08.05.2025 | 14:44
659
MING YIL OLDIN AYTILGAN BUGUNNING GAPI
Maqollar, nazarimda, hozirgi yoshlar nutqini tark etayotganday. Go‘yoki ular eskilik sarqitlari, bugungi avlod uchun munosib emas. Ming yillar osha bizgacha yetib kelgan maqollar aslida chinakam xalq donishmandligi, har qanday badiiy asar bilan bellasha oladigan xalq og‘zaki ijodi namunalaridir. Ajdodlarimiz, xoh xos, xoh avom bo‘lsin, nutqini albatta, maqollar bilan bezagan, maqollar ularga milliy an’analar, qadriyatlarga amal qilib to‘g‘ri yashashga ko‘mak bergan.

Koshg‘ariy bobomiz ham “Devon-u lug‘otit-turk”da yuzlab maqollar keltiradi va albatta, ularning ma’nolari, qachon, qanday holatda ishlatilishi haqida tushuntirish beradi. Buni qarangki, ular hozir ham ahamiyatini yo‘qotmagan, dolzarb. Mana, shunday maqollardan biri:
“Tamu qapug‘in achar tavar”.
Bu yerda: “tamu” – tamug‘, ya’ni do‘zax, “qapug‘” – eshik, “achar” – ochar, “tavar” – tavar, ya’ni buyum, ammo ushbu maqolda “tavar” so‘zi, Mahmud Koshg‘ariy izohiga ko‘ra, “pora” ma’nosida ishlatilgan. Maqolning mazmuni: “Pora do‘zax eshigini ochadi”.
Demak, ming yil, ikki ming yil oldingi ajdodlarimiz ham pora berish nafaqat jamiyat uchun, balki insonning o‘zi, oxirati uchun ham salbiy hodisa deb bilganlar.
Abduvohid HAYIT
“Jadid” gazetasining 2025-yil 2-maydagi 18-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
96
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
135
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
328



