Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.10.2024 | 16:46

img226

OTISHGA HUKM QILINGAN olim Nikonor Yaroshevichning achchiq qismati

Yaroshevich Nikonor Kazimirovich 1885-yil 11-iyulda Minsk guberniyasi, Novo Sverjen bo‘lgasida belorus dehqoni xonadonida dunyoga kelgan. 1903–1906-yillarda Chernigov guberniyasidagi Gluxov o‘qituvchilar institutida o‘qigan. 1906–10-yillarda Minskdagi Golovenchiskiy, Kiyevdagi Shosten va Guluxova bilim yurtlarida dars beradi. Shundan so‘ng Moskvada qishloq xo‘jaligi institutiga kirib, 1914-yil uni bitiradi. Talabalik yillari­da belorus yoshlari to‘garaklarida faol ishtirok etdi.

 “Наша Нива” gazetasida o‘z mulohazalarini yozib bordi. Ayni paytda Xarkov guberniyasi, Lebedin uyezdida agronom sifatida ish olib bordi, Minsk, Smolenskiy va Xarkov shaharlaridagi turli o‘quv muassasalarida ma’ruzalar o‘qidi. 1915-yil Moliya vazirligi taqdimotiga ko‘ra davlat bankining Sumi bo‘limi qoshidagi qishloq xo‘jaligi agronomiyasi mayda kredit yo‘nalishiga inspektorlikka tayinlanadi. Yaroshevich Nikonor Kazimirovich 1915–17-yillar Birinchi jahon urushi munosabati bilan harbiy xizmatga chaqirilib, artelleriya sohasida xizmat qilgan. Nikonor Kazimirovich 1917-yil fevral inqilobidan so‘ng harbiy xizmatdan ozod etildi. 1917-yil eserlar partiyasi a’zosi sifatida Minsk guberniyasi uyezd zems­kiy boshqaruvi raisi bo‘ldi. 1918-yil mart oyi boshlarida Belorus Xalq Res­publikasi Radasi a’zosi va hukumatda Yer ishlari xalq komissarligida iqtisodiy bo‘lim mudiri vazifasida ish olib borgan. 1919-1920-yillar polyak-sovet urushi yillarida mustaqil Belorussiya respublikasi tarafdori bo‘ldi. 1920-yil sovet hokimiyati mustahkamlanib borishi ortidan siyosatdan chekinib, uning faoliyatida ilmiy yo‘nalish ortib bordi. U 1920-yil noyabrda ochilgan Belorus politexnika instituti­ning birinchi rektori vazifasiga tayinlandi. Ayni paytda Minsk xalq ta’limi ins­titutida, Belorus ishchi bilim yurtida ta’lim berar, BSSR Maorif xalq komissarligida kasbiy-texnik ta’lim bo‘limi mudiri vazifasini ham bajarar edi.

Yaroshevich Nikonor Kazimirovich 1920–22-yillar Belorus politexnika ins­tituti rektori, 1922-yildan Belorus erkin iqtiso­­diyot jamiyati tashab­buskori va birin­chi raisi bo‘ldi. U belorus vatanparvari sifatida ta’limda belorus tilining ustuvorligi uchun kurashdi. 1920-1921-yillarda eserlar partiya­sining dasturidan kelib chiqib o‘z yurtida iqtisodiy ta’minotni yaxshilash va g‘arb­ga talabalar yo‘llash yo‘lidan bordi. Biroq, bolsheviklarning rejasi boshqa edi. 1921-yil martda BSSR GPU qarori bilan Nikonor Kazimirovich aksilsovet faoliyatda ayblanib Minskdagi Pishalov turmasiga tashlandi. Faqat BPI, Mina va Belorus ishchi bilim yurtlarining 38 nafar o‘qituvchilari talabi bilan ikki oylik hibsdan so‘ng ozodlikka chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Yaroshevich Nikonor Kazimirovich 1923-yil yanvarida BSSR GPUning qarori bilan RSFSR JKning 58-moddasi, 10 – bandi bilan 3 yilga Toshkentga surgun qilinadi. 1923-yil Toshkentga ko‘chib kelgan Nikonor Kazimirovich avval O‘rta Osiyo ko‘rgazma muassasasida iqtisodiy bo‘lim boshlig‘i sifa­tida ish boshladi. 1924-yil 3-oktyabrdan O‘rta Osiyo davlat universiteti professori va boshqaruv a’zoligiga saylanadi. 1925-26-yillar O‘zSSR yer islohotlari davrida Sredazbyuroning maslahatchisi bo‘ldi. Shundan so‘ng O‘zSSR qishloq xo‘jaligi irrigatsiya va mexanizatsiya instituti professori, 1930-1931-yillar qishloq xo‘jalik ilmiy tadqiqot instituti professori va Iqtisodiyot ilmiy tekshirish ins­ti­tuti direktori o‘rinbo­sari vazifalarida ish olib bordi. Biroq, yana chaquvlar asosida qamoqqa olinib oilasi bilan Toshkentdan ko‘chirilib qishloq hudud­larda yashashga mahkum etildi. 1933-yil Toshkent shahriga qaytib, pedagogik faoliyatini davom ettirishga muvaffaq bo‘ladi. Ayni paytda O‘rta Osiyo davlat reja qo‘mitasiga mutaxassis sifatida ishga olinadi.

