24.12.2024 | 09:27
322
YOSHLARGA YELKA TUTGAN USTOZ
Bugunning muammolari ko‘p. Lekin ertaning muammolari yanayam ko‘p bo‘ladi. Bu – hayot qonuni. Unga qarshi borib bo‘lmaydi. Biroq yurtimizda fozil jamiyat qurmoqni niyat qilib, shu yo‘lda katta islohotlar boshlagan ekanmiz, yana bir juda oddiy haqiqatni ham tan olishimiz darkor. Ya’ni, ertaning muammolariga biz – bugunning odamlari emas, kelajak avlodlar duch kelishini hisobga olib, yosh avlodni kelajakka hozirdan tayyorlashni yo‘lga qo‘yishimiz shart.

Insonning kelajakni o‘ylab oldinga qo‘yadigan eng katta va to‘g‘ri qadami farzandlariga kuchli bilim va to‘g‘ri tarbiya berishdir, degan aksioma bor. Shu fikrni davlatga, jamiyatga nisbatan ham tatbiq qilsa bo‘ladi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni kuchli bilim va milliy mentalitetimizga mos tarbiya bilan qurollantirsak, jamiyatimizning ertangi kunidan bexavotir bo‘lamiz.
Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan Mirzo Ulug‘bek jamg‘armasi Uchinchi Renessans ostonasida turgan O‘zbekistonning shu asosiy ehtiyojiga javob tarzida tashkil etilgan. Jamg‘armaning asosiy maqsadlaridan biri yoshlarning muhim tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni ilmiy-texnik, innovatsion faoliyatga keng jalb qilishdan iborat. Shu asnoda chekka hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib, ularning innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish, pirovard natijada iqtidorli yoshlar uchun ijtimoiy lift vazifasini o‘tashga jiddiy e’tibor qaratiladi.
Soddaroq aytganda, mazkur jamg‘arma yoshlarning ko‘nglini o‘stirish va ularni qarshisida hamma yo‘llar ochiq ekaniga ishontirish uchun tashkil etilgan. Jamg‘arma yoshlarga ham moddiy, ham ma’naviy tirgak vazifasini o‘taydi. Joriy yilda o‘tkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovida nufuzli komissiya tomonidan tumanlarning har biridan 5 nafardan, viloyat bosqichida har bir viloyatdan 20 nafardan hamda respublika bosqichida 100 nafar, jami mingga yaqin g‘olib aniqlandi. Ularning barchasi moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shu tariqa eng innovatsion loyiha va g‘oya mualliflari kashf etilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatildi. Muhimi, yoshlar yolg‘iz emasligini, harakat qilsa, ortida qo‘llovchilari borligini his qilishdi, shunga ishonch hosil qilishdi.
Ulug‘bek jamg‘armasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorligida zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida axborot texnologiyalari sohasida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” deb nomlangan tayyorlov o‘quv kurslari tashkil etilgani ham yoshlarga yaratilgan yana bir imkoniyat o‘laroq qabul qilinmoqda.

Kezi kelganda olis hududlardagi maktab o‘quvchilarining bilimini yanada mustahkamlash maqsadida “Mirzo Ulug‘bek” onlayn maktablari tashkil etilgani, ularda mamlakatimizning kimyo, biologiya, ingliz tili va matematika fanlaridan eng kuchli mutaxassis va olimlari onlayn dars berayotganini ham alohida qayd etish lozim.
Jamg‘arma tashkilotchiligi va shafeligida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘laylik” mavzusidagi insholar tanlovi, “Havaskor zakovatchilar” intellektual musobaqasi hamda yangi tashkil etilgan “Taraqqiyot” ilmiy-amaliy jurnalining faoliyati ham mamlakatning kelajagini ta’min etadigan yosh iste’dodlarni kashf etishga yo‘naltirilgan.
Bu kabi kelajakni ko‘zlagan ishlar boshida turgan kishi – katta bilim va boy hayotiy tajribaga ega donishmand oqsoqollardan biri sifatida tanilgan Oqil Umrzoqovich Salimovni juda ko‘pchilik o‘ziga ustoz deb biladi. Yoshi to‘qsondan o‘tib, yuzni qoralagan damlarda ham jonining tinchini emas, el-yurtning kelajagini o‘ylab yashayotgan va ishlayotgan bu tabarruk inson shu kunlarda yoshlarga qo‘shilib yana bir yoshga ulg‘aydim, deb turibdi. Shu o‘rinda u kishiga barcha shogirdlarining ezgu tilaklarini yetkazish barobarida, elga kamarbasta umringiz ziyoda bo‘lsin, muhtaram ustoz, deymiz.
Musulmon NAMOZ
“Jadid” gazetasining 2024-yil 20-dekabrdagi 52-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



