Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.12.2024 | 11:25

img697

NЕGA SHOIRLAR DЕVONA BO‘LADILAR?

Cho‘lpon so‘zi bilan ishi doimo bir bo‘lgan odamlar toifasiga kiradi. U bir yilning o‘zida bir millat tomonidan qilingan ikki inqilob va’da etgan ozodlik g‘oyasiga chin dildan ishongan va unga behad umid bog‘lagan sof ko‘ngilli millim ziyolilardan edi. Qanchalar orzu qilgan edi va qanchalar kutgan edi bu xalqlarga ijtimoiy ozodlikni!

Bugun Cho‘lponning barcha asarlarini diqqatimizni qo‘yib xotirjam o‘qishga muyassar bo‘lib shunday xulosaga kelamizki, hech kim ozodlikni Cho‘lponchalik sevmagandi. Hech kim ozodlikni Cho‘lponchalik o‘ylamagandi. Hech kim ozodlikni Cho‘lponchalik dilga tugmagandi. Qon tomirlari, har bir aql va zarif hujayralariga singdirmagandir. U yurtning talon bo‘lgan vayronagarchiliklarga ko‘milgan, xalqi giryon va to‘zg‘igan, taraqqiyot qopqoqdari uzoq zamonlarga yopilgan, tuproqqa qorishgan tarixini juda teran bilardi.

Cho‘lpon o‘z xalqining tiklanishi, qad rostlashi, ma’naviy o‘sishini faqat va faqat ozodlik bilan bog‘lardi. Xalqning kelajagini ozodliksiz tasavvur qilmasdi. Zabunlikdan, xorlikdan, qaramlikdan, turli yo‘sipdagi kamsitishlardan xalqni faqat ozodlik qutqaradi deb qattiq ishonardi.

Uning xayolini shuning uchun ozodlik fikri juda erta band etdi. Ozodlik uning xayoli-oromiii o‘pf ladi. U butun hayotini ozodlikka bag‘ishladi. Ozodlik orzusi Cho‘lponni shoir qildi.

Cho‘lponning ozodlik orzusidan holi, ozodlik fikridan holi bir qator so‘zi yo‘q. Bir dona she’ri yo‘q. Uning muhabbat haqidagi eng intim, eng tuyg‘uli she’rlarida ham ozodlik, ozod inson haqidagi fikr markazda turadi. Cho‘lponni necha zamoy rasmiy mafkura millatchilik va millatparastlikda ayblab keldi. Lekin shoirning millatchiligi uning ozodlikni sog‘inishidir.

Men ozodlikni sevganlar xalqqa va o‘z yurtiga dushman bo‘lganliklarini ko‘rgan emasman.
Men ozodlikni sevgan odamlar g‘alamis, qallob, xudbin bo‘lganliklarini ko‘rgan emasman.

Men ozodlikni sevgan odamlar o‘z yo‘llaridan chekinganliklari, tonganliklari, xiyonat yo‘liga kirganliklarini ko‘rgan emasman. Ozodlikni sevgan odamlar yurtni sotganlar, elni talaganlarga yordam berganliklari va madadkor bo‘lganliklarini ko‘rgan emasman. Ozodlikni sevgan odamlar har yerda xalq orasida eng olijanob, eng vijdonli, eng madaniy, eng insonparvar odam bo‘lganliklarini bilaman.

Ular uchun ozodlik shirin jondan ham shirinroq. Ozodlik degan gulgun yoshlar o‘zlarini tanklar tagiga tashlab, Vatanlarini toptalishdan asrayotganliklarini ko‘rib, guvohi bo‘lib turibmiz. Ozodlik istagini allakimlar fanatizm deb tushuntirishni istaydilar. Lekin ozodlik istagi eng oliy istak. Shu ma’noda Cho‘lpon ozodlikni orifi, oshiqi, odili edi.

