Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.12.2025 | 15:07

img736

“…KO‘NGIL BOGʻIMDA…”

Muallifi aytilmasa ham satrlari allaqachon xalq mulkiga aylangan, ya’nikim, mangulikka muhrlangan shoirlar bor. “Alpomish”ni kim yozganini bilamizmi? “Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak”ka kim mualliflik huquqini da’vo qiladi?

Ba’zan kitobxonlik saviyasi past deb goh kattalardan, goh yoshlardan yozg‘irib qolamiz. Lekin adabiyotdan so‘z ochsangiz “bilmayman” deb yelka qisadiganlar ham “Vodiylarni yayov kezganda” deb boshlasangiz, albatta, “Bir ajib his bor edi manda” deya davom ettirib ketadi. Xuddi shu hol quyidagi satrlarda ham takrorlanishiga aminman:

Eng gullagan yoshlik chog‘imda,
Sen ochilding ko‘ngil bog‘imda…

* * *

Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi…

* * *

Xayolimda bo‘lding uzzu-kun,
Seni izlab qirg‘oqqa bordim…

Endi, xolisanillo aytganda, bir shoirdan bashariyatga va abadiyatga qolsa, uch-to‘rtta she’r qoladi. Shuyam kimga nasib qiladi, kimga yo‘q. Hamid Olimjon ana shunday baxtli ijodkorlardan.

“Shodlik va baxt kuychisi” deb sharaflanadigan shoirni murakkab davrning po‘rtanalari beayov iskanjaga olganini bilamiz. Gyote “Hatto qabr yoqasida ham umid yashaydi”, deb yozgandi. Hamid Olimjon XX asrning 30-40-yillarida o‘zbek she’riyatida ana shu umid shamini tutgan ijodkorlardan bo‘ldi. U shaxsiy dardlarini, g‘am-alamlarini elga doston qilmadi. O‘zi shundoq ham kulrang va qora ranglarga burkangan hayotda ezilayotgan xalqi qalbiga toza nur taratdi.

Cho‘lpon “Muhit kuchli ekan, egdim bo‘ynimni”, deya qog‘oz qoralagani bor gap. Ammo yolg‘izmidi u? Oybek, G‘afur G‘ulom, Mirtemir, Maqsud Shayxzoda… ham shu safda edi. U paytlar zamon shunday edi.

Erix Mariya Remarkning “Qaytish” romanida kichik epizod bor: urushdan qaytgan askarlarni frontortida yurgan o‘smirlar kalaka qilib, ularga hujum qiladi. Mustamlaka davrida qalam tebratgan shoir-yozuvchilarning ijodini, harakatlari yoki harakatsizligini bugundan, omon-omon zamondan turib to‘g‘ri baholay olyapmizmi? Ularga ijtimoiy tarmoqlarda, hatto, asarlarida ochiqchasiga tosh otayotganlarning ma’naviy haqqi bormi bunga? Agar o‘shalarning o‘zi o‘sha davrda yashaganda qanday yo‘l tutardi?

Ustozlar aytadiki, “Ijodkorga uning hayoti va faoliyatiga qarab emas, asl ijod mahsullariga qarab baho berish kerak. Ijodkorning yuragi, haqiqiy qiyofasi o‘sha yerda ochiladi. Qolaversa, aslida nima bo‘lganini hech kim bilmaydi. Qog‘ozlarga kelsak, ularni to‘ldirganlar ham mustamlakachilarning o‘zi edi”.

Shoir she’rlarini sinchiklab qarasak, Hamid Olimjonning baxt va shodlik kuychisi ekaniga ham ishonging kelmaydi. Deyarli har bir she’rida ichki mung, iztirob yotadi. Bu xuddi yuzi kulib, ko‘zida yosh aylanib turgan odam qiyofasini esga soladi:

Ko‘zi yoshliqlarning bordir yo‘ldoshi…

* * *

Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.

* * *

Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham
yanog‘ing uzra xol bo‘lsam…

Hamid Olimjon qish faslida tug‘ildi. Shoirning umri mustamlaka zulmati va qahratonida o‘tdi. Lekin shoir bularni ijodiga yo‘latmadi. Agar Hamid Olimjon ijodi suratga solinsa, albatta, bahor manzarasi hosil bo‘lardi. Ko‘klamning ne’matlaridan bahra olish barobarida uning seli, toshqini, ko‘chkisi, gulduraklaridan ham yuz o‘girmaslik kerak. Alisher Navoiy lutf etgani kabi: “Aningdek qish ichra muningdek bahor”.

O‘ktam HAMRAALI

“Jadid” gazetasining 2025-yil 12-dekabrdagi 50-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img593

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img591