Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.04.2025 | 16:55

img3469

KARVON YO‘LIDAGI “JAYRON” YOXUD SAYYOHLARGA BAG‘RINI OCHAYOTGAN PARVARISHXONA

Yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq

Buyuk Ipak yo‘li karvonlari qadimda Xitoydan Yevropaga Buxoro orqali o‘tgan. Biz bugun hikoya qilmoqchi bo‘lgan “Jayron” parvarishxonasi hududi ham ana shu yo‘l yoqasida. Bu yerdan XIII–XV asrlarga oid ko‘plab sopol idishlar topilgani ushbu manzil uzoq yillar davomida Gʻarb va Sharq o‘rtasida madaniy ko‘prik vazifasini o‘taganidan dalolat beradi. Parvarishxonadan 20 kilometr uzoqlikda qadimiy sardoba saqlanib qolgan. Usti gumbazli bu hovuz yomg‘ir, qor suvlarini uzoq muddat toza saqlagan. Bu tarixiy inshoot o‘z vaqtida yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq vazifasini ham o‘tagan. Karvonlar o‘z yo‘nalishini ana shu sardobalar orqali aniqlab olishgani tarixiy manbalardan ma’lum.

“Qizil kitob” va “Jayron”

O‘rta Osiyoning eng katta uchta cho‘lidan biri Qizilqumdir. U Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan bo‘lib, katta qismini yarim sobit qumlardan hosil bo‘lgan o‘rkachlar egallagan. Uning eng baland nuqtalari – Bo‘kantog‘ va Quljuqtog‘. Sho‘rxok botqoq va pasttekisliklardan iborat eng chuqur nuqtalari esa Oyoqog‘itma, Mingbuloq sanaladi. Ushbu cho‘l O‘zbekistonning katta hududini egallaganiga qaramay, uning ma’lum bir qismidagina “Qizilqum” qo‘riqxonasi va Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” parvarishxonasi tashkil etilgan.

Parvarishxona hududi – Qizilqum cho‘lining janubi-g‘arbiy qismi, Qarnobcho‘l massivi, Buxoro shahridan 42 kilometr uzoqlikdagi, Kogon va Qorovulbozor tumanlari orasidagi “A-380” avtomagistrali bo‘ylab joylashgan. Hududining umumiy maydoni 16 ming 522 gektar.

XX asrning 60-yillariga kelib, hayvonlarning ayrim turlari butunlay yo‘qolib ketish xavfi ostida qoldi. Kamyob hayvon turlarini saqlab qolish, qo‘riqlash masalalari insoniyatni Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqini tuzishga undadi. Ushbu tashkilot Jahon tabiatni muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqdi va hayvonlarning noyob turlarini bir necha yo‘nalishda saqlash masalasini o‘rtaga tashladi. O‘shanda taklif qilingan usullardan biri sun’iy ko‘paytirish edi.

70-yillarda ko‘plab davlatlarda yangi ekologik qonunlar qabul qilindi, “Qizil kitob”lar paydo bo‘ldi va hayvonlar parvarishlanadigan maxsus parvarishxonalar yaratildi.

Noyob turlarni ko‘paytirish va biologik xilma-xillikni saqlash

Ixtisoslashtirilgan parvarishxonaning asosiy maqsadi noyob turlarni ko‘paytirish, ularning biologiyasini o‘rganish, biologik xilma-xillikni saqlash va ekologik ta’limni rivojlantirish hisoblanadi.

– Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon turlarining genetik fondini saqlab qolishga jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz, – deydi ushbu maskanda ilmiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan Dilshod Tursunov. – Nasldor zotlarni ilmiy asosda yaratish, hayvonlarni yarim tutqunlik sharoitida sun’iy urchitish, noyob turlarni ko‘paytirish texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish masalasi ham doimiy diqqat markazimizda. Ilmiy tadqiqotlar natijalarini muntazam ravishda nashr etish va ilmiy-tadqiqot institutlari, hayvonot bog‘lari, ovchilik xo‘jaliklari va boshqa faoliyati ekologiya bilan bog‘liq korxonalar, shuningdek, qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar va shu kabi tashkilotlar bilan tajriba almashishni yanada rivojlantirish ham bugungi kun talabi. Bundan tashqari, daromadli yo‘nalish sifatida tez-tez tilga olinadigan ekologik turizmni rivojlantirish rejalarimizdan biridir.

