburnoma” asaridan:

“Bizning cherik va mo‘g‘ul cheriki xabar topib, bir pora kishini ot yalang‘ochlanturub, suvdin ke­chur­­di­lar, ko‘mak kelganlar olda­rab kemani yuqqori tortmay kechgan yeridin-o‘q qo‘yaberdilar. Qo‘r­g‘ong‘a o‘ta olmay quyi tushtilar. Biz­ning cherik va mo‘g‘ul cheriki tush-­tushdin ot yalang‘ochlab kira bosh­la­di­lar. Kemadagilar hech urusha olma­di­lar”.

“Boburnoma”dan olingan ushbu parchada 42 so‘z ishlatilgan. Shu­lardan:

– 37 so‘z (bizning (2 marta), cherik (4 marta), mo‘g‘ul (2 marta), topib, bir, kishi, ot (2 marta), yalan­g‘ochlanturub, suv, kechurdilar, ko‘mak, kelganlar, oldarab, kema (2 marta), yuqqori, tortmay, kechgan, yeridin-o‘q, qo‘yaberdilar, qo‘rg‘on, o‘ta, olmay, quyi, tushtilar, tush-tushdin, yalang‘ochlab, kira, bosh­ladilar, urusha, olmadilar) – turkiy (88%);

– 3 so‘z (va (2 marta), xabar) – arabiy (7%);

– 2 so‘z (pora, hech) – forsiy (5%);

Foiz hisobida:

– turkiy – 88%;

– arabiy – 7%;

– forsiy – 5%.

Bu nisbatlarni butun asarga nisbatan ham qo‘llash mumkin.

XIX ASR:

MUHAMMADRIZO OGAHIY (1809–1894). “Jomeal-voqeoti sultoniy” asaridan:

“Va tonglasi dushanba kuni tali’ai subhdin so‘ng ul hazrat ba’zi sarkardalarning xizmat va g‘ayrat umurida bag‘oyat kohil va noqobil erdilar, tug‘larin olib, umaroyi ezom va sipahdori kiromdin ba’zi sado­qatandesh va shijoatkesh mulo­zimlarg‘a in’om qildilar”.

Ogahiy asaridan keltirilgan ushbu jumlada 34 so‘z ishlatilgan. Shulardan:

– 8 so‘z (tonglasi, kuni, so‘ng, ul, erdilar, tug‘larin, olib, qildilar) – turkiy (23,5%);

– 19 so‘z (va (5 marta), tali’ai, subh, hazrat, ba’zi (2 marta), xizmat, g‘ayrat, umur, kohil, umaro, ezom, kirom, mulozim, in’om) – arabiy (56%);

– 3 so‘z (dushanba, sarkarda, sipahdor) – forsiy (9%);

– 4 so‘z (bag‘oyat, noqobil, sado­qatandesh, shijoatkesh) – arabiy+forsiy (11,5%).

Foiz hisobida:

– turkiy – 23,5%;

– arabiy – 56%;

– forsiy – 9%;

– arabiy+forsiy – 11,5%.

Bu nisbatlarni butun asarga nisbatan ham qo‘llash mumkin. 

Misollardan ko‘rinadiki, deylik, ming yil oldin yashagan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida arabiy, forsiy so‘zlar taxminan 5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Navoiyda bu ko‘rsatkich 56,5 foiz (turkiy so‘zlar – 43,5%), Ogahiydan keltirilgan parchada esa o‘zlashgan arabiy-forsiy so‘zlar – 86,5 foizni (turkiy so‘zlar – 23,5%) tashkil etyapti. Ogahiyda forscha so‘zlar ham ko‘p emas (9%); bundan ko‘ri­nadiki, so‘nggi asrlarda tilimizda asosan arabiy so‘zlar (arabiy – 56%; arabiy+forsiy – 11,5%) ko‘paygan. Ogahiy o‘z asarida taxminan

23-25% turkiy so‘zlardan foyda­lan­gan ekan.

Misollardan ham ayonki, yoz­ma adabiyotimizda yildan-yil­ga, asrdan-asrga o‘tgan sari sof turkiy so‘zlar kamayib, arabiy so‘z­lar miqdori oshib borgan. Bu­ning oqibatida, albatta, juda ko‘p turkiy so‘zlar arxaiklashgan, ko‘p hollarda arabiy-forsiy so‘z­lar ularni iste’moldan siqib chi­qar­gan. Yaxshiyamki, ko‘pgina so‘z­lari­miz oddiy xalq so‘zlashuv tili­da, sheva­larda, xalq kitoblarida saq­lanib qolgan.

Tilga e’tibor borasida Bobur ijodi tahsinga sazovor. Yuqorida keltirilgan misolimizda Bobur 88 foiz turkiy so‘zlardan foydalangan, uning lug‘atida (yuqoridagi misol­da) arabiy so‘zlar – 7 foiz (bor-yo‘g‘i 3 so‘z) va forsiy so‘zlar ham 5 foizni (atigi 2 so‘z) tashkil etgan. Meningcha, “Boburnoma” tilining jozibadorligi, samimiyati, sehri ham shunda bo‘lsa kerak.

Abduvohid HAYIT

2024-yil 16-fevral 8-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img84

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img599

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img597