Yaroshevich Nikonor Kazimirovich 1937-yil 27-iyulda O‘zSSR JKning 62-, 63-, 67-moddalari hamda “chet el razvetkasi foydasiga josuslik qilish” kabi ayb­lovlar bilan qamoqqa olinadi. Shaxsiy anketasiga ko‘ra bu vaqtda uning oila a’zolari turmush o‘rtog‘i shifokor Shimonovs­kaya-Yaroshevich Vera Ivanovna (37 yosh) va o‘g‘li maktab o‘quvchisi Yuriylardan iborat bo‘lgan. Yillab cho‘zilgan so‘roqlarda unga o‘ng eser, 1920-yildan Polsha josusi, aksilinqilobiy tashkilot a’zosi kabi ayb­lovlar qo‘yildi. 1938-yil 7-oktyabr kuni soat 19:45 dan – 20:10 gacha davom etgan mash’um “uchlik” yig‘ini Yaroshevich Nikonor Kazimirovichni otuvga hukm qiladi va u shu kunning o‘zida otib tashlanadi.

Sovetlar mamlakatida Stalin vafoti­dan so‘ng boshlangan “iliqlik davri”ning ilk kunlarida Nikonor Kazimirovichning turmush o‘rtog‘i Shimonovskaya-Yaroshevich Vera Ivanovna 1956-yil 10-dekabr sanasi bilan Minsk shahri, Krasnoarmeysk 8/34 xonadondan sovet mamlakatining oliy idoralari­ga shikoyat arizasi yo‘llaydi. Belorussiya vrachlar malakasini oshirish instituti xirur­giya kafedrasi assistenti Vera Ivanovna o‘z arizasida turmush o‘rtog‘ining NKVD tomonidan qamoqqa olingani va 10 yilga qamoqqa hukm etilgan degan xabaridan buyon hech qanday darak bo‘lmaganini yozadi. Shundan so‘ng Yaroshevich Niko­nor Kazimirovich ishi ham qayta ko‘rib chiqishga topshiriladi. Qayta so‘roqlar davomida uning do‘sti Novo Aleksandrovsk qishloq xo‘jalik institutini tugatgan, odessalik rus olimi, 1920–25-yillar Turkiston univer­siteti professori Kojanov Nikolay Niko­la­yevich: “N.K.Yaroshevich SSSR­ning qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotni yaxshi bilgan iqtisodiy islohotchi olimlaridan, juda mehnatkash va ajo­yib inson edi”, deb ta’riflaydi. Qayta so‘roqlarda Yaroshevich Nikonor Kazimirovichning stalincha qata­g‘on qurboni bo‘lganligi o‘z isbotini topdi va 1958-yil 4-fevralda SSSR Oliy sudi tomonidan oqlanadi.

Yaroshevich Nikonor Kazimirovich 1995-yil 8-dekabrda Minsk viloyat prokura­turasi tomonidan reabilitatsiya qilingan.

Bahrom IRZAYEV,
Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi bosh ilmiy xodimi

“Jadid” gazetasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 42-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596