30.04.2025 | 16:10
388
ACHCHIQ HAQIQATNING BADIIY IFODASI
Ayni kunlarda yurtimizdagi barcha kutubxonalarda kitobxonlik haftaligi doirasida ko‘plab asarlarning taqdimotlari o‘tkazilayotir. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Tursunali Qo‘ziyev tomonidan tarjima qilingan “Palangalik qochqin ayol xotiralari” kitobining taqdimoti ham shular jumlasidandir.

Ushbu kitob 1914-yildan 1921-yilgacha Turkistonda surgunda bo‘lgan Lyudas va Stanislava Vaynaykis oilaviy juftligi hayoti va faoliyatidan hikoya qilib, o‘quvchiga o‘sha davr manzarasini tasavvur qilish, qolaversa o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, tojiklar va turkmanlarning turmush tarzi, urf-odatlari va an’analari xususida kengroq ma’lumot olish imkonini beradi.
Asli kasbi shifokor bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining surgunda kechgan har kunlik hayotini kundaligiga muhrlab borgan ayol xotiralari mazkur asarning dunyoga kelishiga sababchi bo‘ldi.
– Bu kitobning shu mavzudagi boshqa asarlardan farqli jihati – xolis nuqtayi nazaridadir. Sir emas, aksar tarixiy asarlar davr siyosati va boshqa sabablar bilan jiddiy tahrirga uchraydi. Ya’ni ayrim joylari qirqib tashlanadi, ba’zi bo‘lmagan voqea-hodisalar bo‘rttirib ko‘rsatiladi. “Palangalik qochqin ayol xotiralari” kitobi kundalik bitiklar asosida yaqin o‘tmishimizdan ro‘y-rost hikoya qiladi. Uning ahamiyati ham ana shu badiiy haqiqatidadir, – deydi taqdimotga mezbonlik qilgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva.
Taqdimotda Latviya va boshqa mamlakatlardan turib onlayn ishtirok etgan qatnashchilarga ham so‘z berildi. Ular orasida kitob muallifining oila a’zolari, Latviyadagi o‘zbek jamiyatining faol vakillari va boshqa xalqaro ekspertlar bildirgan fikr-mulohazalar tadbir ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olindi. So‘z olganlar O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonda yashagan insonlarning surgun azobini tortayotgan o‘zga millat vakillariga ko‘rsatgan mehr-oqibati, bag‘rikengligi asarda o‘z aksini topganiga urg‘u berishdi.
“Palangalik qochqin ayol xotiralari” badiiy asar sifatida o‘quvchiga estetik zavq berish asnosida tarixchi olimlar, geograflar, siyosatshunoslar va boshqa tadqiqotchi mutaxassislar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Go‘zal SOATOVA
“Jadid” gazetasining 2025-yil 25-apreldagi 17-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
103
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