Uni yigirmanchi yildan so‘ng yozgan she’rlarida umid va umidsizlik fojiali suratda faryod chekib yotadi. Inqiloblar va’da qilgan ozodlikdan uch yil, to‘rt yil, besh yil, o‘n yil o‘tib xam mutlaqo darak yo‘q edi. Ozodlik g‘oyasi xalqlarning qon seliga g‘arq qilingan edi. Cho‘lpon kishanlarning eskilari ham, yangilari ham nechog‘li mustahkamligini ko‘rdi. Hech qachon ozodlik fikri bunchalar ayanchli va fojiali ahvolga tushmagan edi.

Cho‘lpon sevgani ozodlikning bu qadar toptalganini ko‘rib telba bo‘lar holga yetdi. U erkinlikning zavolini ko‘rib ham, erkinlik umidi bilan yashadi. Bu davrdagi ko‘pgina she’rlarida Cho‘lnon o‘zini galdir, devona, qalandar, telba, jinlanayotgan shoir kabi tanishtiradi. Oshiqlikda o‘ta ahvolga yetganlar albatta devonadirlar. Lekin bu devonalar odamzodning eng yaxshilaridir.

Men dutor bilan tug‘ishgan ko‘hna bir devonaman,
Ul tug‘ishg‘onim bilan bir o‘tda doim yonaman, —

deydi mashhur quyma she’rida Cho‘lpon. Bu mashrabona bayt odamning tilida bol kabi eriydi. Cho‘lpon dutorni emas, o‘zini devona deydi. Lekin devona bilan tug‘ishgan devona bo‘lmaganligini kim ko‘rgan? Bular bir o‘tda — ozodlik ishqi o‘tida yoiadigan ikki telbadir. Ikki shoirdir. Faqat birining oti — dutor, ikkinchisining oti — Cho‘lpon.

Dillarida g‘am to‘la bechoralarga yorman,
Vaqti xush, g‘am ko‘rmaganlardan tamom bezorman.

Ozodlik o‘tida kuygan odamning o‘zi kabi bechoralarga yor bo‘lmasligi mumkinmi? Asil maqsadlariga yetmagan odamlarga vaqti xushlik, o‘yin-kulgilar masxaravozlik bo‘lib tuyuladi. Shoir — oshiq adolatsiz dunyodan qochib dutorning pardalariga yashirinmoqni istaydi. Pardalar kuy chalganda, parda ostidan to‘xtovsiz nolalar eshitiladi.

Ha, o‘z paytida xech kim xalq ozodligi uchun Cho‘lponchalik qayg‘urmagan, hech kim unchalik olamni ozodlik nolalariga to‘ldirmagan. Nasllar Cho‘lpon oldida qarzdordirlar. Ozodlik — Cho‘lponning ilhomi, muhabbati. U ilhom haqida so‘ylasa, ozodlik haqida so‘ylagan, muhabbati ustida so‘z yuritsa, ozodlikni o‘ylagan bo‘ladi. Cho‘lponning Malak deb atalmish ajib bir shoirona siymosi bor. Uning she’rlarida ushbu Malak g‘oyatda snrli va g‘oyatda sururli, dilni, ko‘zni oshufta etguvchi liboslar kiyadi. Bu kabi Malak Pushkinda bormidi, Lermontovda bormidi, Bayronda bormidi, Geyneda bormidi, Sa’diyda, hazrat Navoiyda bormidi, bilmadim. Lekin shuni bilamanki, chin she’riyat istiqomat qilgan va istiqomat qilayotgan joyda, chin she’r tug‘iladigan va tug‘ilgan yerda Malak, albatta, bo‘ladi. Qanotlari bilan doim shoir qoshlarini siypab turadi. Shoir dilga ilohiy so‘zlarni shivirlab turadi. Shoir qulog‘iga Ibrohim alayhissalom, Muso alayhissalom, Dovud alayhissalom, Iso alayhissalom, Muhammad alayhissalom va ulardan ham ko‘z yetmas olislardai ruhni sarafroz etguvchi qo‘ng‘iroq saslarini olib keladi.

