Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.01.2025 | 09:25

img781

MILLAT OYDINLARI PESHVOSI

Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillar milliy ma’naviyatimizning ildizlarini teran o‘rganish, targ‘ib qilish va yosh avlodning ajdodlariga monand ruhda tarbiyalash borasidagi ishlar karrasiga ko‘paydi va davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ana shu ishlarni amalga oshirishda XX asr boshlarida Turkistonga kirib kelgan jadidlik harakatining bugungi kundagi ahamiyati yanada ortib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu ishlarni yanada jadallashtirish va jadidlik harakati mazmun-mohiyatini chuqurroq o‘rganish maqsadida “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” imzolagan qarori oldimizda turgan vazifalarni chuqurroq his qilishimizga undaydi.

Turkistonda jadidlikning maydonga kelishida va bu harakatning g‘oya hamda dasturining keng yoyilishida Mahmudxo‘ja Behbudiy katta o‘rin tutadi. Behbudiyning yaqin safdoshlaridan biri Hoji Muin so‘zlari bilan aytadigan bo‘lsak, “Bizdagi yangilik rahbarlarining biri va balki birinchisi, shubhasiz Mahmudxo‘ja Behbudiydir. Behbudiy afandi uyg‘onish davri va o‘zbek adabiyoti tarixida birinchi o‘runni olurg‘a loyiq bir zotdur…” Zero, “Vatanimiz tarixida g‘oyat murakkab va sinovli davr bo‘lgan XX asr boshida maydonga chiqqan Mahmudxo‘ja Behbudiy milliy ozodlik harakatining buyuk namoyandasi sifatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya, adabiyot va san’at, matbuot sohalarini rivojlantirish, jahondagi ilg‘or taraqqiyot yutuqlarini o‘zlashtirish orqali xalqimizning ong-u tafakkurini yuksaltirish hamda hurriyatga erishish yo‘lida o‘z hayotini baxsh etgan fidoyi zotdir.”

Qarorga ko‘ra, mutafakkir adibning “Tanlangan asarlar” to‘plami, uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop kitoblarni nashrga tayyorlash va chop etish ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash joizki, Behbudiy hazratlari qora kuchlar tomonidan xanjar urilib, jisman mahv etilmagan taqdirda ham uni qatag‘onning qattol qilichi kutib turgan edi. Sovet davrining so‘nggi yillarigacha u zotning asarlari chop etilmagani, hatto ismi-sharifi ham taqiq tamg‘asi ostida qolgani fikrimga dalildir.

Shu tariqa bir necha avlod buyuk bobomizning bebaho asarlaridan bebahra ulg‘aydi. Keyinchalik zamon imkon bergach, ayrim fidoyi olimlarimiz jiddi-jahdi bilan u zotning turli manbalardagi bitiklari gazeta va jurnal sahifalarida, shuningdek, kitobat tarzida nashr etilgan bo‘lsa-da, ularni to‘laqonli meros namunasi deb aytish tarixiy haqiqatga zid bo‘lur edi. Jadidlik peshvosi bo‘lgan ma’rifatparvar mutafakkirning tanlangan asarlari hamda ularga sharh o‘laroq tadqiq kitoblarining chop etilishi Yangi O‘zbekistonning navqiron avlodi ruhoniyatida millat oydinlari va kelajak o‘rtasida beqiyos ko‘prik tiklanishiga zamin yaratadi.

Ma’lumki, Mahmudxo‘ja Behbudiy milliy uyg‘onishning vositalaridan biri teatr deb hisoblagan va bu tomoshaxonani ibratxona atagan. Teatr san’atimiz bevosita jadidlar peshvosi bo‘lgan bobomiz nomi bilan chambarchas bog‘lanadiki, ilk milliy sahna asari “Padarkush” nomi bilan u zotning qalamiga mansubdir. Ayni damda dramaturgiyamiz otasi bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida spektakllar sahnalashtirish hamda bugungi kunga qadar yaratilgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy” kinoseriali va “Xalq yuragi” badiiy-publitsistik filmlarining ommaviy namoyishlarini tashkil qilish vazifasi binobarin, buyuk san’atkor boshlagan yo‘lning uzviy va mantiqiy davomi hisoblanadi.

Barcha jadid namoyandalari qatori eski ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, yangi usuldagi maktablarni joriy etish g‘oyasi Behbudiy domlaning asosiy maqsadlaridan biri edi. Tabiiyki, Behbudiy qalamga olgan mavzularning aksariyati Turkiston maktab-madrasalarining islohi, bu borada qilinayotgan sa’y-harakatlar haqida edi. “Behbudiy maqolalarining ko‘bisi muhim mavzularda yozilg‘on bo‘lub, hanuz eskirgan emas va bu kunlarda ham biz uchun dasturulamal bo‘laturg‘on foydalik so‘zlardur”, deb yozadi o‘z vaqtida Hoji Muin. Masalan, uning “Tarjimon”dagi “Turkistonda maktab lisoni” maqolasida Behbudiy Turkistondagi maktablarda tahsil bir tillik emas, bir necha tillik bo‘lishini yoqlab chiqqan edi.

O‘z navbatida, qarorda ko‘zda tutilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ijod maktablari o‘quvchilari, “Temurbeklar maktabi” kursantlari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash, o‘ylaymizki, o‘quvchilarni Behbudiy shaxsiyatiga yaqinlashtirib, uning oliy niyatlari mohiyatini anglashga xizmat qiladi.

Kuzatishlarimizga tayangan holda to‘la ishonch bilan ayta olamizki, Behbudiy fenomeniga nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyo miqyosida afkor ommaning qiziqishi yuqori. Bu esa o‘z navbatida buyuk bobomiz ijodi va shaxsiyatiga turli nuqtayi nazarlarni jamlash va o‘zimizga foydali xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi. Oktyabr oyida “Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi va jadidlik harakatini o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya dunyo jadidshunoslarini birlashtiradigan, ma’rifatparvar xalqimizni jahonga yanada tanitadigan muhim voqea bo‘lajak.

Men barcha millatimiz oydinlarini mazkur tarixiy qaror bilan chin yurakdan qutlab, g‘ayrat kamarini mahkam bog‘lamoq chog‘i kelganini yana bir karra ta’kidlab o‘tmoqchiman.

Zaynobiddin ABDIRASHIDOV,
Anqara Hoji Bayram Vali universiteti professori

“Jadid” gazetasining 2025-yil 10-yanvardagi 2-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600