28.04.2026 | 16:14
960
FAROVONLIK VA FAN
2024-yil iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti “ijtimoiy institutlar qanday shakllanishi va farovonlikka ta’sir qilishini o‘rgangani uchun” bir yo‘la uch olimga topshirilgan. Bular – Daron Ajemog‘lu, Saymon Jonson va Jeyms Robinson. Ular nega ba’zi davlatlar rivojlanib, boshqalari ortda qolib ketishini yangi modellar asosida tushuntirib berdi.

TADQIQOT OBYEKTI
Laureatlarning asosiy hissasi siyosiy va iqtisodiy institutlar o‘rtasidagi bog‘liqlik va ularning xalq farovonligiga ta’sirini tadqiq etish bo‘ldi. Ular mamlakatlarning rivojlanishi barcha uchun teng imkoniyat eshigini ochadigan inklyuziv institutlarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi.
Olimlar mustamlakachilik va siyosiy o‘zgarishlarning davrlar kesimidagi oqibatlarini o‘rganib, faqat ayrim guruh manfaatlari uchun tashkil etilgan institutlar oxir-oqibat faqirlikka olib kelishi mumkinligini aniqladi.
AHAMIYATI
Tadqiqotlarning muhim jihatlaridan biri shundaki, mustamlakachilik davri institutlarning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodchilar xulosasiga ko‘ra, mazlumlik zamonida resurslarni o‘zlashtirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan institutlar ayrim hollarda davlat mustaqillikka erishganidan keyin ham saqlanib qolgan. Bu o‘sha o‘lkalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘sishiga to‘sqinlik qilib, jahon maydonida tengsizlikka sabab bo‘lgan.
E’tiborli jihati, ular iqtisodiy va siyosiy institutlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib berdi. Inklyuziv siyosiy institutlar inklyuziv iqtisodiy institutlar uchun poydevor hozirlaydi. Bu esa barqaror taraqqiyotga asos bo‘ladi. Ular ekstraktiv institutlardan inklyuziv institutlarga o‘tish mumkinligini ham istisno etmaydi. Biroq bu jarayon katta kuch va siyosiy irodani talab qilishini ta’kidlashgan.
FAOLIYATI
Daron Ajemog‘lu Istanbulda tug‘ilgan, Londonda ta’lim olgan va hozirda Massachusets texnologiya institutida (MIT) ishlaydi. Saymon Jonson britaniyalik, u ham MITda dars beradi va tadqiqotlar olib boradi. Jeyms Robinson Chikago universiteti professori. Uning yo‘nalishi siyosiy nizolar va davlatchilik rivojlanishiga oid tadqiqotlardir.
Ajemog‘lu va Robinson “Nega ba’zi mamlakatlar boy, boshqalari esa qashshoq?” kitobi orqali dunyoga tanilgan.
YECHIM
Iqtisodchilarning tadqiqotlari va xulosalari mamlakatlarning farovonligiga va barcha aholi qatlamlari uchun teng imkoniyatlar yaratishga institutsional islohotlar qanday yordam berishi haqida qimmatli tushunchalar beradi.
Ularning tadqiqotlari kambag‘allikdan chiqish yo‘liga qadam qo‘ygan va yo‘l boshida turgan mamlakatlar uchun muhimdir. Olimlar korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat boshqaruvining shaffofligini oshirish va fuqarolarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash inklyuziv institutlar yaratishning asosiy elementlari ekanini qayta-qayta ta’kidlaydi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida Iqtisodiy fanlar bo‘yicha mukofot qo‘mitasi raisi Yakob Svenssonning izohini keltiramiz: “Mamlakatlar o‘rtasidagi daromadlar farqini kamaytirish bizning davrimizning eng katta muammolaridan biridir. Laureatlar bunga erishish uchun ijtimoiy institutlarning muhimligini namoyish etdilar”.
Jasmina ISROIL tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 24-apreldagi 17-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