Ana shu Malak Cho‘lpon she’riyatining madadkori, uni asrovchi, yetaklovchi, sarbaland ruhiy makonlarga olib chiqquvchidir. Ha, bu Malak shivirlay boshlaganda, Cho‘lpon she’rlari sehrlanadi. So‘zlar fusunkor bir musiqa bilan qovushadi.

Ko‘ngildagi muhabbatning uchqunin
Xayolimning bir burchida berkitdim, —

deb boshlaydi «Xayoliy» she’rini Cho‘lpon. Men bu so‘zlarning sirli og‘ushini ochmaslik kerakmikin, deb ishtiboh qilaman.

She’rni tahlil qilish juda ham go‘zal qizning kiprigini sanash bilan baravar. Kiprik sanashga berilib ketib, go‘zallikning asl mohiyatidan bexabar qolib ketasiz.

Shoir bu nozik satrlarda «ko‘ngil» bilan «xayol»ni farqlaydi. Biz o‘ylaymizki, ko‘ngilda bor narsa xayolda ham o‘z-o‘zidai bo‘ladi-ku! Lekin muhabbat xayolda emas, ko‘ngilda oshyon quradi Ko‘ngil — mulk. Mulkning egasi esa muhabbat. Ammo xayol ko‘ngil ustida turadi. Xayol jahonni bir soniyada qamrab olishga qodir. Shu xayol ichiga intihosi yo‘q orzular ham kiradi. Ko‘ngil — quyi mulk. Xayol yuksakdagi mulk. Shoir muhabbati uchqunlarini quyi mulkdan oliy mulkka — harakatlar amalga kiradigan mulkka olib chiqadi. Muhabbatning bir uchquni bilan xayol dunyosining cheksizliklarini yoritish, munavvar qilish va agar imkon yaralsa, uning harakatsiz, behosil puchmoqlarini portlatishni istaydi.

Shoir aytayotgan bu muhabbat ozodlikdir. Ozodlik uchqunlari asli zulmatlarni yoritadigan mash’allar yoqmog‘i joiz. Lekin yigirmanchi yillar boshlanganda mash’allar yoqilmadi. Zulmatlar yorimadi. Ozodlik uchqunlari yo‘liga zo‘ravonlik to‘g‘onlari qo‘yildi. Xayotda alanga olmagan uchqunlar shoir siynasini to‘xtovsiz kuydirishdan o‘zga narsaga yaramadi. Shoirning xayoli va kechinmalari juda fojiali tus oladi:

Qulog‘imga, ol baxt, deb eshitilgan
Azonlarni shaytoniy deb o‘yladim.
Shuning uchun baxt bergan malakka
Turli-tuman afsonalar so‘yladim…

Cho‘lpon ozodlik sarobga do‘ngani, u aldov va makr to‘zonlari ichra ko‘milib ketgani, shaytonning azoni kabi ishonib bo‘lmas bir narsaga aylanganini shunday tasavvur qiladi. Malak esa uning ko‘z o‘ngida oqib borayotgan cheksiz qonli daryo manzarasini gavdalantiradi. Shayton esa baxting, taxting shu qonli zardob daryoda deb shoirni vasvasaga soladi. Shoir uni jonholatda quvadi. «Ket, ey shayton… Ket-ket. Qilich singan, qalqon teshilgan. Ko‘rasanmi? Men ezilgan yotaman. Ustimga-da balo tog‘i yog‘ilgan…» Shunday holda Cho‘lpon yana, baribir, yolg‘iz Malakdan — ya’ni ozodlikdan madad o‘tinadi. U esa ro‘yxush bermay devona qiladi shoirni…

Ibrohim G‘AFUROV
«Dil erkinligi» kitobidan


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img602

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600