Dilshod Tursunovga ko‘ra, bu yerga yiliga 2 mingga yaqin mahalliy va xorijiy sayyoh tashrif buyuradi. “Jayron” parvarishxonasida piyoda va avtoulovda sayohat yo‘nalishi, professional darajada foto va videotasvirga olish, botanika, ornitologiya va boshqa sohalarga ixtisoslashtirilgan kunduzgi va tungi ekskursiyalarni tashkil etish imkoniyati mavjud.

700 ga yaqin toshbaqaning taqdiri

Saksovullar qalqon ko‘targan jangchilarni eslatadi. Ular cho‘l hududi uchun koni foyda. Qum ko‘chishi xavfini ham bartaraf etadi. Jonivorlarni ozuqa bilan ta’minlaydi, jazirama issiqda ularning joniga ora kiradi.

Bu yerda parvarishlanayotgan hayvonlarning asosiy qismi yarim tutqunlik sharoitida ko‘paytiriladi. Yaqinda parvarishxonaga ikki bosh Afrika tuyaqushi olib kelinib, maxsus volyerga joylashtirildi. Natijada sayyohlarni tuyaqushlar hayoti bilan yaqindan tanishtirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi esa tobora kamayib borayotgan endemik tur hisoblanadi. “Qizil kitob”ga kiritilgan mazkur tur Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” parvarishxonasida muhofaza ostiga olingan. Kunlar isiy boshlasa, toshbaqalar qishki uyqudan uyg‘onib, faol yashash tarziga o‘tadi.

2021-yilning may oyida Qashqadaryo viloyati hududida tabiiy muhitdan noqonuniy yig‘ib olingan 700 ga yaqin toshbaqa qonunbuzarlardan olib qo‘yilgan edi. Toshbaqalar xavfsiz saqlanishi va ko‘payishi uchun Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” parvarishxonasiga tegishli 5145 gektardan iborat yopiq hududga qo‘yib yuborilgan. Ular ayni paytda tabiat qo‘ynida boshqa turlar qatori emin-erkin ko‘paymoqda.

Xalqaro hamkorlik istiqbollari

“Jayron” parvarishxonasi hududida yashaydigan umurtqali hayvonlarning ellikka yaqin turi va umurtqasiz jonivorlarning olti turi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” va Xalqaro “Qizil ro‘yxat”ga kiritilgan. Asosiy hududda jayron, qulon va prjeval otidan tashqari, kaltakesak, bo‘zechkemar, ilonlarning bir necha turi, cho‘l toshbaqasi, tulki, to‘qay hamda qamish mushugi va boshqa hayvonlar ko‘paytiriladi. Bu yerda 250 dan ortiq qush turini kuzatish mumkin. Ularning 35 turi noyob va O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga hamda xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan. Parvarishxonada katta qarqara, saqoqush, o‘rdaklarning bir necha o‘n turi, qora tasqara, cho‘l burgutini ham uchratish mumkin.

Hududda sutemizuvchilarning 36 turi qayd etilgan. Bu O‘zbekistonda uchraydigan sutemizuvchilar umumiy xilma-xilligining 33 foizini tashkil qiladi.

Shuningdek, ushbu manzilda saksovulzorlar, to‘qaylar, tuzli botqoq va taqir yerlarda unuvchi o‘simlik navlarini ham ko‘rish mumkin. Parvarishxonada 46 oila, 182 turkumga mansub, 267 turdagi o‘simliklar o‘sadi. “Jayron” florasi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan vvedenskiy oligoxetasi, sug‘d karragi, jovqosin lola turlari uchraydi.

Buxorodagi Jayron ko‘paytirish parvarishxonasi  dunyoda ushbu turni ko‘paytirishga ixtisoslashgan yagona markaz hisoblanadi. Mazkur parvarishxona bilan Rossiya, Fransiya, AQSh, Germaniya singari davlatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. “Jayron”da olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining aksariyati jahon amaliyotida kuzatilmagan.

Bugungi kunda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda biologik xilma-xillikni saqlashga katta hissa qo‘shayotgan “Jayron”da ilmiy-amaliy tadqiqotlar barqaror rivojlanmoqda.

Orol dengizi mintaqasidagi ekologik vaziyatning o‘zgarishini hisobga olib, cho‘l biosenozlarining tuzilishini tiklash dasturlari ishlab chiqilmoqda va cho‘llanishga qarshi kurashning o‘ziga xos usullari taklif qilinmoqda. Chunki O‘zbekistonda bioxilmaxillikni saqlash va yovvoyi hayvonlar populyatsiyasining barqaror holatini ta’minlash sohasidagi o‘zgarishlar juda muhimdir.

Obid QO‘LDOSH

“Jadid” gazetasining 2025-yil 11-apreldagi 15-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img119

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img630

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img624