22.07.2026 | 09:37
2658
ALEKSEY YEKIMOV – ZARRA DUNYOSINING ULKAN KASHSHOFI
2023-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti Mungi Bavendi, Luis Bryus va Aleksey Yekimovga “kvant nuqtalarini kashf etgani va sintez qilgani uchun” berildi. Bu safda Yekimov olamshumul kashfiyotlar sari ilk qadamni tashlagani bilan ajralib turadi.

Hayot yo‘li
Aleksey Ivanovich Yekimov 1945-yil 28-fevralda Rossiyaning hozirgi Sankt-Peterburg shahrida tug‘ilgan. 1967-yilda Leningrad davlat universitetining fizika fakultetini tamomladi. 1974-yilda A.F.Ioffe nomidagi Leningrad fizika-texnika institutida “Yarimo‘tkazgichlarda zaryad tashuvchilar spinining optik yo‘naltirilishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 15 yil o‘tib “Yarimo‘tkazgich mikrokristallarida kvant o‘lcham hodisalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
1977-yildan S.I.Vavilov nomidagi Davlat optika institutida ilmiy faoliyat yuritdi. Keyinchalik Nyu-York shahridagi “Nanocrystals Technology” kompaniyasida yetakchi ilmiy xodim sifatida ishladi. Shuningdek, Fransiya, Germaniya va Yaponiyaning nufuzli universitetlari hamda ilmiy markazlarida taklif etilgan professor sifatida faoliyat ko‘rsatdi.
Kashfiyoti
Modda zarrachalari nanometr o‘lchamlarigacha kichiklashganda, ularda kvant hodisalari yuzaga keladi. Bunday o‘ta kichik zarrachalar “kvant nuqtalari” deb ataladi. 1981-yilda Aleksey Yekimov rangli shisha tarkibida zarrachalar hajmiga bog‘liq bo‘lgan kvant effektlarini hosil qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda shishaga rang beruvchi modda sifatida mis xlorid nanozarrachalaridan foydalanilgan. Yekimov ushbu zarrachalar o‘lchami kvant effektlari orqali shishaning rangiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini isbotlab berdi.
Fan va turmush
Fiziklar nanozarrachalarda kvant effektlari yuzaga kelishi mumkinligini nazariy jihatdan avvaldan bilishgan. Biroq o‘sha davrda bunday o‘ta kichik tuzilmalarni laboratoriyada yaratish imkonsiz deb hisoblanardi.
Yekimovning qattiq jism (shisha) ichida amalga oshirgan ishidan so‘ng, Luis Bryus suyuqlik muhitida erkin harakatlanuvchi nanozarrachalarda ushbu effektni isbotladi. 1993-yilda esa Mungi Bavendi kvant nuqtalarini kimyoviy usulda ishlab chiqarishda inqilob qilib, ularni deyarli nuqsonsiz va mukammal holatda olishga erishdi.
Bugungi kunda ushbu kashfiyot hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Qurilmalar rangining yorqinligini ta’minlovchi QLED televizorlari va monitorlar aynan kvant nuqtalari asosida ishlaydi. Biokimyogarlar va shifokorlar ular yordamida biologik to‘qimalarni (masalan, saraton hujayralarini) xaritalaydi va yuqori aniqlikda vizualizatsiya qiladi.
Istiqbolda ushbu texnologiya moslashuvchan elektronika, yuqori sezuvchanlikka ega o‘ta kichik sensorlar va o‘ta samarali quyosh batareyalari yaratish imkonini beradi.
Jasmina ISROIL tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 17-iyuldagi 29-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
103
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



