29.01.2025 | 12:39
774
Anton Chexovning “Vanya tog‘a” pyesasidan iqtiboslar
Mazkur dramada butun umrini boshqalarning toʻq va farovon yashashlari uchun xazon qilgan kishining achchiq qismati orqali XIX asr rus jamiyatidagi muammolar ochib beriladi.

Atrofga qarasang, seni tentak odamlar qurshab olganini ko‘rasan, ularning bari tentak; ular bilan bir-ikki yil yashasang bormi, tentak bo‘lganingni o‘zing ham sezmay qolasan, kishi.
Bu odam rosa yigirma besh yildan buyon san’at to‘g‘risida leksiya o‘qiydi va yozadi-yu, lekin o‘zi san’atga mutlaqo tushunmaydi. U yigirma besh yildan buyon birovlarning realizm, naturalizm va shunga o‘xshagan ming xil tuturuqsiz narsalari haqidagi fikrini chaynab keladi; yigirma besh yildan buyon aqlli odamlarga allaqachonlar ma’lum bo‘lgan, ahmoqlarga esa sira qizig‘i yo‘q narsalar haqida o‘qib va yozib keladi, demak, u yigirma besh yildan buyon quruq aravani olib qochib yuribdi. Yana o‘zini katta olib yurishini aytmaysanmi! Takabburligini ko‘rmaysanmi! U iste’foga chiqqan, lekin uni birorta maxluq tanimaydi, u mutlaqo noma’lum odam, demak, u yigirma besh yil birovning o‘rnini egallab kelgan. Yurishini qara-ya, savlatidan it hurkadi!
Men yorqin fikrli odam edim, lekin hech kim mendan yorug‘lik ko‘rmadi…
Sen o‘zingning avvalgi e’tiqodlaringni bir nimada ayblaganday ko‘rinasan… Lekin e’tiqodlaring emas, o‘zing aybdorsan. Quruq e’tiqodning o‘zi puch gap, jonsiz harf ekanligini unutib qo‘ygansan.
Bizning asl vazifamiz nima ekanligini yolg‘iz xudoning o‘zi biladi.
O‘rmonlar yerga husn, zeb beradi, insonni go‘zallikni tushunishga o‘rgatadi va unga ulug‘vor ruh bag‘ishlaydi, bahrini ochadi. O‘rmonlar sovuq iqlimni yumshatadi. Iqlimi mayin mamlakatlarda tabiat bilan kurashuvga kuch kamroq sarf bo‘ladi, shuning uchun ham u yerdagi odamlar muloyimroq va nazokatliroq bo‘ladilar; u yerdagi odamlar kelishgan, har bir ishga ko‘ngli moyil, o‘tkir hissiyotli bo‘ladilar, ularning tili chiroyli, harakatlari viqorli bo‘ladi. Ularning fan va san’ati gullagan, falsafasi esa qayg‘uli, g‘amg‘in falsafa emas, xotinlarga munosabatlari olijanob nazokatga to‘la.
Rus o‘rmonlari bolta zarbidan zor-zor qaqshamoqda, milliardlarcha daraxtlar nobud qilinmoqda, hayvonlarning uyasi, qushlarning ini vayron bo‘lmoqda, daryolar sayozlashmoqda va qurib ketmoqda. Go‘zal manzaralar abadiy yo‘qolib ketmoqda, shularning barchasiga sabab, erinchoq insonning engashib yerdan yoqilg‘ini ko‘tarib olishga aqli yetmasligidir.
Qariganda odam xuddi yosh bolaga o‘xshab qoladi, ko‘ngli erkalashni, unga achinishni qumsaydi, lekin qarilarga hech kim achinmaydi.
Dunyo o‘g‘ri-muttahamlardan, yong‘inlardan xarob bo‘layotgani yo‘q, balki ichi qoralikdan, dushmanlikdan, ikir-chikirlardan xarob bo‘layotir…
Chinakam hayot bo‘lmaganidan keyin sarob bilan yashar ekan kishi.
Odamning hamma narsasi: yuzi ham, kiyimi ham, qalbi ham, fikrlari ham go‘zal bo‘lishi kerak.
Bekorchilikda kechgan hayotni pok hayot deb bo‘lmaydi.
Mujiklarning hammasi bir xil, saviyasi past, iflos yashashadi, ziyolilar bilan bir fikrga kelish qiyin. Ular odamni zeriktiradi. Bu baraka topgurlarning hammasi sayoz fikr yuritadi, sayoz his qiladi, burnidan sal naridagi narsani ko‘rolmaydi — qisqasi, bari tentak. Aqllirog‘i va pichoqqa ilinadiganlari bo‘lsa, o‘lardek asabiy, ularni refleks, analiz yeb tashlagan… Ular noligani-noligan, bir-birini ko‘rolmaydi, o‘lib-tirilib g‘iybat qilgani-qilgan, odamga bir yoqlama baho berishadi.
Sen talantning nimaligini bilasanmi? Bu g‘ayrat, jasorat, o‘tkir zehn, ulug‘ maqsad…
Zerikish va bekorchilik yuqumli kasalga o‘xshagan narsa bo‘ladi.
Har qanday haqiqat ham mavhumlikday qo‘rqinchli emas.
Men ilgarilari tentaklarni yarim kasal, aqliga qusr yetgan deb o‘ylardim, endi shunday xulosaga keldimki, tentaklik — bu odamning rasmona holati ekan.
Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



