Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


28.01.2025 | 10:06

img444

IJOD VA FAN MAJNUNLARI

Oybek va Naim Karimov. Bu ikki ism ko‘p o‘rinlarda ketma-ket kelishi bejiz emas. Chunki adib Oybek ijodi va shaxsiyati haqidagi aksar tadqiqotlar, fundamental kitoblar olim nomi bilan bog‘liq bo‘lsa, adabiyotshunos Naim Karimov ilmiy faoliyatining salmoqli qismi bevosita Oybek fenomeni, uning ijodiy laboratoriyasi xususidadir. Poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida o‘zbek adabiyoti va fanining ana shu ikki buyuk vakili – Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek hamda Naim Karimov hayoti va faoliyatidan hikoya qiluvchi ikkita hujjatli film taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Moskvalik bir arman injeneri O‘zbekiston xalq yozuvchisi, akademik Oybekka yozgan maktubda shunday satrlar bor: “O‘zi Navoiyga o‘xshamagan adib Navoiy haqida bunday romanni yozolmagan bo‘lardi”. Yozuvchining “Navoiy”, “Qutlug‘ qon”, “Ulug‘ yo‘l”, “Oltin vodiydan shabadalar”, “Quyosh qoraymas” kabi epik asarlari, doston va qissalari, tarjima dramalari, jamoatchilik faoliyati boshqa yozuvchilar, ayniqsa, yosh ijodkorlar uchun ijod dorilfununi bo‘lib qoldi.

Xalqimizning shunday buyuk namoyandalaridan yana biri, taniqli yozuvchi “Oybekning ma’naviy izdoshi” (Xurshid Do‘stmuhamedov ta’biri), yigirmanchi asr o‘zbek adabiyotshunosligining yirik vakili, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, akademik Naim Karimovdir. Olim haqiqiy fidoyilik ko‘rsatib ishladi va yashadi. Shu ma’noda, u kishini o‘zbek adabiyotining tirik ensiklopediyasi edi, deyish mumkin.

Taqdimotda dastlab atoqli ijodkor adib tavalludining 120 yilligi munosabati bilan “Oybek” nomli hujjatli film namoyish etildi. Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan “Bayram film” MChJ studiyasi tomonidan “Xalq yuragi” turkumi doirasida suratga olingan mazkur filmning ssenariy muallifi va rejissyori Eljon Abbosov. Zarifa Saidnosirova tilidan aytilgan matnlarni taniqli san’atkor Lola Eltoyeva o‘qigan. Akademik Naim Karimovga bag‘ishlangan film esa “Ilm majnuni” deb nomlanib, Kinematografiya agentligi “Hujjatli va xronikal” filmlar studiya” DUK hamda “Madaniyat va ma’rifat” telekanali hamkorligida suratga olingan. Filmda olimning 70 yillik ijodi haqida hikoya qilinadi. Mazkur film ssenariy muallifi va rejissyori – Nurilla Narzullayev.

Film ijodkorlari, shoir, yozuvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan taqdimot marosimida so‘zga chiqqan Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev va rejissyor Nurilla Narzullayev filmlarning mazmuni hamda ahamiyati haqida gapirdi. Taqdimotdan so‘ng o‘zaro fikrlar almashuvi uzoq davom etdi.

Xurshid DO‘STMUHAMMAD,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

– Oybek zamonaviy o‘zbek adabiyotining darg‘alaridan biri. Bu ulkan adib, ulkan shoir, ulkan ziyoli insondan juda katta hayotiy ibrat qolgan. Afsuski, bugun yoshlarimiz Oybek, Cho‘lpon, Gʻafur Gʻulom, Odil Yoqubov va shu qatordagi boshqa adiblarimizni unutib qo‘yishyapti. Shuning uchun Oybek va boshqa ijodkorlar haqidagi hujjatli filmlarni keng ommaga namoyish qilish kerak, qayta-qayta ko‘rsatish zarur. Vaqti-vaqti bilan, oralatib televideniyening, mayli, 21 ta emas, 10 ta kanalida ko‘rsatishsin. Boshqa adiblar, olimlar, akademiklar haqida ham xuddi shunday filmlarga ehtiyoj bor.

Ustozim, zahmatkash, katta olim Naim Karimov xolis, halol inson sifatida umrining so‘nggi kunigacha tinmasdan ishladilar, namuna ko‘rsatib, XXI asr boshiga doir bo‘lgan tariximizni, aniq aytadigan bo‘lsak, jadidlarimiz olamining eng murakkab sahifalarini, eng qorong‘i sahifalarini ochib berdilar. Juda ko‘plab fundamental kitoblar yozdi. Xalqimizga noma’lum, notanish bo‘lgan topildiq ma’lumotlarni ochiqladi. Jadidlar hayotini o‘rganib, jadidlarcha ishladi.

Ulug‘bek HAMDAM,
adabiyotshunos

– Ustozimiz Naim Karimov umrini adabiyotga bag‘ishlagan olim. Mustaqillik yillarida asosan jadid adabiyoti bilan shug‘ullandi. Jadid siymolarni arxivlardan topib, qolgan umrini ularning ijodini ilmiy muomalaga kiritishga bag‘ishladi. 91 yoshgacha, oxirgi nafasigacha jadid dunyosi, jadid muammosi bilan yashadi. Bugun ustozning qo‘llaridan tushgan bayroqni olib, changini qoqib, ishlarini davom ettirishimiz kerak. Shu millat uchun jonini tikkan, shu millatning ertasi uchun fidoyilarcha kurashgan adiblarni kamida ustozimiz Naim Karimovdek kaftimizda ko‘tarib elga manzur qilishimiz, ularga munosib tilda yetkazishimiz lozim.

Oybek domla jadidlarning shogirdi. To‘g‘ri, Oybek bevosita jadid emasdi. O‘sha paytdagi avlod, Oybekning avlodi, 20-yillar avlodi “Men jadidman” deb o‘rtaga chiqishi mumkin emasdi. Agar maydonga chiqsa, ular ham Cho‘lpon kabi mahv etilardi. Lekin ularda jadidlardan olgan adabiyot, mafkura borasidagi tarbiya bor edi. Mana shu tarbiya borligi uchun ham, bugun sovet davri tarix sahnasidan supurilib ketganiga qaramay, Oybek va oybeklar o‘qilyapti, qayta-qayta nashr qilinyapti.

Gulchehra UMAROVA yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 24-yanvardagi 4-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img114

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333