Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


28.02.2025 | 17:49

img418

QALQONINGMAN, VATAN!

Xabaringiz bor, oliy ta’lim dargohlarida tahsil olayotgan talabalardan tarkib topgan “Qalqon” jamoatchilik guruhlari qisqa fursat ichida mamlakat yoshlarini mushtarak maqsad yo‘lida birlashtira oldi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan jamoatchilik institutlarining jamiyatimiz, xususan, talaba-yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida Respublika “Qalqon” guruhlari rahbari Anvarmirzo Qudratov bilan suhbatlashdik.

– Suhbatimiz avvalida “Qalqon” jamoatchilik guruhlari qanday tashkil topgani haqida ma’lumot berib o‘tsangiz.

– Xabaringiz bor, joriy yil 14-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqotda bu uchrashuvdan mamnun ekanini ta’kidlab, ularni har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Yurtboshimiz 2023-yil 11-aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Qalqon” jamoatchilik guruhlarini tashkil etish tashabbusini ilgari surgan edilar. O‘sha tadbirda mazkur jamoatchilik guruhlarining maqsad va vazifalari aniq-ravshan belgilab berilgandi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, jamoatchilik guruhining asosiy maqsadi – talaba-yoshlarning oliy ta’lim muassasasiga qarashli barcha hududlarida jamoat tartibini saqlash, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan axborot xurujlariga qarshi kurashish, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, aholining davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish orqali davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdan iborat.

– Rahbarlik – mas’uliyat demakdir. O‘zingiz qanday qilib voqealar markaziga kelib qoldingiz?

– Buning tarixi ham juda qiziq. Harbiy xizmatdan qaytib, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kirganman. To‘g‘risini aytsam, “quloqsiz” talaba edim. Yoshmiz, g‘ayratimiz ichimizga sig‘maydi. O‘sha paytda ustoz Qahramon Quronboyev universitetda yoshlar siyosati bo‘yicha prorektor edilar. Bir kuni talabalarni bir joyga yig‘ib, jiddiy suhbat o‘tkazdilar. O‘sha kun hayotga qarashimda burilish yasadi, yig‘ilishdan so‘ng dehqoncha qilib aytganda, esimni yig‘ib oldim. Mening harbiy xizmatda “Qalqon” nomli bo‘linmada xizmat qilganimni eshitgan ustoz bolalar bilan uyushib, shunday guruhlarni tashkil qilsang bo‘lmaydimi, deb tashabbus ko‘rsatdilar. Shu tariqa 2009-yil talabalar shaharchasida “Qalqon” jamoatchilik guruhlarining kichik namuna shakllari paydo bo‘ldi.

Bugungi kunda ushbu loyihaning huquqiy asosi shakllantirilib, hudud qamrovi kengaydi. Respublika bo‘ylab oliy o‘quv yurtlarida ichki guruhlar tuzildi.

2023-yil 28-avgustda hamkor tashkilotlar – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi hamda Sport vazirligi tomonidan qo‘shma qaror imzolanib, Respublika oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhlarining bajaradigan ishlari kelishib olindi.

Oliy ta’lim muassasalari beshligining ishchi guruh tarkibi – ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, yoshlar ittifoqi yetakchisi, yoshlar ishlari agentligining mas’ul xodimi, hudud profilaktika inspektori hamda jamoatchilik guruhining sardoridan iborat. Ayni paytda guruh sardori ta’lim muassasasining rektor maslahatchisi hamdir.

Bugungi kunga qadar Respublikamizning 190 ga yaqin oliy ta’lim muassasalarida “Qalqon” jamoatchilik guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, unda 2900 nafardan ortiq talaba yoshlar ko‘ngilli ravishda faoliyat yuritmoqda. Shulardan 2500 tasi o‘g‘il bolalar, qolgan 400 nafari qizlardan iborat. Guruh a’zolari soni yildan yilga oshib borayotir. Albatta, bu sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda. Masalan, o‘tgan yillardagi ma’lumotlarning qiyosiy tahlili talabalar o‘rtasida jinoyatchilik sezilarli darajada kamayganini ko‘rsatyapti.

– Faoliyatingiz davomida turli xarakterdagi yoshlar bilan muloqotga kirishasiz. Jarayonning ayni shu tomoni qiyin kechmayaptimi?

– Albatta, har bir ishning o‘ziga yarasha mashaqqati bo‘ladi. Birinchi navbatda, yoshlarni tushunish kerak. Bizni quvontirgani, jamoatchilik nazorati instituti yoshlar hayotiga kirib borayotgani va bu o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatayotganidir. Eng asosiysi, “Qalqon” jamoatchilik guruhlari tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar o‘g‘il-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik, mayda bezorilik, giyohvandlik kabi illatlar tarqalishining oldini olishga, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otishga, shu muqaddas zaminga daxldorlik hissi bilan yashashga undayotganini ta’kidlab o‘tishni istardim. Muhimi, jamoatchilik guruhlarining faoliyati ertamiz egalari bo‘lgan yosh avlodning orzu-istaklari bilan uyg‘undir. Dasturimizdan o‘rin olgan bandlar yoshlarning hayot yo‘llarida imkoniyat eshiklarini ochishiga ishonaman.

– “Qalqon” jamoatchilik guruhiga a’zo bo‘lganlar uchun alohida imtiyozlar ham bormi?

– A’zo bo‘lgan yigit-qizlarga har oyda “beshlik” stipendiyaning 50 foiziga teng miqdorda pul beriladi. Qolaversa, talabalar yotoqxonasiga joylashishda ustunlik mavjud. Undan tashqari, jamoatchilik guruhlari nizomida belgilab qo‘yilganidek, talabalarni davlat mukofotlari hamda nomdor stipendiyalarga tavsiya etish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.

– Anvar aka, “Qalqon” tajribasini maktablarga ham joriy qilish vaqti kelmadimi?

– Juda o‘rinli savol. Maktablarda ham ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgani ma’lum. Lekin bu sa’y-harakatlar samarasi qay darajada? Natijalar qoniqarlimi? Afsuski, so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari ishtirokida ko‘ngilni xira qiladigan manzaralarga tez-tez ko‘zimiz tushyapti. Maktab o‘quvchisi deganda ko‘z oldimizga portfel ko‘targan yosh bola keladi. Holbuki, bugun zamon tezkor, texnologiya asrida yashayapmiz, bolalar biz o‘ylagandan ko‘ra aqlli, barvaqt ulg‘aymoqda. Ularni turli ma’naviy xatarlardan o‘z vaqtida himoya qilmasak, ertaga “taxir mevasi”ni totishga majbur bo‘lamiz. Madaniyatlar qorishuvi tezlashgan global dunyoda ta’lim bilan birga tarbiyani uzluksiz berib borishimiz, asosiy e’tiborni milliy qadriyat, milliy o‘zlikka qaratishimiz kechiktirib bo‘lmas vazifa ekanligi oydinlashdi. Shu nuqtayi nazardan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida davra suhbatlari, ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari, qolaversa, 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida sport musobaqalari, turli tanlovlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

– “Qalqon” jamoatchilik guruhlari kelajakda tom ma’noda yurtimiz va xalqimiz taraqqiyoti yo‘lida kamarbasta, qalqon bo‘ladi, degan umiddamiz.

Jamoliddin BADAL suhbatlashdi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 21-fevraldagi 8-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605