13.01.2025 | 15:55
789
YOSHLARGA MUROJAAT
Bizni Turkiston va Buxoroda bir sinf muhtaram yoshlar mavjudki, hukumat mahkamalarida: tijoratxona, banka va korxonalarda kotib, tarjimon, molfurush va dallollik yoki nasiyachilik ila mashg‘uldirlar. Bu sinf ahlining adadi bugun Buxoro va Turkistonda minglarchadir.

Ana yoshlarga murojaatdan murod shu sinf ahlidan bo‘lgan hamvatanlarimizga bir necha kalima arz qilmoqdir. Lutfan so‘zimizni tinglasalar, deb iltijo qilamiz. Va kamoli ehtirom ila ul janoblarga bayon qilarmizki, sizlardan aksaringiz savqi qadar va yoki savqi tabiati ila bir nav’i bo‘lib, ruscha bir oz o‘qib-yozmoqqa va yoki faqat so‘ylamoqqa qodir bo‘libsiz. Va bu ozgina zamoniy bilgi sababidan vazifa olib, yengillik va bir oz rafohiyat ila umr o‘tkazasizki, Tangrim ziyoda etsin!
Sizlarning ozgina zamona ilmini bilganingiz, albatta, naf’ keltirdi va alhamdulilloh, dini mubinga ham yaxshi mu’taqidsiz va bu zamona ilmi e’tiqodingizni buzmadi. Zotan islomiyat shunday bir dini matin va qobili taraqqiydirki, na qadar zamona ilmini ko‘p o‘qisa, insonning dini islomda aqidasi shuncha mustahkam bo‘ladi. Chunonchi, zamona ilmini ko‘p o‘qigan Ovrupo olimlarining eng nomdor va davlatliklaridan musulmon bo‘lub turganlari jaridaxonlarga ma’lumdir. Bas, sabab bo‘ldiki, ilmi zamoniy islomiyatga zarar qilmoq nari tursun, foyda etar, endi matlabga kelaylik.
Muhtaram birodarlar! Siz xizmat qiladigan doiralarda sizdan katta va sizdan oz ishlaydigan va sizlarga ish buyuradigan kishilar borki, sizdan besh, hatto, yigirma daf’a ziyoda vazifa olur (ba’zi bank va tijoratxonalarda oyda besh yuz so‘m, hatto ming so‘m oladigan kishilar bor va ularning tijorat maktabida o‘qigani besh-olti yilginadir). Buning sababi nima? Sizning qo‘l ostingizda sizdan ko‘p ishlaydigan va qattiq xizmat qiladigan va yuk ko‘taradigan musulmon va yo o‘rislar borki, sizdan ham oz vazifa oladi. Buning sababi nima? Albatta, bunga javob berasizki, bizning ustimizdan qaraydiganlarning “ilmi zamoniy”si bizdan ziyoda va mehnatkashlarning ilmi bizga ham emas. Mana sabab shudir.
Biz ham dermizki, javobingiz durust. Bas, ma’lum bo‘ldiki, hozirgi zamon ishlariga xoh tijorat, hukumat va sanoatxonalarga bo‘lsin, kirib vazifa olmoq va ish qilmoqqa ilmi zamoniy degan nimarsa lozim ekan va har kim baqadri bilgusi vazifa olar ekan.
Bas, siz muhtaramlar ham o‘z avlodingizni va aziz bolalaringizni, agarda xohlasangizki, sizdan ko‘ra taraqqiy etsa, din va millatga xizmat etsa (din va millatga xizmat ilm va aqcha ila bo‘lar). Shu ilmi zamoniyni tahsil qilmoq uchun harakat qilmog‘ingiz lozim. Hamvatanlarimiz mulkini sotib to‘y qilganidek, siz ham hatto, lozim bo‘lganda mulkingizni sotsangiz-da, o‘g‘lingizni zamonga mos o‘qishiga harakat qilsangiz. To‘yga isrof qilinadigan aqchalarni o‘qimoq yo‘liga sarf qilsangiz!..
Mahmudxo‘ja BEHBUDIY
“Oyina” jurnali, 1914-yil 21-son
“Jadid” gazetasining 2025-yil 10-yanvardagi 2-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599



